14-diskning shina o’rnatiladigan joyi radiusi (dyuymda) 84-bir g’ildirakka to’g’ri keladigan yuklanish indeksi.
T-avtomobil to’la yuklanishda uzoq vaqt harakatlana oladigan tezlik indeksi.
Engil avtomobillarda bosim-0,2…0,3 mPa, yuk avtomobillarda 0,5…0,7 mPa.
10-rasm. Shinalarning belgilanishi
G`ildirakning to`gini gupchagi va birlashtiruvchi elementlarning tuzilishi boshqariluvchi g`ildiraklarning o`rnatilish burchaklari.
G`ildirakning to`gini gupchagi g`ildirakni avtomobilning yarim o’qiga o’rnatish uchun xizmat qiladi.(11-rasm). Harakatni yarim o’qdan g’ildirakka uzatadi.
11-rasm. G`ildirakning to`gini gupchagi
1-podshipnik; 2-gupchak; 3-gayka;4-tormoz diski; 5-sapfa; 6-g’ildirak yuritmasi.
G’ildiraklarni o’rnatish burchaklari.
Avtomobilning boshqariluvchanligiga har xil konstruktiv va ekspluatatsion omillar ta’sir qiladi. Bularga boshqariluvchi g’ildiraklarni o’rnatish va stabilizatsiyalash, shina va osma, rul boshqarmasining texnik holati, tormozlashda g’ildiraklarning blokirovkalanishi, boshqariluvchi g’ildiraklarning tebranishi, rul boshqarmasining kuchaytirgichi, avtomobil kuzovi, haydovchining kvalifikatsiyasi va boshqalar kiradi.
Avtomobil harakatiga qarshilik kichik bo’lishi, shinalarning eyilishi va yonilg’I sarfi kamayishi uchun boshqariluvchi g’ildiraklar avtomobilning bo’ylanma o’qiga parallel bo’lgan vertikal tekislikda aylanishi kerak. Shu sababdan boshqariluvchi g’ildiraklar avtomobilga vertical tekislikka nisbatan og’ish burchagi , gorizontal tekislikka nisbatan yaqinlashish burchagi ostida o’rnatiladi.
12-rasm. Boshqariluvchi g’ildiraklarni o’rnatish sxemasi.
-og'ish; -yaqinlashish;A va B-g’ildiraklarning old va orqa qismlari orasidagi masofa.
Avtomobil old qismining og’irligi ta’sirida ko’prik dedallarining deformatsiyalanishida og’ish burchagi g’ildiraklarning yo’l yuzasiga nisbatan perpendikulyar joylashishini ta’minlaydi. Bu burchak burilish yelkasini kamaytiradi- burilish (shkvoren) o’qi davomining yo’l tekisligi bilan kesishish nuqtasi bilan g’ildirakning yo’lga tegib turgan nuqtalari orasidagi masofani. Natijada boshqariluvchi g’ildiraklarni burish uchun zarur bo’lgan moment sezirarli kamayadi, avtomobilni burish engillashadi. Og’ish burchagi konstruksiyada hal qilingan, yani burish sapfasi qiya o’rnatilgan, u 0…2ll ga teng.
Boshqariluvchi g’ldiraklarning yonaki sirpanishining oldini olish uchun, g’ildiraklar avtomobilning bo’ylanma o’qiga nisbatan parallel emas, balki burchak ostida o’rnatiladi. Yaqinlashish qiymati g’ildiraklar orasidagi A (o’q oldidan) va B (o’q orqasiqan) masofalarning ayirmasiga teng. Yaqinlashish avtomobillarda 2…12 mm ga , burchak 0020l…10 ga teng. Kaster -5...+5 gradius.
Do'stlaringiz bilan baham: |