Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari


Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari



Download 0,76 Mb.
bet2/5
Sana27.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#708854
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari

Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta ’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi,axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi — nima qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko'rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota-onaning o‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak degani. Zero, qush inida ko‘rganini qiladi: ota-ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi lozim. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin bo‘lur edi.
Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini komillikka yetkazish yo‘llaridan biri. Uning vositalari ko‘p. Ulaming bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo’lgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an anaviy tarbiya bilan o‘yinchoqlar va o‘yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo‘llaniladi; bunda bola qizg‘anchiqlik, g‘irromlik qilmaslikka, halol bo‘lishga o'yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida televideniye, radio, qo‘g‘irchoq teatri, kino san’ati katta rol o ynaydi. Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi — san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga mo‘ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ulami, awal aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: “Kalila va Dimna”,”Qobusnoma”, “Guliston”, “Zarbulmasal” singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday bo‘lib qolajak. Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo‘lgan yo‘li, bu — namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna bo'lishi kerak. Maktabda va oliy o‘quv yurtida muallimlarning ta ’lim berish usullaridan tortib, to “maydachuyda” xatti-harakatlarigacha o‘z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo‘ylik yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini ta’minlovchi omillardandir.
H ozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televideniyeni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. o ‘zbek tilidagi “Otalar so‘zi — aqlning ko’ zi”, “Rivoyat”, “Oqshom ertaklari” singari ko'rsatuvlar bunga misol bo‘la oladi. Shu bois televideniye hech qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pomografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan “o’ldir-o’Idir”lardan iborat seriallar korxonasi bo‘lib qolmasligi kerak. Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o‘zagini tashkil etadi, biz ko rib o tgan muomala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy xatti-harakatlar uchun asos vazifasini o‘taydi. Biroq u o ‘zini yetarli namoyon qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy aloqada bo‘lishi shart. Shuning uchun biz ko‘pincha “ta’lim-tarbiya” degan qo'shaloq atamani qo‘llaymiz. Ta’lim-tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb emas, bo‘lajak komil inson deb qarash muhim. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik.
Bugungi dunyo boshidan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Lekin, ayrim kuchlar dunyoni yanada murakkablashtirishga xarakat qilayapti. Xususan, doimo zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan boylik orttirib kelgan kuchlar «ommaviy madaniyat» shiori ostida turli salbiy g‘oyalarni keng targ‘ib qilmoqdalar. Kimki «ommaviy madaniyat» ortidan ergashsa, o‘zining ijodiy qobiliyatidan yiroqlashadi va tayyor madaniy mahsulotlar «iste’molchisi»ga aylanib qoladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, «ommaviy madaniyat» asosan hayotiy tajribasi kamroq yoshlarni ohanrabodek o‘ziga tortadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti o‘zining «Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch» nomli asarida haqli ravishda ta’kidlaganidek, «Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi»59. Ommaviy madaniyatni niqob qilib, buzuqlik va zo‘ravonlik singari inson shaxsini ruhan emiradigan g‘oyalarni targ‘ib etadigan asarlarning haqiqiy madaniyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Ushbu madaniyatning asosida avvalo tijorat, moddiy manfaatdorlik borligini zamonaviy fan ham e’tirof etmoqda. Shunday ekan, ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligiga va axloqsizligiga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish davr talabidir. Unutmaslik kerakki, ba’zi ijtimoiy qatlamlarning rivojlanmagan didiga «ommaviy madaniyat»da ko‘p uchraydigan mazmunan sayoz, siyqa va jo‘n mahsulotlarning mos kelishi va mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Jahon taraqqiyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, texnologik jarayonlar har qanday qudratli bo‘lmasin, hayotni olg‘a boshlaydigan, unga ma’no-mazmun baxsh etadigan kuch baribir, madaniyat va ma’naviyat bo‘lib qolaveradi.
Aslida to‘g‘ri ma’nodagi ommaviy madaniyat ko'pchilik o'ylaganidek, zararli tushuncha emas. U, eng avvalo, bir-birimizga «Assalomu alaykum» deya tinchlik tilashimizdan boshlanadi. Xalqimizning ming yillar sinovidan o'tgan bayramlari, to'ylari, xalq og'zaki ijodi, bir so'z bilan aytganda, omma uchun madaniyatga aylanib ulgurgan barcha qadriyatlar ijobiy ma’nodagi ommaviy madaniyat namunalari nhisoblanadi. «Ommaviy madaniyat» asosini esa «Biz» degan tushuncha emas, «Avval mening o‘zim, keyin boshqalar» degan g‘arbona egotsentrizm g‘oyasi tashkil etadi.
Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlab yangi jamiyat qurayotgan har bir millat uchun axloq va milliy madaniyatni saqlash va yanada rivojlantirish - eng dolzarb va ustuvor vazifadir. Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi, bu vositalar orqali taklif etilayotgan «qadriyatlar» ko‘p hollarda yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda. Boshqacha qilib aytganda, «ildizi yo‘q individ»larning shakllanishiga olib kelmoqda. «Ommaviy madaniyat» turli xil ko‘rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo‘sh vaqtni o‘tkazishda, didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon bo‘lmoqda. Bular esa behayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bugungi kunda yoshlar orasida taqlidchilik holatlarining kuchayayotganligi kuzatilayapti. Xorijda keng tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining kinofilmlar, moda va turli xil reklamalar orqali yoshlarimizning ongini ma’lum ma’noda zaharlayotganini sezish qiyin emas. Natijada, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlarining oldida vaqtini o‘tkazish, mazmunan sayoz filmlarni tomosha qilish odat tusiga kirib bormoqda.
Umuman olganda, globallashuvning salbiy oqibatlarini, «ommaviy madaniyat» niqobidagi aksilmadaniyat va turli g‘arazli, noxolis axborotlar xurujining ta’sirini mumkin qadar kamaytirish uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik madaniyatini yuksaltirish talab etiladi. Navqiron avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga, madaniyat durdonalariga bolalikdan boshlab hurmat ruhida tarbiyalash, ularda «ommaviy madaniyat»ga xos ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy munosabatni, aksilmadaniyatga, turli buzg‘unchilik g‘oyalar va axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Xozir insoniyat g‘oyat chigal va ziddiyatli zamonda yashayapti. Buning ustiga, ezgu g‘oyalarni turli g‘arazli manfaatlar yo‘lida soxtalashtirishga intiluvchilar tobora ko‘paymokda. Oqibatda asl maqsadlar niqoblanib, azaliy qarashlarning ma’nosi atayin chigallashtirilayapti.
Mustaqil O‘zbekistonimizning qisqa tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki, vayronkor, buzg‘unchi g‘oyalar birinchi galda yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan. Buning oldini olish uchun jamiyatimizda, kundalik hayotimizda ta’lim-tarbiyaga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jiddiy e’tibor qaratishimiz darkor.
G‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar nimalarda ayon bo‘lishini tahlil qilib ko‘raylik. Bu tahdid, birinchi galda, tili, dini, e’tiqodidan kat’iy nazar, har qaysi shaxsning tom ma’nodagi ozod inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy olamini izdan chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari tariqasida yuzaga chiqadi.
Ilmiy tahlillarda g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
avvalo, insonning erkinligiga daxl qiladi, uni fikriy jihatdan qaram qilishni ko‘zlaydi;
ikkinchidan, insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga yo‘naltirilgan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari shaklida amalga oshiriladi;
uchinchidan, turli niqoblar, jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostiga yashiriladi;
to‘rtinchidan, katta ma’naviy yo‘qotishlarga olib keladi, xalqlarning milliy va diniy tomirlariga bolta uradi;
beshinchidan, yot g‘oya va zararli dunyokarashni avvalo beg‘ubor yoshlarning ongiga singdirishga qaratiladi;
oltinchidan, mamlakat xavfsizligi va milliy manfaatlariga tahdid soladi, jamiyatni inqirozga olib keladi. Ko‘rinib turibdiki,g‘oyaviy-ma’naviy tahditlar dunyoning barcha mamlakatlari, xalqlari hayotiga daxildor masala sanaladi. Demak, g‘oyaviy-ma’naviy tahdid qaysi davlat yoki xalqqa qarshi qaratilishidan qat’iy nazar, butun insoniyatda birdek tashvish va xavotir uyg‘otishi kerak.
Dunyo boshdan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bermokda. Birok ayrim g‘arazli kuchlar shunday ham murakkab bu jarayonni yanada keskinlashtirish, obrazli qilib aytganda, tinik suvni loyqalatib, istagancha baliq tutishga intilmoqda. Jumladan, hamisha zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan katta boylik orttirib kelgan kuchlar mana shunday taloto‘plardan foydalanib, “ommaviy madaniyat” g‘oyasini keng targ‘ib etayapti.
Jumladan, bunday kuchlar o‘z niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurolli vositalardan foydalanibgina qolmasdan, balki demokratiyani yoyish shiori ostida axborot xurjlari orqali harakat qilishmoqda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda axborot-telekommunikatsiya texnalogiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ma’lumotlar almashinuvining tezlashishiga olib keldi. Bunda asosan Internet ijtimoiy tarmog‘i etakchi rolni o‘ynamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda eryuzida 2,1 mlrd. internetdan foydalanuvchilar bo‘lib, uning 44 foizini Osiyo mintaqasida y ashovchilar tashkil etar ekan. Umumiy ko‘rsatkichningyarmidan ko‘pi 25yoshgacha bo‘lganlardan iborat.
Bunday murakkab zamonda ma’naviyat va ma’rifat masalasi naqadar dolzarb, hal qiluvchi masalaga aylanib borayotganini ko‘pchilik hamon teran anglab etgani yo‘k. Takror aytish foydadan xoli emaski, agar ma’naviyatni yo‘qotsak, o‘zimizni va o‘zligimizni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin. Aksincha, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirsak, o‘zimizning maksad-vazifalarimizga etish uchun kuchli va ishonchli madad topa olamiz.
To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va intilishlarga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari qat’iy bajarilishi kerak.
Ayni paytda barchamiz yoshlar dunyoqarashini kengaytirishimiz, imkoniyatlarini rivojlantirishimiz lozim. Masalan, «Ogohlik» iborasining ma’nolarini bugungi zamon sharoitidan kelib chiqib, ancha keng miqyosda tushunishimizga to‘g‘ri keladi. YA’ni bugungi ogohlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini, ruhiyatini, aql- idroki va umuman ma’naviyatini diniy-aqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda, jahonda yuz berayotgan siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik manfaatlar yo‘nalishidagi goh oshkora, goh xufiyona kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan, «ommaviy madaniyat»ning emiruvchi ta’siridan muhofaza qilishni ham o‘z ichiga oladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ayrim siyosiy kuchlar o‘z maqsadlarini millatlar manfaatiga yot bo‘lgan mafkurali tahdidlar orqali amalga oshirishga qaratishgan. Aslida ularning bu xarakatini buzuqlik, zo‘ravonlik g‘oyalari boylik orttirish, xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlarini qo‘porish, yo‘q qilishga urinish deb baholash lozim.
Kelajak egalarini xalqimiz ma’naviyatiga yot “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoya qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda. Buning uchun avvalo ularni milliy tiklanish g‘oyasi, milliy madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash, yoshlarni axborot-resurs markazlariga, madaniy-tarixiy yodgorlik maskanlariga, teatr va ko‘rgazmalarga jalb etish, barkamol avlodni bilimli, sog‘- lom va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatga ega insonlar qilib tarbiyalash, ular ongi va qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirishda barcha birday mas’uliyatni his etmog‘i lozim.
Binobarin, o‘sib kelayotgan avlodni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular axborot makoniga kirganda, faqat o‘zi uchun zarur va foydali narsani olsin, internetdan foydalanish madaniyatini o‘rgansin. Bu masalada internet tizimi orqali mentalitetimizga mutlaqo yot mafkura va dunyoqarashni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishga urinayotganlar borligi, ayniqsa, xatarli ekanligidan barchamizni ogoh bo‘lishimiz zarur. Zero, biz bu masalada hamisha ogoh va hushyor turmasak, mafkuraviy xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini zaharlashi, “ommaviy madaniyat” deb atalayotgan illat xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan odob-axloq, ibo, or-nomus, iroda, sharm-hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirib, ko‘p mingyillik milliy qadriyatlarimizga putur etkazishimiz mumkin.
K o‘p narsa internetting boy axborot resurslaridan kim va qanday maqsadlarda foydalanishiga bog‘liq. SHu o‘rinda har qanday axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat” xavfidan himoyalanmagan saytlar, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siridan butun millat, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish har bir ongli insonning muqaddas burchi ekanini ta’kidlash lozim. O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning negizida turgan asosiy omil insondir. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”, degan so‘zlari bir asr avval millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin o‘rnini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan darajada ulkan ziyon etkazishi mumkin. Bu tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish talab etiladi. Davr shiddatiga hamohang qadam tashlayotgan yoshlarimiz milliy ma’naviyatimiz asosida tarbiya topsa, odob-axloq tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.
“YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo‘luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan. Milliy qonunchilik tajribasida bu kabi normalarning aks etishi yoshlarimizda turli axborot xurujlari, jamiyatimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishda, farzandlarimizni xalqimizning milliy ma’naviyati, oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalarga, ota-onaga hurmat ruhi asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Zero, har qaysi davlatning yoshlari uning ertangi kunini, taqdirini belgilovchi kuch bo‘lib sanaladi.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish