LABORATORIYA ISHI № 1
Mavzu: ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYA VOSITALARI BILAN
TANISHISH.
Axborot texnologiyasi deganda, mavjud axborotlar negizida yangi sifatdagi axborotni olish jarayoni uchun uchun zarur bo'lgan vositalar va uslublar jamlanmasi tushuniladi.
Axborot texnologiyasining maqsadi - inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida qandaydiy xatti-harakatlarni bajarish bo'yicha aniq qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan axborotni ishlab chiqarishdan iborat ekan.
Turli texnologiyalarni qo'llagan holda bitta moddiy resursning o'zidan bir nechta buyum yoki turli sifatdagi mahsulotlarni olish mumkin bo'lsa, bu holat axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham o'rinlidir.
Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish jarayonining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyutsiya bosqichlaridan o'tdi, bu bosqichlarning almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo'lishi bilan belgilanadi.
Shaxsiy kompyuter zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy texnik vositasi bo'lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlarni qurish va foydalanish konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta'sir o'tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy kompyuterni joriy etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo'llanishi axborot texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi va oqibatda "yangi", "kompyuter" yoki "zamonaviy" sinonimlaridan birini qo'shish hisobiga uning nomini ham o'zgartirdi.
Matn muharrirlari va nashriyot tizimlari haqida ma’lumot tayyorlang.
Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.Bunda bo’lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.
Elektron jadvallar va MBBT lar haqida ma’lumot tayyorlang.
Elektron jadvallar inson xayotining xar xil soxasida uchraydigan, xisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank xujjatlari bilan ishlash kabi keng ko’lamli masalalarni yechishda qo’llaniladigan uta kuvvatli vosita xisoblanadi.
Хisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators-ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jixatdan uning bozorda ommabobligi aniqlangan.1981 yili IBM PS kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi.Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birgalikda Microsoft - Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi.
Хisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami b’ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan xam ziyodrok muvaffakiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan EXCEL dasturi taqdim etildi, u xozirgi kunda xam o’z sinfidagi eng quvvatli dastur xisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi.Bunda Win Word dasturidagi taxrirlash vositalardan foydalanish mumkin.EXCEL ning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas,ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli , ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko’rish mumkin. EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir. Undan ishbilarmonlar,o’qimishli kishilar,xisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. U yordamida turli xildagi ro’yxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik otchyotlar,jamoa fikrini xisobga olish biznes korxonalarni rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentatsion materiallar tayyorlash mumkin. Хullas, YeХSEL qulay elektron jadvaldir. Jadvallarni jihozlash turli xil bo’ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar xuddi yaxshi tekst protsessordek, shriftlarni o’zgartirish mum-kin, rasm chizishni, qatorlar ajratishni, qatorli yoki aloxida yacheykalardagi tekstni rang bilan ko’pincha agar sizda rangli printer bo’lsa, ramkali va chiziqli, oblastlarni ranglash, berilgan jadvallarda grafik va diagramalar ko’rish, jadvallarda kartinkalar qo’ya bilish va hokazolarni bajarish mumkin. Shuni aytish lozimki, bu dastur xaddan tashqari kuchli,imkoniyatlari juda ko’p, ko’pincha oxirgi versiyalar (5.0 va 7.0 WINDOWS 95 uchun) mikesida berilgan. Biz, albatta o’zimizga kerakli bo’lgan tushunchalarni ko’rib chiqamiz, shuningdek, uning ishlash prinsipini xam, boshqa qolgan juda ko’p ma’lumotlarni kerakli vaqtda biz kengaytirilgan xolatdagi EXCEL sistemasidan qidirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |