NamMTI, TJABIT kafedrasi. H.O.ABDULLAYEV. “AVTOMATIK
BOSHQARISH NAZARIYASI”. 2020-2021 O’QUV YILI
2
strukturaviy deb yuritiladi. Bu yondashuvda fizikaviy kattaliklardan o`zgaruvchilar
sifatida foydalaniladi va shu sababli ko`rgazmalilik xossasiga ega.
Ikkinchi yondashuv ABS larni holat o`zgaruvchilariga nisbatan tuzilgan
birinchi tartibli differentsial tenglama (DT) lar sistemasi bilan tavsiflashi bilan
ajralib turadi. ABS ni bunday tavsiflshda holat o`zgaruvchilari nazariy mexanikada
foydalaniladigan umumlashgan kordinatalarga o`xshaydi. ABS ni tadqiq etishdagi
bu yondashuvning o`zi esa holatlar fazosi metodi yoki holat o`zgaruvchilari metodi
nomini oldi. Hozirgi vaqtga kelib bu yondashuv asosidagi nazariyani zamonaviy
boshqarish nazariyasi (ZBN) deb atalmoqda.
ZBN ning tarixi.
Boshqarish haqidagi fanni kibernetika deb atalgan. 1948 yili N.Viner
“Kibernetika va jamiyat” kitobini nashr ettirdi va bu kitobida yana bir yuqori rangdagi
fanni yaratish mumkinligini ko`rsatdi [1]. Kibernetika – qadimiy yunoncha so`z bolib,
korablni boshqarish san’ati degan ma’noni bildiradi. Platon kibernetikani aholini
ma’muriy boshqarish haqidagi fan deb eslab o`tgan. 1840 yili Amper fanlarni sinflarga
ajratayotib kibernetikani ijtimoiy fanlarga kiritgan.
ZBN sohasidagi dastlabki ishlar 19 asrning ikkinchi yarmida rostlash
nazariyasi sifatida paydo bo`ldi. Bu davrda sanoatda bug` mashinalarini keng
qo`llanila boshlangan edi. Injenerlar amaliyotda bug` mashinalarini rostlagichlarini,
yani bug` mashinasining barqaror ishlash rejimini topib, uni saqlab turuvchi maxsus
qurilmalarni loyihalash va sozlashda qiyinchiliklarga duch keldilar. Aynan shu
davrda bug` mashinasi va uning rostlagichi yagona, yaxlit dinamik sistema deb
qaralib, matematika metodlari bilan tahlil etilgan bir qator tadqiqotlar bajarildi. Bu
ishlar texnik ob’ektlarni boshqarish sohasidagi imiy tadqiqotlarni boshlab berdi.
20-asrning o`rtalarigacha bug` mashinalari va qozonlarning rostlagichlari
nazariyasi amaliy matematikaning bo`limi sifatida rivojlandi. Parallel holda
elektrotexnikada avtomatik qurilmalarni analiz va hisoblash metodlari yaratila
boshlandi. ZBN mustaqil ilmiy va o`quv fani sifatida shakllanishi 1940 yildan to
1950 yilgacha bo`lgan davrda ro`y berdi. Shunday bo`lib chiqdiki, texnik ob’ektlarni
boshqarish nazariyasining natijalari va xulosalari ishlash printsiplari turlicha bo`lgan,
turli tabiatli boshqarish ob’ektlariga ham qo`llash mumkin ekan. Bu vaqt ichida
turlicha fizikaviy tabiatli avtomatik qurilmalar yagona metodlar bilan qarab
chiqilgan birinchi monografiyalar va darsliklar nashr etildi. Hozirgi vaqtda uning
ta’sir sferasi iqtisodiy, ijtimoiy kabi sistemalarning dinamikasini tahlil qilishga
kengaydi. Shu sababli avvalgi nomdagi “Avtomatik rostlash nazariyasi” kengroq
ma’nodagi “Avtomatik boshqarish nazariyasi” ga almashtirilgan. Hozirgi vaqtda ZBN
boshqarishning umumiy nazariyasini yangi bo`limlari (operatsiyalarni tadqiq etish,
sistemotexnika, o`yinlar nazariyasi, ommaviy xizmat ko`rsatish nazariyasi) bilan
bir qatorda ishlab chiqarishni takomillashtirish va ishlab chiqarishni avtomatik
boshqarishda muhim rol o`ynamoqda.
Zamonaviy kibernetika aniq fanlar turkumiga kiradi va u fizika fani kabi
matematik apparat va tajribadan keng foydalanadi. Kibernetika turli tabiatli murakkab
Do'stlaringiz bilan baham: |