LABORATORIYA ISHI № 3.
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYA VOSITALARI BILAN
TANISHISH
Ishning maqsadi. Talabalarda axborot texnologiyalari vositalari va ularning turlari
bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
Masalaning qo‘yilishi.
1. Axborot texnologiyalari va ularning turlari haqida o‘rganib, tahlil qilish.
2. Multimedia texnologiyalari va ularning turlari haqida o‘rganib, tahlil qilish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Axborot texnologiyasi deganda, mavjud axborotlar negizida yangi sifatdagi axborotni olish
jarayoni uchun uchun zarur bo‘lgan vositalar va uslublar jamlanmasi tushuniladi.
Axborot texnologiyasining maqsadi – inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida
qandaydiy xatti-harakatlarni bajarish bo‘yicha aniq qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan
axborotni ishlab chiqarishdan iborat ekan.
Turli texnologiyalarni qo‘llagan holda bitta moddiy resursning o‘zidan bir nechta buyum
yoki turli sifatdagi mahsulotlarni olish mumkin bo‘lsa, bu holat axborotni qayta ishlash
texnologiyalari uchun ham o‘rinlidir.
Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish jarayonining eng
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyutsiya bosqichlaridan
o‘tdi, bu bosqichlarning almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, axborotni
qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo‘lishi bilan belgilanadi.
Shaxsiy kompyuter zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy
texnik vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlarni qurish va foydalanish
konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy
kompyuterni joriy etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo‘llanishi axborot
texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi va oqibatda “yangi”,
“kompyuter” yoki “zamonaviy” sinonimlaridan birini qo‘shish hisobiga uning nomini ham
o‘zgartirdi.
Moddiy ishlab chiqarishda texnologik jarayon turli texnik vositalar yordamida amalga
oshiriladi, ularga uskunalaar, stanoklar, asboblar, konveyer liniyalari va hokazolar kiradi.
Axborot texnologiyasida esa axborot ishlab chiqarishning bunday vositalari sifatida
jarayonning apparat, dasturiy va matematik ta’minotini olishimiz mumkin. Ular yordamida
dastlabki axborot sifat jihatidan yangi axborotga qayta ishlanadi. Bu vositalar ichidan dasturiy
mahsulotlarni alohida ajratib ko‘rsatamiz va ularni instrumentariy deb ataymiz.
Demak, axborot texnologiyasining instrumentariysi kompyuterlarning muayyan turi uchun
bir yoki bir nechta o‘zaro bog‘liq dasturiy mahsulotlardan iborat bo‘lib, unda ishlash texnologiyasi
foydalanuvchi qo‘ygan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Instrumentariy sifatida shaxsiy
kompyuterlar uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlarning keng tarqalgan quyidagi turlaridan
foydalanish mumkin: matn muharrirlari, nashriyot tizimlari, elektron jadvallar, MBBT, elektron
yozuv kitobchalari, elektron kalendarlar, funksional maqsadlarga (moliyaviy, buxgalterlik, mar-
keting) mo‘ljallangan axborot tizimlar, ekspert sistemalar va hk.
Biz kompyuterda ishlayotib, qayta ishlangan, ya’ni aniq bir formaga solingan axborotning
turlicha shakllariga duch kelamiz va aynan, har bir shakldagi axborot bilan ishlash uchun muayyan
bir dastur muhiti kerak bo‘lishini ham bilamiz. Masalan, agar qayta ishlanayotgan axborot
1) matnli hujjat ko‘rinishida bo‘lsa, u holda bizga Text Editor dasturlardan biri, xususan,
MS Word muhiti zarur bo‘ladi;
2) grafik hujjat ko‘rinishida bo‘lsa, u holda bizga Picture Viewer yoki Picture Editor
dasturlardan biri kerak bo‘ladi;
3)
audio yoki
video ko‘rinishda bo‘lsa, u holda bizga Audio/Video Player, Audio/Video
Editor yoki Audio/Video Converter kabi dasturlardan biri kerak bo‘ladi va hokazo.
Umuman, bir formatdagi faylni boshqa bir formatdagi dastur muhitida qayta ishlab yoki
ko‘rib bo‘lmaydi. Binobarin, agar xuddi shu bir nechta formatdagi fayldan bir dastur muhitida bir
vaqtda foydalanish imkoni bo‘lsa, u holda biz xuddi ana shu dasturni multimedia-dastur deb hi-
soblashimiz mumkin va bu dasturni kompilyatsiya qilish natijasi o‘laroq yana multimedia-
hujjatiga ega bo‘lamiz.
Keyingi yillarda kompyuterlarning texnik imkoniyatlarini hisobga olib, muayyan bir
amaliy dasturni multimedialashtirish masalasiga ham e’tibor qaratilmoqda, xususan, Web-
brauzerlarning o‘zi bunga yaqqol misol. Web-brauzerlar funksional jihatdan, odatda viewer-
dasturlar turkumiga kiradi.
Multimedia interaktiv dasturiy ta’minot boshqaruvida ishlaydigan vizual va audioeffektli
obyektlar jamlanmasi bo‘lib, uni tatbiq etilish sohalariga ko‘ra bir nechta kategoriyaga ajratish
mumkin. Multimedia tizimidan foydalanish turli maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan,
o‘rgatuvchi dasturlar, ma’lumotnoma-hujjatlari, elektron ensiklopediya kabi dasturiy
mahsulotlarni tayyorlashda multimedia vositalaridan foydalanish ta’lim sifati va samaradorligini
oshirish maqsadiga qaratilgan asosiy kategoriyalardan biri sanaladi.
Multimedia deganda kompyuter uchun mo‘ljallangan tovush, video va turli animatsiya
effektlari jamlanmasidan iborat texnik yoki dasturiy majmua tushuniladi.
Bu majmuani bir to‘plam sifatida olib qaraydigan bo‘lsak uning elementlarini tovush, video
va animatsiya effektlari tashkil etadi. Ularni bir so‘z bilan “multimedia elementlari” deb atash
mumkin. Endi tabiiy savol tug‘iladi: “Bu multimedia elementlarining tatbiqiy doirasi qanaqa va
qanday tatbiq etiladi?”.
Birinchidan, multimedia elementlarining tatbiqiy obyekti – bu hujjat, ya’ni elektron
ko‘rinishidagi hujjat. Qachonki elektron hujjatga multimedia elementlari biriktirilsagina u
“multimedia hujjati” deb atalishi mumkin. Ikkinchidan, multimedia hujjatlarini yaratish uchun
kompyuterning turli texnik qurilmalari va maxsus dasturiy ta’minotlar ishlatiladi. Mana shu texnik
qurilmalarni biz “multimedianing texnik vositalari”, maxsus dasturiy ta’minotlarni esa
“multimedianing dasturiy vositalari”, har ikkalasini birlashtirib, umumiy holda “multimedia
vositalari” deb ataymiz.
Multimedia vositalari jumlasiga yana bir vosita – hujjat ta’minoti, boshqacha aytadigan
bo‘lsak, tayyor multimedia hujjati ta’minotini ham kiritishimiz mumkin. Chunki, yangi
multimedia hujjatini yaratish chog‘ida eski, ya’ni oldindan bor bo‘lgan mavjud hujjat ta’minotidan
ham foydalanish mumkin.
Shunday qilib, multimedia vositalari quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
1) texnik multimedia vositalari (videokarta, videomontaj tizimlari, TV (FM) tyunerlar,
ko‘zoynak va shlemlar, fotokamera, videokamera tovush kartalari, kompyuter akustikasi,
joystiklar ...);
2) dasturiy multimedia vositalari (PowerPoint, Adobe Photoshop, AutoPlay, Macromedia
Director, Flash, Authoware Professional, FrontPage, mPower 4.0, HyperStudio 4.0, Web
Workshop Pro, …).
3) mavjud multimedia hujjati ta’minoti (gif, flv yoki swf-formatli fayllar, hypertext
ko‘rinishidagi matnli fayllar, audio va video formatli fayllar, turli grafik fayllar, …).
Endi bu vositalardan foydalanish masalasi, aniqroq aytganda, foydalana olish muammosi
alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, har bir texnik qurilmadan foydalanishning ham o‘z qonun-
qoidalari bor. Har bir dasturiy ta’minotdan foydalanishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari
bor. Ularni qayerda, qanday qo‘llash kerakligining o‘zi alohida metodikani talab etadi.
Ana endi, biror multimedia hujjatini yangidan yaratish uchun multimedia vositalari bilan
birgalikda ularning yoniga ularni qo‘llash bo‘yicha uslub ham qo‘shildi. Demak, multimedia
vositalari va ularni tatbiq etish bo‘yicha uslublar jamlanmasi birgalikda “multimedia
texnologiyalari”ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda respublikamizda ham masofadan turib uslubiy materiallarni o‘rganish,
ayrim fanlarni o‘qitish uchun multimedia texnologiyalaridan keng ko‘lamda foydalanilmoqda va
bu yaxshi natijalar bermoqda. Elektron kutubxonalar, elektron darsliklar allaqachon iste’molga
kirib
ulgurgan.
Jumladan,
multimedia
darsliklari o‘zida ko‘pgina ma’lumotlarni
mujassamlashtirish bilan birga ularni ekranda namoyish etish hamda ovoz yordamida izohlash
bilan ham alohida ajralib turadi. Multimedia darsliklarining asosiy xususiyatlaridan biri – u voqea
va hodisalarni yaqqol aks ettiradi, ya’ni birmuncha “hayotiylashtiradi”. Bu esa matn, videotasvir,
multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi.
Topshiriqlar:
1. Matn muharrirlari va nashriyot tizimlari haqida ma’lumot tayyorlang.
2. Elektron jadvallar va MBBT lar haqida ma’lumot tayyorlang.
3. Texnik multimedia vositalari haqida ma’lumot tayyorlang.
4. Dasturiy multimedia vositalari haqida ma’lumot tayyorlang.
Adabiyotlar:
1. Maxarov T.A. Axborot tizimlari nazariy asoslari (magistratura mutaxassisliklari uchun
o‘quv qo‘llanma). – T.: 2012. – 152 b.
2. Избачков Ю.С., Петров В.Н. Информационные системы: Учебник для вузов. 2-е изд.
– СПб.: Питер, 2005. – 656 с.
3.
http://koi.tspu.ru/
– Информационные системы.