Vizual komponentalar palitrasi. - Ilova bu – tayyor bajariluvchi fayl hosil qilish uchun kerak bo’ladigan barcha fayllar to’plamidir.
- Masalan, ilova tarkibiga dastur matni, tovush fayllari, ikonka rasmlari va shu kabi ilovaga, kerakli fayllar kirishi mumkin. Bunda har bir ilova uchun alohida papka hosil qilish maqsadga muvofiq sanaladi.
- Chunki ilovani boshqa kompyuterga o’tkazmoqchi bo’lsak va papkada saqlamagan bo’lsak, ularni yig’ishimizga to’g’ri keladi. Bunda interfeysning o’zi ilovani saqlashni talab qiladi, ammo papka hosil qilishni o’zimiz bilishimiz kerak.
- Interfeysning asosiy oynasi sarlavha oynasida ilova nomi, ilovani tiklash, berkitish tugmalari joylashgan. Sarlavha nomi tagida asosiy menyu joylashgan. Bu menyu orqali muhitning barcha funktsiya va komandalarini ishga tushirish mumkin. Asosiy menyuning tagida tez tugmalar joylashgan. Bu tugmalar ma’nolariga ko’ra guruhlarga ajratilgan. Bu tugmalar orqali tez-tez ishlatiladigan komandalarni ishga tushirishimiz mumkin.
- Bu tugmalarning o’ng tomonida vizual komponentalar VCL (Visual Component Library - vizual komponentlar kutubxonasi) palitrasi joylashgan. Bu shunday obyektlarki yoki shunday dasturlash komponentalariki, bular yordamida Windows uchun vizual dasturlarni tezda yaratish mumkin. Komponentalar yordamida har xil tugmalar, rasmlar, yozuvlar, taymerlar, kalendar va hokazolarni ilovaga kiritishimiz mumkin. Vizual komponentalar palitrasi ma’nosiga va vazifasiga ko’ra guruhlarga ajratilgan.
- Vizual komponentalar palitrasi. Vizual komponentalar palitrasini bir qismi monitorda ko’rinib turadi, qolganlarini o’ng va chapga siljituvchi tugmachalar vositasida ko’rishimiz mumkin.
- Ekran (monitor) markazida forma (shakl) dizayneri joylashgan. Bu bo’lg’usi dasturning interfeysini hosil qiluvchi oynadir. Oynaning nomi va sarlavhasi uning tepasida yozilgan bo’ladi. Odatda, Form l (Form 2, Form 3, Form 4) va shuningdek oynani berkituvchi va kichraytiruvchi tugmachalar ekranning o’ng tepasida joylashgan bo’ladi. Oynaning sathiga vizual dastur uchun zarur bo’ladigan VCL komponentalar joylashtiriladi.
- Obyektlar inspektori oynasi ostida Obyektlarni daraxtsimon ko’rinishi oynasi joylashgan. Bu oynada ilovadagi barcha obyektlar daraxt strukturasi shaklida ifodalangan bo’ladi. Formalar, dastur kodi va boshqa dastur tarkiblari fayllari berilgan bo’ladi.
- Obyektlarni daraxtsimon ko’rish oynasi
- Bu menyu buyruqlari fayllar bilan ishlashga mo’ljallangan va qo’yidagi amallarni bajaradi: (
Do'stlaringiz bilan baham: |