Zamonaviy axborot texnologiyalaridan


afzalliklari. Pedagoglarning yangilangan darsliklarga mos bilim saviyasini



Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/251
Sana09.07.2022
Hajmi3,31 Mb.
#759652
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   251
Bog'liq
26 1 may

afzalliklari. Pedagoglarning yangilangan darsliklarga mos bilim saviyasini 
oshirish
Buxoro viloyat G’ijduvon tuman 
27- umumiy o’rta ta’lim maktab oliy 
toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
Fayziyeva Shaxnoza Shukrulloyevna 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada “Milliy dastur asosida ishlab chiqilgan yangi 
talqindagi 1-2-sinf darsliklari va pedagoglarning yangilangan darsliklarga mos bilim 
saviyasini oshirish” haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so’zlar:
Innovatsiya,darslik,attestatsiya,malaka,ko’nikma,milliy dastur.
Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy 
ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida 
o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya (in-
“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, 
yangilik degan ma’noni anglatadi. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv 
jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta’lim 
tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq. 
Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining: 
maqsadiga; 
mazmuniga; 
metod, texnologiyasiga; 
tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; 
pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etishga; 
ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; 
o‘quv-metodik ta’minotiga; 
tarbiyaviy ishlar tizimiga; 
o‘quv reja va o‘quv dasturlariga; 
o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga bog’liq. 


www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022 
Sahifa: 143 
“Avvallari darsliklar murakkab, akademik tilda yozilardi. Bu o‘quvchini fandan, 
maktabdan bezdirdi” — Respublika ta’lim markazi. Bu markaz tayyorlagan darsliklar 
chindan yangimi?
2021-2022-o‘quv 
yili uchun Respublika ta’lim markazi O‘zbekiston 
Respublikasidagi 1-2-sinf o‘quvchilariga yangi avlod darsliklarini taqdim etdi. 
Mavzulashtirilgan, eski darsliklardan farq qiladigan, tamomila o‘zgartirilgan, turli 
suratlar, illyustratsiyalar bilan boyitilgan va spiralsimon tarzda o‘qitiladigan 
darsliklar o‘quvchilar e’tiboriga havola etildi. Xo‘sh, yangi avlod darsliklari 
mutaxassislar ta’kidlaganidek, butunlay yangimi? 
2020-yilda davlatimiz rahbari Xalq ta’lim vazirligi oldiga tubdan metodikani
mazmunni yangilash, yangi avlod darsliklarini yaratish vazifasini qo‘ygan edi. XX 
asr vaqtga asoslangan yoki dalillarni yod olishga yo‘naltirilgan ta’lim bilan o‘ziga 
xos bo‘lgan. Lekin bugungi kunda ta’lim butun dunyoda o‘rganish natijalariga 
asoslangan. Ya’ni o‘quvchi darslikdagi, dasturdagi biror mavzuni o‘rganolmadimi, 
yana o‘sha mavzuni o‘qiydi. Oldingiga o‘xshab soatlarga bo‘lib berilmagan. Ilgari 
o‘quvchi o‘rgansa-o‘rganmasa, keyingisiga o‘tib ketaverardik. Natijada bola 
tushunmagani sayin darsni yomon ko‘ra boshlardi va o‘z-o‘ziga nisbatan bahosi 
pasayib ketardi. Eng katta muammo ham shunda edi. Endi faqat yod olishga emas, 
balki kompetensiyalarga asoslangan, deyilyapti butun dunyoda. O‘quvchi nimanidir 
bilsin va nimanidir qila olsin. Bu shunchaki yod olishga mo‘ljallangan kontent emas, 
darslik va dars ham yod olishga yo‘naltirish emas. 
Sinf xonasida o‘qituvchi emas, o‘quvchi hukmron bo‘ladi. O‘quvchining mustaqil 
faoliyati ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. O‘qituvchi esa yo‘naltirib turadi. Bu nimaga 
olib keladi? Oxir-oqibat bu o‘quvchining ertaga hayotga ham tayyor bo‘lishiga turtki 
beradi. Ya’ni u sinf xonasida tanqidiy fikrini bildira olsa, ijodiy fikrlasa, jamoa bo‘lib 
ishlashni o‘rgansa, muammoga yechim topolsa, unda to‘g‘ri qaror qabul qilish, yangi 
g‘oyani ilgari surish, fan nuqtai nazaridan dunyoni o‘z ko‘zi bilan anglash 
ko‘nikmalari shakllanadi. Shuningdek, pedagog kadrlar o’rtasida o’tkazilayotgan 
attestatsiya test jarayonlari o’qituvchilarning bilim saviyasini, mahorati va malakasini 



Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish