Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI BILIMINI BAHOLASHDA PIRLS



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI BILIMINI BAHOLASHDA PIRLS 
TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI 
Dilova Nargiza Gaybullaevna 
Buxoro Davlat Universiteti p.f. bo ‘yicha falsafa doktori (Ph.D) 
Raxmatullayeva Nilufar Komiljonovna 
Buxoro Davlat Unversiteti “Maktabgacha 
va boshlang'ich ta'lim”1-kurs magistranti 
 
Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm,  
eng katta meros – bu yaxshi tarbiya,  
eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir! 
Sh.Mirziyoev 
 
Bugungi  kunda  O‘zbekistonni  jahonga  yuz  tutishida  va barcha  sohalar bo‘yicha  rivojlanishda  oldinda 
borayotgan davlatlar bilan raqobatbardosh bo‘la olishidagi asosiy talab - yoshlarga berilayotgan bilimning sifati 
bilan  belgilanmoqda.  Bu  haqda  O‘zbekiston  respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyev  o‘zining  2020  yil  24 
yanvarda  Oliy  Majlisga  Murojaatnomasida  so‘zlagan  nutqida  “O‘zbekistonni  rivojlangan  mamlakatga 
aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha 
olamiz.  Buning  uchun,  avvalambor,  tashabbuskor  islohotchi  bo‘lib  maydonga  chiqadigan,  strategik  fikr 
yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan 
boshlab oliy o‘quv yurtigacha – ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik. Nafaqat yoshlar, balki 
butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. 
Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi”5 deb ta’kidlab o‘tdilar. Zero ushbu 
dasturul  amalga  asosan  har  bir  O‘zbekiston  fuqarosi  uchun  zamonaviy  bilimlarni  o‘zlashtirish,  chinakkam 
ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. 
Yosh  avlodga  sifatli  ta’lim  berishga  to‘liq  erishishda  eng  qisqa  yo‘l  raqamli  bilimlar  va  zamonaviy 
axborot  texnologiyalaridan  samarali  foydalanishni  o‘rganishdan  iborat  ekanligidan  kelib  chiqib, 
mamlakatimizda  ilm-fanni  yanada  ravnaq  toptirish,  yoshlarimizni  chuqur  bilim,  yuksak  ma’naviyat  va 
madaniyat  egasi  etib  tarbiyalash,  raqobatbardosh  iqtisodiyotni  shakllantirish  borasida  boshlagan  ishlarimizni 
jadal  davom  ettirishni  zamonaviy  bosqichga  ko‘tarish  maqsadida  yurtboshimiz  tomonlaridan  2020  yil “Ilm, 
ma’rifat  va  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  yili”, deb  nomlandi.  Ushbu  yil  davlat  dasturida  belgilangan 
vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida horijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, 
xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega.  Bu borada umumiy o‘rta ta’lim tizimini 
mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar,  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  ilg‘or 
tajribalari  hamda  ilm-fan  va  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalariga  asoslangan  holda  tashkil 
                                                             
5
 
O‘zbekiston  respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyevning  2020  yil  24  yanvarda
 
Oliy  Majlisga  Murojaatnomasida 
so‘zlagan nutqidan
 


 
19 
 
etish, o‘quvchilar bilimini xalqaro baholash standartlari talablari asosida baholash to‘g‘risida hukumat qarori 
qabul qilindi. 
Ushbu qaror ijrosini to‘liq ta’minlash va belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlash har bir mahoratli 
va  kompetentli  o‘qituvchi  zimmasiga  ulkan  ma’suliyat  yuklaydi.  O‘quvchilarga  ta’lim  va  tarbiya  berishda 
zamonaviy  ta’lim  yondashuvlariga  asoslanish,  o‘quvchiga  do‘stona  munosabatdagi  muhitni  yaratishga 
yo‘naltirilgan  pedagogik  jarayonning  yaxlit  manzarasi  sifatida  o‘qituvchining  pedagogik-psixologik 
bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
       "O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida"gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan tizimda amalga oshirilishi 
lozim  bo‘lgan  vazifalar  va  ularni  hayotga  tatbiq  etish  yo‘llari  atroflicha  belgilab  berildi.  Jumladan,  unda 
mamlakatimizning  2030  yilga  kelib  PISA  (The  Programme  for  International  Student  Assessment)  - 
o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg‘or 
mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, kelgusida mamlakatimiz ta’lim sifatini baholash 
bo‘yicha quyidagi xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi ko‘zda tutildi: 
- PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) - boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining 
matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash; 
-  TIMSS  (Trends  in  International  Mathematics  and  Science  Study)  -  4  va  8-sinf  o‘quvchilarining 
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash; 
-  PISA  (The  Programme  for  International  Student  Assessment)  -  15  yoshli  o‘quvchilarning  o‘qish, 
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash; 
- TALIS (The Teaching and Learning International Survey) - umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari 
va o‘qituvchilari bilan so‘rovnoma o‘tkazish orqali maktabda o‘qitish va ta’lim olish jarayonlari samaradorligini 
baholash. 
PIRLS  -  boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish  va tushunish darajasini baholash  ta’rifiga 
ko‘ra, o‘qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til 
shakllarini tushunish  va  ulardan  foydalanish, shuningdek,  matnlardan  turli  shakllarda  ma’no hosil qila olish 
qobiliyatidir.6 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholashga asoslangan ta’lim-
tarbiya jarayonida dars maqsadlari o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatiga asoslangan holda belgilanadi, bu esa 
ta’lim-tarbiya  jarayonida  yuqori  natijaga  erishishni  kafolatlaydi,    o‘qituvchi  hamda  o‘quvchilarning  o‘zaro 
hamkorligi va o‘quv harakatlarini aniq baholash imkoniyatini yaratadi.  
XXI  asrga  xos  xalqaro  baholash  dasturlari  asosida  o‘quvchilar  bilimini  baholash,  o‘qitish  va  ta’lim 
olishning zamonaviy usullaridan maqsadli foydalangan holda ularni yuqori darajadagi fikrlash ko‘nikmalariga 
ega bo‘lishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘quvchilarni fikrlash chegarasidan tashqariga chiqishga, ijodiy, 
samarali va odobli fikrlashga undaydi. Binobarin, mazkur muammolarning har birini qamrab oluvchi mavzular, 
ko‘rsatmalar, sinf xona muhiti, baholash mexanizmi va texnik qo‘llanmalardan foydalanish kabi masalalarda 
turli xil yondashuvlarga asoslanilgan holda kafolatlangan natijani ta’minlash, ko‘zlangan maqsadga erishishni 
nazarda tutadi.  
O‘quvchilar  bilimini  baholashda  PIRLS  tadqiqotlarining  topshiriqlaridan  foydalanish  (“Xalqaro 
tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash”metodik qo‘llanmasi) va unda 
belgilangan baholash mezonlariga amal qilish ularda:   
-  o‘qish  savodxonligining  maqsadiga  erishishda  badiiy  tajriba  orttirish  va  axborot  olish  va  undan 
foydalanish;    
-ko‘p qirrali, murakkab vazifalarni amalga oshirishga o‘rganish; 
-har bir muammo xususida chuqur fikrlash va o‘z bilimini oshirib borishni boshqara olish; 
-o‘z tengdoshlari, o‘qituvchilar va mutaxassislar bilan chuqur mulohazani talab etuvchi muhim vazifalarni 
bajarishda hamkorlik qila olish; 
-qarorlar qabul  qilish,  muammolarni  hal  etish va  yangi  fikrlar  yaratishda texnologiyalardan  foydalana 
olish kabi kompetensiyalarni  shakllanishiga ko‘maklashadi. 
Matnni tushunish jarayonida quyidagilarga erishiladi 
Matnni o’qish asosida diqqatni jamlash va aniq ma’lumotlarni to’plash; 
Xulosa chiqara olish; 
G’oya va axborotlarni tahlil qilish va uyg’unlashtirish; 
Kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish kabilar. 
Natijada o‘quvchilarda: matnni to‘liq tushunish, matn elementlarini baholash, g‘oyalar va axborotlarni 
tahlil qilish, muloqot qilish, ijodiylik va qiziquvchanlik, tanqidiy fikrlash va tizimli fikrlash, axborot va ommaviy 
                                                             
6
 Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash” metodik qo‘llanmasi 2019 
y. T. 


 
20 
 
axborot  vositalaridan  foydalanish,  shaxslararo  va  hamkorlik,  muammolarni  aniqlash,  shaklga  solish  va 
yechimini topish, o‘z-o‘zini yo‘naltirish, ijtimoiy mas’uliyat kabi hayotiy ko‘nikmalar shakllana boradi.  
Boshlang’ich  ta’limda  o’qish  fani  o‘z  oldiga  bir  qator  maqsadlarni  qo‘yadi.  Unda  ma’naviy-axloqiy 
yo‘nalishlar ustuvorligi ko‘zda tutiladi. O‘quvchilar milliy adabiyotning, shuningdek, jahon adabiyotining eng 
sara namunalarini o‘qish va tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va qusur 
haqidagi  xilma-xil  talqinlarga  duch  kelishadi,  ularga  ongli  va  jonli  munosabat  bildirishadi,  shular  asosida 
o‘zlaridagi axloqiy-ma’naviy fazilatlar majmuining shakllanishi va rivojiga imkon topishadi. Ularga nisbatan 
ochiq  hayotiy  munosabatlarni  aks  ettirish  zaruriyati  esa  o‘quvchilar  og‘zaki  hamda  yozma  nutqlarining 
rivojida  muhim omil vazifasini ado etadi. 
O‘quvchilar turli davr va mamlakatlarda yaratilgan , turlicha dunyoqarash va e’tiqodlarni aks ettirgan, 
badiiy asarlarning eng yuksak namunalari bilan tanishib boradilar. Shular asosida ularda olam va odamlarning 
rang-barangligi, ularning takrorlanmasligi, ayni paytda olamning, butun bashariyatning bir butunligi haqidagi 
tasavvur va qarashlari shakllanib, kengayib, mustahkamlanib boradi. Eng muhimi, u olam va odamga tegishli 
bo‘lgan  barcha  hodisalarga  emosional  (hissiy)  munosabat  bildira  oladigan  darajaga  ko‘tariladi,  qarashlar, 
dunyoqarashlar, nuqtai nazarlar xilma-xilligini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. 
O‘qish fani bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimining majburiy ta’lim bitiruvchilari PIRLS asosida: 
o‘qish fanining estetik, tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyati, so‘zning ifoda imkoniyatlari, so‘z orqali inson his-
tuyg‘ulari hamda tabiat manzaralarining tasvirlanishi,  xalq og‘zaki ijodi, bolalar adabiyoti, o‘zbek va   jahon 
bolalar adabiyoti namunalari, adabiy tur va janrlar haqida umumiy bilimga ega bo‘lish; 
o‘rganilgan  asarlarga  mustaqil  ravishda  baho  berish;  o‘rganilgan  adabiy-nazariy  tushunchalarning 
qo‘llanilishiga doir  test topshiriqlarini bajarish; 
turli  manbalar  (darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalar,  lug‘at,  bolalar  adabiyotlari)dan  foydalanib,  adabiy 
mazmundagi axborotlarni izlash va foydalanish;  
o‘rganilgan xalq og‘zaki ijodi, bolalar adabiyoti,  jahon bolalar adabiyoti namunalaridan tegishli xulosalar 
chiqarish, ibrat olish, yaxshi insoniy fazilatlarni o‘ziga singdirish, o‘rganilgan maqol, she’riy satrlar va boshqa 
badiiy asarlardan kundalik og‘zaki so‘zlashuvlarda o‘rinli foydalanish, asar va uning qahramonlariga yozma va 
og‘zaki tavsif berish, badiiy ijod namunalari (nasriy, she’riy)ni ifodali o‘qish, ularning mazmunini tushunish, 
anglash  va  idrok  etish.  Badiiy  matn  yoki  uning  parchasini  ifodali  yod  aytish,  qayta  hikoyalash,  o‘zgalarga 
tushuntirib  berish,  munosabat  bildirish  va  baholay  olish,  og‘zaki  va  yozma  nutqni  boyitish,   rivojlantirish, 
tushunarli va ravon, og‘zaki hamda yozma  nutqqa ega bo‘lish; 
o‘quvchilarga  adabiy  ta’lim  (o‘qish)  adabiy  o‘qishlar  tarzida  o‘rgatiladi.  Bolaning  o‘qish  texnikasini 
egallashi uchun, avvalo, uning savodxonlik darajasi shakllantiriladi, og‘zaki va yozma nutqi  rivojlantiriladi, 
tovush  va  so‘zlarni  to‘g‘ri  talaffuz  etish   o‘rgatiladi.  Dastlab  tanish,  keyin  notanish  matn  ifodali  o‘qitilib, 
o‘quvchidagi  ko‘nikma,  malaka  aniqlanadi. Bunda  miqdoriy  ko‘rsatkich  –  o‘qish tezligi,  ya’ni  bir daqiqada 
nechta  so‘zni  ravon o‘qiy  olishi belgilanadi.Bolaning  matn  mazmunini to‘liq uqib olishi, qayta  hikoyalashi, 
shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi. 
Adabiyotlar  
O‘zbekiston  respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoevning  2020  yil  24  yanvarda  Oliy  Majlisga 
Murojaatnomasida so‘zlagan nutqidan 
Xalqaro  tadqiqotlarda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  o‘qish  savodxonligini  baholash”  metodik 
qo‘llanmasi 2019 y. T. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Ta’lim  sifatini  nazorat  qilish  davlat 
inspeksiyasi veb-sayti: www.tdi.uz. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish