www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 41
ASOSIY QISM
Al-Xorazmiyning nomi dastlab matematika dunyosiga
hind hisob sistemasiga
asoslangan arifmetika muallifi sifatida tanilgan bo’lsa,keyin qat’iy qoidalar asosida
bajariladigan har qanday hisob sistemasining umumiy nomi sifatida taniqlidir. Al-
Xorazmiyning nomi bilan Oyning ko’rinmas tarafidagi krater deb ataladi.2003-yilda
esa Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-Majusiy tavalludining 1220
yilligi keng nishonlandi.Algebra fan sifatida tenglamalar yechish masalasi bilan
bog’liq tarzda shakllandi.
Qadimda misrliklar, vavilonliklar va hindlar algebraning
birinchi elementlariga ega bo’lganlar: ular tenglamani masala shartlari shaklida tuza
olish va ulardan ayrimlarini yecha olganlar. Aslida, ular
hali yechimlarni harf bilan
belgilashlarni va umumiy formulalarni tuza olmaganlar.«Algebra» so’zi ilk marta IX
asrda yashagan Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy faoliyatlarida uchraydi. Al-
Xorazmiy asli Xorazmdan bo’lib yoshligidan fan va ilmga intiluvchan bo’lgan,
keyinchalik matematika va astronomiya sohasida katta ilmiy kashfiyotlar ochgan.Al-
Xorazmiy algebraik tenglamalarni tuzish va yechishga bag’ishlangan «Hisob al-jabr
val muqobala» asarini yaratgan. Al-jabr so’zidan algebra so’zi paydo bo’lgan. Uning
nomi algebra fani paydo bo’lishiga olib keldi va unda hali simvolik belgilashlar
mavjud emas edi va hammasi so’zlar bilan yozilgan edi.«Al-jabr» va «val muqobala»
atamalari o’ng va chap taraflarida musbat hadlar bo’lgan
tenglamaga keltirishga
sharoit yaratuvchi eng oddiy va asosiy uslublarni anglatadi. Al-jabr - amali
tenglamaning chap va o’ng qismlarida o’xshash hadlarni ixchamlashga va tenglamani
eng qulay shaklga keltirishdan iborat.Algebra uchun yuqori ilmiy yutuq – bu ko’rish
va yozish uchun eng qulay harfiy belgilashlarning kiritilishidir.Hozirgi zamon harfiy
belgilashlar sekinlik bilan yaratilgan. XI asrda arab matematigi al-Karxiy ayrim
algebraik yechimlar uchun maxsus belgilar kiritgan, noma’lumni maxsus belgi bilan
ifodalagan.Birinchi darajali tenglamalarga Al-Xorazmiy ham katta diqqat-e’tibor
qaratgan, bunday tenglamalarni miqdorini topish uchun o’zining «Al-jabr» va «val
muqobala» usulidan foydalangan. Xorazmiyning beshta asari:
arifmetika, algebra,
astronomiya, geografiya va kalendar sohasidagi to’plamlari bizgacha yetib kelgan.
Xorazmiyning mqzkur asarlari, ayniqsa, uning arifmetika va astronomiya fanlari