Zamonaviy axloqning tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari



Download 2,79 Mb.
bet1/2
Sana24.01.2023
Hajmi2,79 Mb.
#901736
  1   2
Bog'liq
Mirvaliyeva Noila

Zamonaviy axloqning tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari

  • 1. Axloqiy tarbiya to`g`risida tushuncha
  • 2. Dunyoviy va diniy tarbiyada axloq tarbiyasining o`rni.
  • 3. Axloqiy tarbiyalanganlikning me`zonlari.
  • 4. Ma`naviy – axloqiy tarbiyada milliy o`yinlar, bayramlar va ma`rosimlarning o`rni.
  • 5. Ma`naviy axloqiy tarbiyada ongli intizomni tarbiyalash.
  • Bajardi: Mirvaliyeva Noila
  • Tekshirdi:
  • REJA
  • AXLOQ - IJTIMOIY ONG, INSON KAMOLOTINMG MUHIM TOMONI SIFATIDA.
  • Axloq - ijtimoiy ong shaklllaridan biri bo'lib, bu tartib qoida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning hatti - harakatini tartibga solish funktsiyasini bajaradi.
  • Axloq bizning ongimizga ta'sir qilib yaxshilik, adolat va adolatsizlik, umuman ijobiy va salbiy hatti - harakatlami belgilab beradi.
  • Axloq normalari inson hatti - harakatini boshqarib turadi. Inson jamiyatda yashar ekan u malum huquqiarga amal qiladi. Ana shu huquq normalariga zid hatti - harakat qilish axloqsizlik hatti - harakati deb ataladi. SHuni e'tiborga olish kerak - ki, huquqiy normalar majburiy bo'lib, axloqiy normalar bo'lsa ixtiyoriydir. Axloqiy tarbiyaning mohiyati, ma/muni, funktsiyasi. Axloqiy tarbiya insonlarda ijobiy sifatlarni shakllantirishga yo'naltirish bilan bir qatorda, salbiy sifatlardan saqlanishga undaydi.
  • Axloqiy tarbiyaning mazmuni sifatida quyidagilar qabul qilingan:
  • 1. Jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash;
  • 2. Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash;
  • 3. Atrofidagi kishilarga axloqiy munosabatni tarbiyalash;
  • 4. SHaxsning o'z - o'ziga axloqiy munosabatni tarbiyalash. Axloqiy tarbiyada quyidagi jihatlarga e'tiborni qaratish lozim:
  • 1. Axloqiy tarbiyani o'qitish jarayoni bilan ko'shib olib borish.
  • «YAxshi o'qita bilgan o'qituvchi yaxshi tarbiyalaydi ham» (nemis pedagogi A.V. Disterverg).
  • 2. O'qituvchi va o'quvchining hamkorlik faoliyatini to'g'ri tashkil qilish , ya'ni ahil, inoq jamoa tashkil qilish .
  • 3. Tarbiyaviy ishlarni ma'lum reja asosida olib borish.
  • 4. ljobiy emotsional sharoit yaratish, ya'ni, bayramlarni nishonlash.
  • 5. Talabalarni qonun - qoidaga rioya qilishga o'rgatish.
  • 6. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi tushuntirish, uqtirish, suhbat, munozara, ma'ruza, rag'batlantirish, jazolash usullaridan foydalanish.
  • 7. Ijtimoiy axloqni shakllantirishda mashq, o'rnak usullaridan foydalanish.
  • 8. Muloqot soatlari saviyasini oshirish.
  • 9. Mehnat ilg'orlari, ilm - fan xodimlari, mehnat va urush faxriylari, vasiylar va homiylar bilan uchrashuvlar tashkil qilish .
  • 10. Turli badiiiy - adabiy kechalar, tadbirlar, bellashuvlar, olimpiadalar o'tkazish.
  • 11. SHarq qadriyatlari va milliy an'analar aks etgan asarlarni muntazam ravishda mutoaala qilib , munozaralar o'tkazib turish.
  • 2. O'tmish diniy va dunyoviy bilim egalari, axloqiy-ma'naviy tarbiya to'g'risida.
  • Axloqiy - ma'naviy tarbiyaga SHarqda azaldan e'tibor qaratilgan. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi misollarni keltiramiz: Axloq - odobga oid hadis namunalart:
  • 1. limning ofati - esdan chiqarmoqlik va ilmga rag'bati bo'lmagan kishilarga o'rgatib, uni zoe ketkazmoqlikdir.
  • 2. CHaqimchilik, nima, bilasizmi? U - odamlarning gaplarini (ularning o'zaro munosabatini buzish niyatida) bir-birlarigatashimoqlikdir.
  • 3. Нагот narsalardan saqlaning - odamlar ichida ibodatlirog'i bo'lasiz. Ollohning taqsim qilgan rizqiga rozi bo'ling - odamlarning boyrog'i bo'lasiz. Qo'shningizga yaxshilik qiling - tinch bo'lasiz. O'zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko'ring - salomat yurasiz. Ko'p kulmang. Ko'p kulish dilni o'ldiradi.
  • 4. Ziyoratingizga kelgan odam hurmatini joyiga qo'yinglar.
  • 5. Biror kishi gapirgan paytda u yoq - bu yoqqa qarab qo'ysa, demak bu gap omonatdir.
  • 6. Agar uch kishi bo'lsangizlar, ikkitalarinigz alohida uchinchi shaxsga eshittirmay pichirlab gaplashmanglar, chunki bu uni ranjitadi.
  • 7. Odamlar orasida chaqimchilik va bo'hton gaplarni tarqatishdan saqlaninglar.
  • Qur'oni Karim oyatlari:
  • 1. «Xumaza surasi»dan: «Odamlarning obro'sini to'quvchi va ularning aybini, kamchiligini axtarib, g'iybat qiluvchilarga - jahannam bo'lsin».
  • 2. «Qalam surasi»dan: «Наг bir qasamxo'r, yolg'onchi, kishilami ayblovchi, kamsituvchi. g'iybat qiluvchi, chaqimchi, yaxshilikni man qiluvchi, zulmkor, sergunoh, xulqi buzuq, otasining tayini yo'qqa itoat qilma.
  • A. Navoiy hikmatlaridan: «Hayratul Abror»dan:
  • Qanoat. «Kimki qanoatni o'ziga kasb qilgan bo'lsa, bilki; qanoat uni boy qiladi. Oltin, kumush bilan zebu ziynatlarni boylik deb bilma, balki haqiqiy boylik qanoat go'shasidir. Qanoat oltini hech qachon yo'qolmaydi. Ana shu oltinni qo'lga kiritib, shu orqali boyishga harakat qil. Kulbada qanoat qilib o'tirgan darvesh tamagir podshohdan afzaldir. CHunki tama qilish gadoylarning ishidur. Bilki, tama etgan kishi gadodir». To'g'rilik. Kimki to'g'rilik yo'lini bilmoqchi bo'lsa, bilsinki, bu ikki xil bo'ladi. Biri shuki, kishining so'zi to'g'ri bo'lsa, uning so'zi bilan birga, o'zi ham to'g'ri bo'lishi kerak. YAna biri shuki, yolg'on gapni ba'zilar taassuf bilan , uyalganidan «to'g'ri!» deydi. Oldingisi, hech shubhasiz, yaxshi, lekin ikkinchisi
  • ham yomon emas. Kishi yolg'onni gapirsa ham kam gapirsa! Qani shunday odam bizning zamonda ham topilsa.
  • Biz shunday qiziq zamon odamlariga mubtalo bo'lganmizki, ularning oldida rostgo'ylikdan yomon narsa yo'q. Ulardan to'g'rilikni qidirgan kishi qoshlaridagi nomi «CHin» kofirlar mamlakati bo'lsa ham, nomi «CHin», ya'ni «to'g'ri» bo'lgani uchun, qara, hatto jannatning o'zi ham unga rashk qiladi.
  • Lekin odamlarga xudoning o'zi ato qilgan bu to'g'rilik, qara, ularning oldida xato bo"lib ko'rinadi. So'zlashda xato gapirishga o'rgangan odam noto'g'ri fikrni to'g'ri deb gumon qiladi. Kimki bu davrda to'g'ri gapirishga odatlangan bo'lsa, u kambag'allik, etishmovchilikdan boshqa narsani bilmaydi. Bu davr istagi egrilik bo'lgani uchun, sen haqiqatni talab qilsang unga yoqmaysan.
  • Ism, Ilm, Ota - ona. Tarbiyaning biri bolaga yaxshi ot qo'yish bo'lib, uni oti bilan chaqirganlarida u uyaladigan bo'lmasligi kerak. Ismda tafovutlar ko'p paydo bo'ladi: birining ismi Husayn, bo'lsa, boshqa biriniki YAzid.
  • Tarbiyaning yana biri unga ilmu adab o'rgatish uchun muallim chaqirishdir. It etuk ta'lim olgani sababli u tishlab kelgan ov halol hisoblanadi. YUvgan bilan toza bo'lmaydigan it olim bo'lgan ekan, o'g'ling bilimsizligicha qolib ketsa, ajab kamchilik bo'ladi. Unga sening shafqat qilishing foydalidir, lekin. buning ortiqchasi zarar. Voqe' bo'ladigan bolalardan uni o'z mehring bilan asrashing, oldida sendagi tavozu'ni bildiradi.
  • Tarbiyaning yana biri ota - onani hurmat qilish ; buni bajarish uning uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek bil. Otang oldida boshingni fido qilib , onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyoga obod bo'lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tuni kuningga nur berib turganing birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning so'zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni sen adab bilan bajar, «adab» so'zidagi «dol» kabi qomatingni xam qil.
  • A. Avloniyning «Turkiy guliston yohud axloq»dan
  • Axloq. Insonlarni yaxshi likka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi ilmdur. YAxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg'on kitobni axloq deyilur.
  • Axloqiy tarbiyalanganlikning mezonlari.
  • Axloqiy jihatdan tarbiyalanganlik shaxsning jamiyatga, insonlarga, mehnatga, o'z - o'ziga va narsalarga bo'lgan munosabati bilan belgilanadi. Jumladan,
  • 1. Jamiyatga bo'lgan munosabat:
  • G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo' lmas emish Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa Bulbulg'a tikondek oshiyon bo'lmas emish. (A. Navoiy)
  • 2. Insonlarga bo'lgan munosabat:
  • Bir Qishloqi Ayiq bilan yo'ldosh bo'lib, ikkisi birga yashar edi. Har vaqt Qishloqi uxlasa Ayik tepasida. do'stimga bir narsa zarar qilmasun, deb poylab o'ltirar edi. Bir kuni Qishloqi uxlab yotganda, bir pashsha kelib peshonasiga qo'ndi. Ayiq har qancha quvsa ketmadi. Oxirda achchig'i kelub: «Bu zolumni urub o'ldirmasam bo'lmas», - deb, bir katta toshni olub, kelub, Qishloqining boshiga chunon urdiki, pashsha uchub ketib, Qishloqi o'lub qoldi.
  • Hissa: Do'sti nodondan, dushmani ziyrak yaxshi.
  • («Ayiqning do'stligi». A.Avloniy)
  • 3. Mehnatga bo'lgan munosabat:
  • Soqi bir kuni maktabdan kelub, onasidan taom so'radi. Onasi oldiga bir kosa sho'rbo keltirub qo'ydi. Soqi sho'rbodan bir qoshuq og'ziga olub: «Ona man bu mazzasiz sho'rboni ichmasman», - dedi. Onasi: «khmasang qo'y, o'g'lim, boshqa pishirub berurman», - deb, oldidan olub qo'ydi. Soqini kechgacha xazon toshitub, ishlatdi. Soqi horub, charchab, qorni ochub, o'ltirg'on edi. Onasi yana shul sho'rboni isitub olib kelub, oldiga qo'ydi. Soqi sho'rbodan biroz ichub ko'rub: «Мапа, onajon! Bu qanday totli sho'rbo bo'lmish. Umrimda aslo mundoq shirin sho'rboni ichkonim yo'q», - deydi. Onasi kulub: «Ey, o'g'lim, bu boyagi o'zing ichmagan sho'rbodur, Hozir san harakat qilding, ishlading, qorning ochdi, ishtahang ochildi. SHo'rbo ham shirin bo'ldi», - dedi.
  • Hissa: Ishlamak ishtaha ochar,
  • Dangasa ishdan qochar.
  • Ayog' yugurug'i oshga eltar,
  • Til yugurug'i boshga etar.
  • («Soqi ila onasi». A. Avloniy)
  • 4. Insonning o'z- o'ziga bo'lgan munosabati:
  • Bir g'oz suvda so'zib yurub, o'ziga o'zi maqtanub: «01amda mandan hunarmand kishi yo'qdur. Erda yuguraman, suvda suzaman, havoda uchaman. Bir o'zimning uch xil hunarim bor», - dedi. G'ozning so'zini bir qurbaqa eshitub: «Birodar, san muncha maqtanmasang ham bo'lur edi. CHunki baliqdek suzolmaysan, kiyikdek yugurolmaysan, lochindek ucholmaysan. CHala chulpa uch hunarni bilguncha, birini yaxshilab bilganing yaxshi edi», - dedi..
  • Maqol. Maqtanma g'oz, hunaring oz.
  • («Maqtanchoq g'oz». A. Avloniy.)
  • Axloqiy-ma'naviy tarbiyada milliy o'yinlar, bayram va marosimlarning o'rni.
  • Har bir taraqqiy etgan, madaniyatli xalqning o'z tili, urf-odati, adabiyoti, an'anaviy moddiy va ma'naviy boyliklari bo'ladi. O'zbek xalqi ham dunyodagi eng qadimiy madaniy xalqlardan biri sifatida mana shunday xazinaga ega. Bu bilan biz haqli ravishda faxrlansak arziydi. Buning uchun o'sha qadimiy madaniyatini, urf-odatini bilishimiz, saqlashimiz va keyingi avlodlarga ham etkazishimiz insoniy burchimizdir, ularning talabalarning axloqiy ma'naviy tarbiyasida alohida o'rni mavjud. Quyida yoshlar tarbiyasida ota - bobolarimiz tomonidan ko'llanilib kelingan o'yinlarni e'tiboringizga havola qilamiz:
  • «Kes — kes»
  • Ishtirokchilar 2 guruhga bo'linadilar: Birinchisi oldinda, ikkinchisi orqada turadi. O'qituvchining belgisi bilan birinchi guruh qochadi, ikkinchisi quvlaydi. Quvlovchi o'yinchilar etib olsa, o'zlari orqaga qochadilar. O'yin ishtirokchilari ushlanib, oz qolguncha o'ynaladi.
  • «Oq terakmi, ко* к terak»
  • Ishtirokchilar 2 guruhga bo'linadilar. Oralarida 5 metr masofa qo'yib, bir -birlariga qarab, ko'l ushlashib (zanjir sifatida) saf tortib turadilar. Birinchi guruh ishtirokchilari birgalikda: «Oq terakmi, ko'k terak,bizdan sizga kirn кегак?» -deb,ikkinchi guruh ishtirokchilariga murojaat qilishadi.
  • Ikkinchi guruh ishtirokchilari: «Oq teragu, ko'k terak, sizdan bizga (guruhdagi bir ishtirokchining ismini aytishadi) kerak, - deb, javob qaytarishadi. Ismi aytilgan ishtirokchi yugurib kelib, zanjirni uzishi kerak. Zanjirni uza olsa, shu ishtirokchilardan birini olib, o'z guruhiga qaytib keladi. Uza olmasa, o'sha guruhda koladi. O'yin ma'lum guruhda ishtirokchilar tugaguncha o'ynaladi. G'olib guruh safi kengaygan guruh hisoblanadi.
  • Bu o`yin ayniqsa tog'Iar etagidagi, tepaliklar bag'ridagi, qishloqlarda yashovchi bolalami sevimli o'yinidir. CHillakni podayu qo'y boqib yurganda ham o'ynaverish mumkin. Uning uchun alohida joy, talab qilinmaydi. Ikki uchi yo'nilgan chillak. uni «o'chirish» uchun dasta bo'lsa kifoya. CHiflakning dastasiga o'zini har qanday yog'ochdan yasash mumkin. Biroq tol yoki terakdan bo'lsa, ayni muddao.
  • Bu o'yinni ikki kishi bo'lib ham, guruh-guruh bo'lib ham o'ynash mumkin. Musobaqalar juda avj olib ketsa, hatto mahallama-mahalla, qishloqma-qishloq bo'libbellashadilar. O'yin boshlanishidan oldin kayvoni qur'atashlaydi. YO tanga tirnoqda havoga uchirilib, erga qaysi tomoni bilan tushushiga qarab, qaysi tomnining o'yin boshlashi aniqlanadi, tayinlanadi. O'yin boshlovchi tomon jo'raboshchisi chillakni maxsus kavlangan chuqurcha ustiga qo'yib, dasta bilan ilib, havoga ko'tarib, so'ng zarb bilan uni dastada urib iloji boricha uzoqqa uchiradi.
  • CHillak o'ynagan bolalar jismoniy baquwatlashgan, zuwilashi (o'yin jarayonida bolalar zuv deb ovoz chiqarishi shart) bilan nafas yo'llari, ko'krak qafasi a'zolari ovozi yaxshi rivojlanib har xil dard kasalliklardan forig' bo'lib borgan.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish