Bayram va marosimlar. - «Navro'z» bayrami. SHarq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Bayram kecha bilan kunduzning tenglashgan payti bahor faslining 21-22 mart kunlaridan boshlab bir hafta 10 kun davomida o'tkazilgan. Bayramga atab maxsus kiyimlar tikilgan, turli tadbirlar uyushtirilgan, sumalaklar pishirilgan. Navro'z bayramining eng ahamiyatli jihatlaridan biri- keksalarga hurmat, ularning hollaridan xabar olish, ко'так berish va marhumlarni eslash, etim-esirlarga sadaqa qilishdir.
- Qadimiy diniy bayram bo'lib, ularning tarkibiga kirgan ko'pgina marosimlar islomdan oldin ham xalq taomilida bo'lgan. Islom ularni omuxtalab, o'z qonunlarini qo'shib, hayit bayramlarining umrini uzaytirgan."
- Hayitlarning ikki xili mavjud bo'lib, xalqimiz bu bayramlarga azaldan amal qilib keladi. Birinchisi-Qurbon hayiti, katta hayit deb ataladi. Uning oldidan 2 kun qolganda, arafa kunlari nishonlanadi. YOlg'on' arafa, 1 kun qolganda chin arafa, uchinchi kuni esa Hayit bayram qilinadi. YOlg'on va chin arafa kunlari har bir xonadonda is chiqarilib chalpak, bo'g'irsoq, talqon, palov qilinadi. Qo'shnilar bir-birlarini Hayit bilan muborakbod etib, xonadonlarga pishiriqlar chiqaradilar. Bolalar va o'smirlar chopqillab yaqin-uzoq xonadon, qarindosh-urug'larni yo'qlashga borib keladilar.
- Kichik hayit bu Ro'zai may ramazon deb atalib, odatda ro'za oyi yakunida o'tkaziladi. Hayitlar Iydlar ham deb ataladi. «Hayitingiz muborak bo'lsin», «iydingiz qulluq bo'lsin» tabriklarining ma'nosi bir xildir. Katta hayit butun dunyo umumxalq marosimi-haj, ya'ni Ka'baga ziyoratga borib, haj nomozi o'qish davridan boshlanib, ayrim joylarda 7 kungacha bayram qilinadi. Bizning O'zbekiston, umuman, O'rta Osiyo xalqlari orasida Qurbon hayiti hozirgi kunlargacha nishonlanib kelinadi. Faqat bu marosim islom markazi arab mamlaktlaridagidek etti kun emas, balki uch kun bayram qilinadi. Qurbon hayiti-iyd-al-adho, ramazon hayiti-alfitr, me'roj-rajab oyi bayrami, shuningdek imom Husaynni xotirlash kuni-ashuro, taqdir kechasi-Iaylatur-qadr, Muhammad payg'ambarning tug'ilgan kunlari-Mavlud islom dinida asosiy hay it-bay ram lar sanaladi. Qurbon hayiti zulhijja oyining 10-13 kunlarida (10-13dekabr) tantana qilinadi. Ba'zi mamlakatlarda shu oyning (zulhijjaning) 7 kuni. ya'ni haj boshlangan kundan 7 kun davom etadi.
- Ro'za hayiti esa ramazon oyi tugab, yangi shavvol oyining 1-3 kunlarida bayram qilinadi.
- Bizning o'zbek xalqi O'rta Osiyo mintaqasidagi boshqa qardosh xalqlar singari juda qadim zamonlardan buyon to'y qilib, elga osh berib kelgan. To'ylar, odatda, kichik bayramlardek o'tkazilgan. To'yning ham turlari anchamuncha. Beshik to'yi, xatna-sunnat to'yi, nikoh to'yi, payg'ambar to'yi (oshi), hovli to'yi, yosh s^analari bilan bog'liq to'ylar va hokazolar.
Ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida ongli intizom. - Albatta tarbiyalovchi qancha bilimli, dunyoqarashi keng bo'lmasin, o'zining axloqi bilan talabalarda namuna bo'la olmasa uning tarbiya jarayonidagi barcha hatti-harakatlari zoe ketadi.Ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida ta'lim va bilim ekologik, milliy g'oya tushunchalarini to'g'ri shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi SHu bilan bir qatorda mehnat ilg'orlari, faxriylari bilan uchrashuvlar o'tkazish, xalq pedagogikasidan foydalanish talabalarda ongli intizomni shaklllantirishda muhim o'rin egallaydi.
E`tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |