O’sish sur’atining son ko’rsatkichlarda ifodalanishi. Xar-rod-
Domar formulasi qanday ishlashini AQSh misolida ko’rib chiqamiz.
O’sish sur’ati kapital qo’yilmasining o’sishiga va uning
samaradorligiga (qaytimiga) muvofiq aniqlanadi. Ish bilan band
bo’lganlar sonining o’sish sur’ati kapitalning o’sish sur’ati bi-lan bir xil
70
deb faraz qilinadi. Oddiy va tushunarli bo’lishi uchun raqamlar yaxlit
ko’rinishda beriladi. AQSh milliy daromadi 4000 mlrd. doll., milliy
kapitali 12000 mlrd. doll. (1988 y.) teng deb olamiz.
Sof investitsiyalar sof jamg’arma S miqdori bilan muvofiq
ravishda uzoq vaqt mobaynida 9% teng bo’lgan, yoki milliy daromad
miqdorining 0,09 foizini tashkil etgan. Bu 360 mlrd. doll. tashkil etadi
(0,09
• 4000).
Barcha kapitalning mahsulotga (milliy daromadga) bo’lgan nisbati
ko’rinishida kapital sig’imi koeffitsienti K ga teng bo’ladi: 3 (12000 :
4000).
Bu ko’rsatilgan miqdorlarni Xarrod-Domar modelida ifoda-lasak
quyidagi natijaga ega bo’lamiz:
Y = 0,09 : 3 = 0,03
Boshlang’ich iqtisodiy parametrlarni bilgach, kelajakda bo’la-
digan o’sish sur’atini prognozlashtirish mumkin. Albatta, real o’sish
sur’ati bunday hisoblashdan kelib chiqadigan o’rtacha ko’rsatkichdan
farq qilishi mumkin.
Aslida iqtisodiy o’sish biz ko’rib chiqqan model hisobga olma-gan
boshqa omillar ta’sirida ham shakllanadi. Haqiqatda iqtisodiy o’sish xo’jalik
tsikli fazasiga, investitsiyalarning tuzilishiga, tex-nika yutuqlaridan
foydalanishga va boshqa omillarga bog’liq.
Dinamikadagi iqtisodiy o’sish qanday bo’ladi?
Agar milliy daromadda jamg’armaning S doimiy ulushi saq-lanib
qolinsa va kapital koeffitsienti o’zgarmasdan qolsa, iqtisod o’sish sur’ati
hisoblab chiqilgan (3 foiz o’sish) darajada bo’lishi mumkin.
Dinamikadagi muvozanatga erishish muammosi. Iqtisodiyotda
mutanosib o’sish sur’atini ta’minlovchi S va K ning “me’yordan”
(bizning misolda S = 0.09, K = 3 ) og’ishini bartaraf etuvchi avto-matik
mexanizm yo’q. Kapital sig’imi koeffitsienti qisqa vaqt ichida
“me’yordan” yuqori yoki pastga og’ishi mumkin. Ushbu koef-
fitsientning me’yorli ahamiyati to’la ish bilan bandlik sharoitida bir xil,
to’la ish bilan bandlik bo’lmagan sharoitda boshqacha bo’ladi.
To’la ish bilan bandlik sharoitida kapital sig’imi koeffi-tsienti
ancha past bo’ladi ( K = 2,85 ), negaki kapital ancha to’la va intensiv
ishlatiladi va natijada asbob uskuna, stanok, xom ashyoning etishmasligi
kelib chiqadi. To’la ish bilan bandlik bo’l-maganda teskari vaziyat
71
yuzaga keladi (kapital sig’imi koeffi-tsienti K, aytaylik 3,15 tashkil
etadi).
Ziddiyat shundaki, o’sish sur’ati yuqori bo’lganda uni bir oz pasaytirish
zarurligi taqozo etilsa-da, kapital sig’imi koef-fitsienti o’sish sur’atini yana
ham tezlashtirib yuboradi. Pasayish davrida esa, ishlab chiqarish quvvatlari
etishmasligi kuzatiladi (Y/K ko’rsatkich pasayadi) va iqtisodiy o’sish sur’ati
yana ham sekinlashadi. Demak, bozor mexanizmining o’zi, rivojlanib
borayotgan tizimini barqarorlashtirish o’rniga uni tebratib turadi.
Xarrod – Domar modeli bo’yicha, dinamikadagi muvozanat shart-
sharoitlari to’g’risida gapirganda, yuqorida qayd qilib o’til-ganidek,
haqiqiy jamg’armalar bilan tahmin qilinadigan investi-tsiyalarning teng
kelishi nazarda tutiladi. U Xarrod formulasida ifodalanadi:
Y
w
• K
r
= S
bunda, Y
w
• K
r
- dinamik muvozanat uchun talab qilinadigan
miqdorlar;
K
r
– talab qilinadigan kapital koeffitsienti (kapital sig’imi)
miqdori;
Y
w
– kafolatlangan o’sish sur’ati.
“Kafolatlangan” va haqiqiy o’sish sur’atlari o’rtasidagi farqlar
sababli - milliy daromaddagi jamg’arma hissasining va kapital sig’imi
koeffitsientining o’zgarib turishi ta’sirida dinamikadagi muvozanatga
muntazam ravishda emas, balki vaqti-vaqti bilan xato va tuzatishlar
orqali erishiladi.
“Kafolatlangan” o’sish sur’ati – bu haqiqiy jamg’armalar va talab
qilinadigan investitsiyalar o’rtasidagi dinamik muvozanatni
ta’minlaydigan o’sish sur’ati hisoblanadi (Xarrod R. K teorii
ekonomicheskoy dinamiki. M., 1959.)
Haqiqiy o’sish sur’ati – bu milliy daromadning bir yildagi real
o’sishi: Y =
∆ V / V
“Kafolatlangan” o’sish sur’ati milliy daromadning kutilgan o’sish
sur’atiga teng bo’lgan taqdirdagina muvozanatga erishiladi. Agar
kutilgan sur’at “kafolatlangan” o’sish sur’atiga muvofiq kelmasa, unda
haqiqiy o’sish sur’ati “me’yordan” ancha chetga og’adi.
Bunday chetga og’ish va beqarorlik sababli, haqiqiy o’sish sur’ati
“kafolatlangan” o’sish sur’atidan doimo chetga og’ib tura-di. Shu
72
sababdan, Xarrod fikriga ko’ra, iqtisodiy kon’yunk-turaning tebranib
turishi muqarrar.
Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida “kafolatlangan” o’sish sur’atiga,
yangi keynschilar fikri bo’yicha, avtomatik tarzda doimo erishib
bo’lmasligi sababli, ular dinamik muvozanatga erishish uchun
iqtisodiyotni davlat tartiblab turishi zarur deb ko’rsatib beradilar.
Barqaror o’sish shartlari. Iqtisodiy o’sishning keynschilik-ka
asoslangan tahlilida investitsiya muammosi asosiy hisoblana-di. Xarrod-
Domar modelida ko’zda tutilgan maqsadlardan biri ana shu tahlilni
kengaytirishga qaratilgan. Mazkur model qisqa muddatdagi (masalan,
bir ishlab chiqarish doirasidagi) iqtisodiy o’sish holatini emas, balki
uzoq davrdagi iqtisodiy o’sish egri chiziq qanday bo’lishini aniqlashga
yordam beradi. Model doimiy, bir me’yordagi iqtisodiy o’sishga erishish
uchun qanday shartlar zarurligini ko’rsatib berishga yordam beradi.
Amerika iqtisodchilarining tahlilidan, bir qator shart-sharoitlarning
zarurligi kelib chiqadi:
– iqtisodiy o’sish nafaqat joriy investitsiyalar darajasini va davlat
kapital qo’yilmalarini qo’llab-quvvatlashni, balki ularning ko’payishini
taqozo etadi; investitsiyalarning ko’payishi iqtisodiy o’sishga undovchi
yangi kuch sifatida qaraladi;
– bugungi jamg’armalar o’simi bilan kutiladigan investitsiya-lar
o’simi o’rtasidagi optimal nisbatni ta’minlash: S = i ; I ;
– talab (investitsiyalarni rag’batlantirish) va taklifni (barcha ishlab
chiqarish omillaridan foydalanish va to’la ish bilan bandlik sharoitida
yaratilishi mumkin bo’lgan yalpi mahsulot) doimo balanslab turish
zarur;
– taklifning ko’payishi bilan talabning oshishi o’rtasidagi tenglik,
asosiy kapitalning ko’payishini ta’minlovchi inves-titsiyalarning hal
qiluvchi ta’siri asosida o’rnatiladi.
Bu erda shu narsaga e’tibor berish kerakki, Xarrod-Domar-ning bir
omilli modeli konkret andozalarni, iqtisodiy siyosat yo’nalishlarini
ishlab chiqish vositasi emas, balki nazariy tahlil vositasi hisoblanadi.
Mazkur model faqat uzoq muddatli davr-dagi o’zgaruvchan iqtisodiy
o’sishni muvozanatlashtirib turadigan murakkab o’zaro aloqalarni
tushunishga yordam beradi. Kapital sig’imi koeffitsienti qancha past
bo’lsa, jamg’armadan foydalanish uchun imkoniyatlar shuncha ko’p,
kapital elementlari shuncha sama-rali bo’ladi. Yuqori kapital sig’imi
koeffitsienti va uncha yuqori bo’lmagan jamg’arma darajasi talab uchun
73
qulay sharoit yaratib beradi, ammo o’sish sur’ati nuqtai nazardan
noqulay vaziyatni yuza-ga keltiradi. Model mualliflari iqtisodiy o’sishni
tartiblab turish uchun davlat aralashuvini zarur deb hisoblaydilar.
Bunday aralashuv barqaror iqtisodiy o’sish sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |