Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


MATEMATIKA DARSLARIDA MASALALARNI YECHISHDA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISH



Download 7,41 Mb.
bet142/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

MATEMATIKA DARSLARIDA MASALALARNI YECHISHDA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISH

Teshayeva Ruxsora Farhod qizi




Qiziltepa tumani 12-maktabning matematika fani o’qituvchisi

Matematika fanini o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor matematik tushunchalarni o‘rgatish bilan bir qatorda formulalar yordamida hisoblash ishlarini to‘g‘ri amalga oshirishdan iboratdir. Ayniqsa, berilgan masalani hal qilishda, avvalo, qo‘yilgan shartni va noma’lumni aniqlab olish kerak. Shunga monand matematik model qurib olinadi va tenglama shakliga keltiriladi. Tenglamani yechish orqali esa noma’lumni aniqlaymiz va qo‘yilgan masalaning shartiga e’tibor qaratamiz. Chunki, noma’lumni aniqlaganimiz bilan qo‘yilgan masalani hal qilgan bo‘lmaymiz. Demak, qo‘yilgan masalani tasavvur qilib, ko‘z oldimizga keltirishimiz kerak bo‘ladi. Bu jarayon, ya’ni tasavvur qilish, ayniqsa, maktab o‘quvchilarida hali unchalik darajada shakllanmagan bo‘ladi. Natijada matnli masalalarni hal qilish jarayonida o‘quvchilarda qiyinchiliklar vujudga keladi. Ana shunday qiyinchiliklarni bartaraf etishda elektron o‘quv qo‘llanmaning ahamiyati shundaki, unda berilgan matnli masalalarning ba’zilarini bosqichma-bosqich yechish jarayoni keltirilgan. Unda harakatli tasvirlar orqali o‘quvchilarning tasavvur qilishlariga undaydi va matnli masalalarni hal qilishda nimaga ahamiyat berilishi kerakligiga turtki beradi. Quyida matnli masalalarni elektron o‘quv qo‘llanma orqali yechish jarayonini keltiramiz.


Masala-1. Sayohatchilar 3 marta har 6 km dan keyin dam olib, so‘ngra yana 7 km yo‘l bosdilar. Agar boradigan manzillarigacha bo‘lgan masofa 34 km bo‘lsa, ular yana qancha yo‘l yurishlari kerak bo‘ladi?


Yechish. Ekranda masalaning matni keltirilgach, manzara, sayohatchilar va ularning harakatlanishlari namoyon bo‘ladi. Ekranda matnga mos holda sayohatchilarning har 6 km da dam olishlari va yana 7 km yo‘l yurgach to‘xtashlari, qolgan masofa esa so‘roq belgisi bilan ifodalanishi va uni x km


214
bilan belgilanishi namoyon bo‘ladi. Shundan so‘ng, masalaning qo‘yilish sharti belgilashlar orqali ifodalanadi. Belgilashlarga mos holda yana ekranda harakatlar namoyon bo‘ladi va qolgan masofa noma’lum bilan belgilanib, uni aniqlash talab etiladi. Sayohatchilar yurgan yo‘l hamda ular turgan joydan manzillarigacha qolgan masofa ekranda ko‘rinib turadi va o‘quvchilar barcha jarayonni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, matnli masalalar yechimini topish tasavvuriga ega bo‘ladilar.


Yechish jarayonida ekranda mavjud bo‘lgan belgilanishlar va qolgan masofani aniqlash uchun barcha masofalar yig‘indisi 34 km ga teng bo‘lishi paydo bo‘ladi va noma’lum son aniqlanib, 9 km qolganligi ma’lum bo‘ladi.


Masala-2. Teploxod ikki pristan oralig‘idagi masofani daryo oqimi bo‘yicha 7 soat, oqimga qarshi 9 soatda o‘tdi. Agar oqimning tezligi 2 km/soat bo‘lsa, pristanlar orasidagi masofani aniqlang.


Yechish. Avvalo ekranda masalaning matni beriladi va teploxod, ikki pristan, daryo oqimlari namoyon bo‘ladi. Masala matnida keltirilganga mos ravishda ekranda jarayon namoyon bo‘la boshlaydi va berilganlar belgilanib ekranning quyi qismida tenglamalar hosil qilinib boriladi. Soatning bir aylanish davomida teploxod va daryo to‘lqini harakatlanib to‘xtaydi, so‘ngra teploxod yonida V1, daryo oqimi yonida V2 paydo bo‘ladi, bular mos ravishda teploxod va daryo oqimining tezligi hisoblanadi. Birinchi pristanning yonidan teploxod harakatlana boshlaydi. Teploxod ikkinchi pristanga borguncha soat millari harakatlanadi va daryo oqimi tezligini ko‘rsatuvchi yo‘nalish (strelka) ham yonib o‘chadi. Yetib borgach 7 soat o‘tganligi yoziladi va S=7(V1+V2) paydo bo‘ladi, bu yerda S ikki pristan orasidagi masofa. Keyin teploxod orqaga qaytib harakatlanadi va daryo oqimi tezligini ko‘rsatuvchi yo‘nalish qarama-qarshi holatda o‘chib yonadi. Bunda teploxod sekin harakatlanadi va birinchi pristanga yetib borgach to‘xtaydi hamda 9 soat o‘tganligi yoziladi. Daryo oqimi tezligi qarama-qarshi bo‘lganligi uchun ekranda ko‘rsatkichlar yordamida belgilanadi va tenglama quyidagi ko‘ranishga keladi: S=9(V1–V2). Ekranda oqimning tezligi 2 km/soat ekanligi va V2=2 km/soat yozuvi, ikki pristan orasida “Masofa = ?” hamda berilganlar oldida “S ?” yozuvi paydo bo‘ladi. Yechimni ko‘rsatishda tenglamalar sistemasi tuziladi:


S 7 (V1

V2)

Tenglamalarning chap tomoni tengligidan, ularning o‘ng tomonlari


S 9 (V1

V2)
tenglashtirilad


i:


7(V1+V2)=9(V1–V2)

hamda yechiladi. 7(V1+2)=9(V1–2),



7V1+14=9V1
–18, 9V1–7V1=14+18, 2V1=32, V1=16. Teploxodning tezligi 16
km/soat ekan. Masofani aniqlaymiz: S=7(V1+V2), S=7(16+2)=7*18=126, S=126 km. Ekranda

“Demak, ikki pristan orasidagi masofa 126 km ekan.” degan yozuv paydo bo‘ladi.


215


Bunda ham yuqoridagi kabi har bir jarayon ekranda namoyon bo‘lib boradi. Xulosa qilib aytganda, matematikada matnli masalalarni hal qilishda harakatli tasvirlar, animatsiyalar orqali foydalanish, buning uchun esa informatikadan olgan bilimlarini ishga solib, elektron ta’lim resurslarini yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday elektron ta’lim resurslardan foydalanish matematikada masalalarni yechishda o‘quvchilarning tasavvurlarini oshiradi.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish