- Sizga bank elektron xizmatlarini, ya'ni "Internet-banking" tizimlari, karta to'lov tizimi, " Клиент — bank" tizimi, SWIFT tizimi, O’zbekiston bank tizimidagi banklararo hisob-kitoblar tizimi va boshqalar yordamida mijozlarga masofadan xizmat ko'rsatishni tashkil etish imkonini beradi.
Internet-banking Internet-banking - Internet orqali bank xizmatlarini masofadan turib taqdim etishni ta'minlovchi tizim. Bankning veb-sayti orqali dunyoning istalgan nuqtasida Real vaqt rejimida mijoz o'z hisob raqamlarining holati haqida bank xodimi ishtirokisiz ma'lumot olishi, to'lov hujjatlarining rekvizitlarini ko'rib chiqishi, hisobdagi operatsiyalarning to'g'riligini tekshirish, bitimlar bo'yicha kontragentlar rekvizitlarini to'ldirishning to'g'riligini tekshirish, plastik kartalar bilan operatsiyalarni amalga oshirishi va qimmatli qog'ozlar bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |