O‘QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODHONLIGINI OSHIRISHDA KIMYO
O‘QUV FANIDAN AMALIY MAZMUNDAGI, INTEGRASIYALASHGAN MUSTAQIL
ISHLARNING ROLI
G‘aybullayeva Mo‘mina Shofayzovna, Zayniyeva Raisa Bahodirovna
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi.
Kimyo fani o'qituvchilari
Bugungi kunda Respublikamiz Prezidenti, Xukumatimiz tomonidan ta’lim sohasini jaxon talablari
asosida isloh qilish, DTS, o‘quv dasturlari, darsliklar mazmunini takomillashtirishga qaratilgan qator
Farmon, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda [1, 2].
Kimyo fani va sanoati yutuqlari insonlarning yaxshi yashashiga imkoniyatlar yaratib berdi. Sintetik
va sun’iy materiallarni, maishiy kimyo vositalari, yangi dori preparatlari, bo‘yoqlar va boshqa ko‘plab
narsalarning paydo bo‘lishi nafaqat sifat jihatdan kishilar xayotini o‘zgartirib yubordi, balki ularning
ijtimoiy ongini ham o‘zgartirdi. XX asr oxirida zamon talablari asosida kimyo kursida xomashyodan
235
kompleks foydalanish, ilg‘or va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish, atrof-muhitni kimyoviy
ifloslanishdan saqlash kabi masalalar yuzaga keldi. Kimyo sanoati o‘sishiga qaramasdan, kimyoga bo‘lgan
munosabat o‘zgardi. Kimyo foydalimi? degan savolgan ko‘p xollarda quyidagi javoblar olinmoqda:
«Yo‘q, chunki kimyoviy moddalar zaxarli».
«Yo‘q, chunki kimyo tabiatni ifloslantiradi » va x.k.
Lekin “kimyoviy birikmalarga” qarshi ogoxlantirishlar ular tomonidan bo‘lgan xavfdan ko‘proq
zarar keltirmoqda. Biz kimyoviy dunyoda yashamoqdamiz va xayotni kimyosiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
O‘quvchilarga bizning o‘zimiz ham kimyoviy elementlardan tuzilgan ekanligimizni, bizda sodir
bo‘layotgan barcha jarayonlar negizida kimyoviy o‘zgarishlar bo‘lishini tushuntirish bugungi kunda kimyo
o‘qituvchisining eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Kimyo o‘qitishni xayot bilan bog‘liqligi masalasini ko‘rib chiqayotganda kimyo fanining xayot bilan
bog‘liqligiga katta e’tibor berilgan chet el o‘quv qo‘llanmalarini ham eslash zarur.
Bu sohada 1995 yili rus tiliga tarjima qilingan Amerika kimyo jamiyati olim va pedagoglari
tomonidan yozilgan “Kimyo va jamiyat” keltirish mumkin. AQSh da 60% dan ortiq kimyo o‘qitiladigan
umumta’lim maktablarida bu kitobdan asosiy o‘quv qo‘llanma sifatida foydalaniladi [3].
Bu darslikda material faqat amaliy aspektda bayon etiladi.
“Kimyo amalda” nomli M.Frimantl darsligi Angliya kollejlari talabalari uchun yozilgan bo‘lib,
zamonaviy maktab kursi uchun biroz murakkab material saqlab, kimyoni izchil o‘rganishga mo‘ljallangan.
Shunisi diqqatga sazovorki, kitobga qiziqishni oshirish uchun muallif uni Yer yuzining turli burchaklarida
kimyoning turli-tuman inson faoliyati bilan bog‘liq soxalardagi ahamiyatiga doir misollar, rasmlar bilan
boyitgan. Bundan tashqari, kitobga buyuk kimyogar olimlar xaqida qisqacha biografik ma’lumotlar, kimyo
bo‘yicha nobel mukofoti laureatlarining ishlarini aks ettiruvchi ilmiy ommabop maqolalardan lavxalar
keltirilgan [4].
Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarning tabiiy fanlar, jumladan kimyo o‘quv
fani mazmunini samarali o‘zlashtirishlarida bilim va ko‘nikmalarni takrorlash, mustahkamlashga xizmat
qiluvchi mustaqil ishlar, turli topshiriqlar muxim ta’limiy vazifani bajaradi. Xozirda o‘quvchilar uchun
mo‘ljallangan test topshiriqlari, masala va mashqlar mazmunining taxlili natijasida ularda berilgan ma’lum
bir tushuncha fundamental tilda, murakkab izohlanganligi aniqlandi. Shu bilan birga, ularning mazmunida
turdosh tabiiy fanlar (fizika, biologiya, geografiya va boshq.) ga doir tushunchalardan juda ham oz
foydalanilayotganlini aniqlandi. 2021 yilda 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematik va tabiiy-ilmiy
savodhonligini baholash xalqaro dasturi (PISA) asosida sinovlar o‘tkazilishini e’tiborga olsak, bugungi
kunda o‘quvchilar foydalanishlari uchun ishlab chiqilayotgan mustaqil ishlar mazmunini takomillashtirish
nechog‘lik dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.
Biz bir necha yillar mobaynida kimyo fani o‘qituvchilarining test banklari, ular tuzib
foydalanayotgan mustaqil ishlarini taxlil etish natijasida masala va mashqlar mazmuniga kimyoning amaliy
ahamiyatini anglashga yordam beruvchi, turdosh tabiiy fanlar tushunchalaridan unumli foydalanish orqali
ularning o‘zlashtirayotgan bilim va ko‘nikmalarini ahamiyatini anglashlari erishish mumkin [5]. Quyida
shunday mazmunga ega topshiriqlardan namunalar keltirilgan:
Gipsning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan kalsiy sulfatdan 2,5 kg olish uchun zarur bo‘lgan
so‘ndirilmagan ohak va konsentrlangan sulfat kislota zarur bo‘lishini hisoblang. Bu reaksiya qanday
reaksiya turiga mansubligini aniqlang.
2 mol sulfat kislota va 1 mol kalsiy ortofosfatning o‘zaro to‘liq ta’sirshashuvi natijasida oddiy
superfosfat – mineral o‘g‘it olinadi. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozib, fosfor (V) oksidiga
hisoblaganda undagi foydali komponent ulushini hisoblang.
Qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi mis kuporosi qo‘llaniladi. U laboratoriyada misni
konsentrlangan sulfat kislota bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida olinadi. Bunda yana suv va oltingugurt
oksidi hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamasini tuzing va uni oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi sifatida ko‘rib
chiqing. 10 kg (bir paqir) 16% li mis
(II) sulfat eritmasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mis kuporosi massasini hisoblang
Natriy gidroksid bilan ta’sirlashganda sizning daftaringizni tayyorlash uchun (18 varaq) yetarli
bo‘lgan natriy sulfat tuzini olish uchun zarur bo‘lgan 96% sulfat kislota massasini hisoblang. 1 varaqni
tayyorlash uchun 0,142 gr bu tuzdan sarflanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF–4947-son
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi
Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
236
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi VM–997- son «Xalq
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori.
Follmer G. Evolyutsionnaya teoriya poznaniya. K prirode chelovecheskogo poznaniya
//Kultura i razvitiye nauchnogo znaniya. M.,1991.S.141
Frimantl M. Ximiya v deystvii. V 2-x ch.Ch.1: Per.s ang.- M.: Mir,1998 -528 s.
I.R.Asqarov, K.G‘.G‘opirov, N.H.To‘xtaboyev. Kimyo. 8-sinflar uchun darslik. –Toshkent,
«Yangiyo‘l poligraf servis» nashriyoti. – 2019 yil. – 208 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |