ONA TILI TA’LIMINING DARS TIPOLOGIYASI
Avezova Manzura
Buxoro viloyati Olot tuman 18-maktab ona tili fanio’qituvchisi
Ona tilidan o‘quv ishlarini tashkil qilishning asosiy shakli bo‘lgan dars, uning sifat va samaradorligi ta’lim
tizimida hamma vaqt dolzarb va ahamiyatli muammolarning biri bo‘lib keldi. Shubhasiz, bundan keyin ham
shunday bo‘lib keladi
Dars tipologiyasi muammosining o‘rganilishidan Ona tili o‘qitish ishlarini tashkil qilishning asosiy shakli
bo‘lmish dars tiplari, birinchidan, oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetlari talablari uchun «O‘zbek tili o‘qitish
metodikasi» dan o‘quv qo‘llanmalari hajmida tasnif va tavsif qilingan. Masalan: 1969 yil N.Abdurahmonovning
qo‘llanmasining 18-25-betlarida o‘quvchilarning materialni o‘zlashtirish bosqichlariga ko‘ra yangi materialni
bayon qilish, berilgan bo‘limlarni mustahkamlash, berilgan bo‘limlarni hisobga olish, o‘qilgan materialni
takrorlash kabi darsning asosiy to‘rtta tipi mavjudligi ko‘rsatilgan. 1975 yil Yoqub G‘ulomov, Inomjon Rasulov,
Hasan Rustamov, Mirzahmedovlar hammuallifligidagi o‘quv qo‘llanmada (89-90- betlardagi) yangi bilim berish
darsi, o‘tilganlarni mustahkamlash darsi, bilim va malakalarini tekshirish darsi kabi darsning uchta tipi
ko‘rsatilgan. 6 O.Roziqovning 1976 yili nashir qilingan ilmiy-metodik manografiyasida yuqorida sanalgan
mabalardagi tasnifga nisbatan darsning mohiyatan juda tiniq va mukammal tasnifi ta’lim jarayoni maqsadiga
ko‘ra berilgan. Olim bu jixatdan fan tasnifiga to‘g‘ri yondoshgan. Uning tasnif va tavsifida ta’lim jarayoni
maqsadiga ko‘ra darsning to‘rtta tipi bor (34-70-bet): 1. Yangi materialni o‘rgatish va mustahkamlash darsi. 2.
O‘tilganlarni takrorlash va malaka oshirish darsi. 3. Bilim va malakani sistemalashtirish darsi. 4. Bilim va
malakalarni tekshirish darsi. Fikrimizcha, bu tasnif ona tili darslarining maqsadiga mosdir. Chunki, avvalo,
o‘rganamiz, keyin mustahkamlaymiz, ular yuzasidan malaka hosil qilamiz, o‘zlashtirish darajasini aniqlash
maqsadida ularni tekshirib ko‘ramiz. Ta’kidlash joizki, birinchi va ikkinchi o‘quv qo‘llamalarda berilgan
tasniflarda ta’lim jarayoni taqozasi bilan o‘rgatilgan mustahkamlash, malaka hosil qilish, bilim va malakalarni
sistemalashtirish kabi ta’lim jarayonidagi o‘quvchi-o‘qituvchi faoliyati to‘liq nazarda tutilmagan. Keltirilgan har
uchala manbadagi tasnif an’anaviy dars tiplari hisoblanadi. Bu o‘rinda mualliflarga e’tirozimiz yo‘q. Chunki bu
qo‘llanmalar amaliyotga tavsiya qilingan darslarda ona tilidan o‘quvchilar faqat ana shu an’anaviy dars
shakllarida tashkil qilinar edi. Noan’anaviy darslar atamasining o‘zi amaliyotimizda yo‘q edi. Har qanday darsda
ham dars o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilishning yagona shakli bo‘lib kelgan, bundan keyin ham shunday bo‘lib
qoladi. 7 Lekin 90-yillardan e’tiboran ta’limni qayta qurishning dolzarb muammoga aylanishi, xususan, 1992
yil O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston
o‘rta umumiy ta’lim maktabi konsepsiyasida nazarda tutilgan asosiy mezonlar ona tilidan ta’lim berish usuli,
unga bog‘liq dars shakllarini ham yangilashni taqozo qildi. Dars talabi o‘sha dasturiy xujjatlar asosida ijodkor
o‘qituvchilarimiz ham mustaqillik yangilanish sharoitiga bilim dars mashg‘ulotlarining konferensiya, suhbat,
baxs munozara, sinov, test, seminar va shu kabi noan’anaviy turlarini kashf etdilar. Alohida ta’kidlash lozimki,
bu mashg‘ulotlarda o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ijtimoiy hamkorligi vujudga keldi, o‘quvchilar dars
jarayonida sust tinglovchidan faol ishtirokchi, hamkor - «mehnat qiluvchilarga» aylandi. 80-90-yillarda o‘zbek
uslubiy matbuotida noan’anaviy darslarga oid ilg‘or tajribalar yoritilgan «Ona tilidan muammoli dars»,
«Ta’limning seminar usuli», «Ona tili darslarida o‘yin usulidan foydalanish», «Takrorlash darslarini topqirlar
bellashuvi tipida o‘tkazish», «Tinish belgilari yuzasidan seminar dars» kabi maqolalar e’lon qilindi. 2001 yil
nashr qilingan «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanidan o‘quv qo‘llanmaning 70-79-betlarida Asqar Qodirovich
G‘ulomov, Muhammadjon Qodirovlar ona tili o‘qitishning maqsadi va tizimidan kelib chiqib, ona tili darslarini
ta’limiy darslar va nazariy darslar kabi ikki katta guruxga; ta’limiy darslarni esa yangi bilim berish, ko‘nikma
va malakalarni shakllantirish, takrorlash, xatolar ustida ishlash kabi katta to‘rt guruhga ajratib sharhlaganlar. 8
O‘sha qo‘llanmaning 74-79-betlarida topqirlar bellashuvi, konferensiya, bahs-munozara, seminar darslari kabi
ona tilidan o‘tkaziladigan noan’anaviy dars shakllari xaqida usuliy tavsiyalar berilgan. Darsning mazkur tiplari
malakaviy ishning «Ona tilidan noan’anaviy dastur» deb nomlangan qismida mufassalroq sharhlanadi. Demak,
163
hozirgi kun o‘quvchilar amaliyotida ta’lim jarayoni maqsadga ko‘ra darsning an’anaviy bilim berish va o‘tkazish
usuli, shakliga ko‘ra qator noan’anaviy shakllari mavjud. Shubhasiz, hozirgi kunda DTS da alohida takidlab
ko‘rsatilgan ona tili o‘qitishning bosh maqsadiga erishmoq yuqorida eslatilgan dars tiplaridan har bir mavzu
materialga mos keladiganini qo‘llashimizga bog‘liq. Aks holda dars samarali chiqmaydi. Ta’lim jarayoni oldiga
qo‘ygan yuksak talablar to‘la-to‘kis bajarilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |