ilashgan joyida (yetaklanuvchi shesternyaning (32) orqa tomonida) karterga tirak vint (12) buralgan. Yetakchi shes- ternya keyingi uchining qo‘shimcha silindrik rolikli pod- shipnikka (27) o‘rnatilishi, shuningdek, yetaklanuvchi shesternya orqa tomonida karterga tirak vintning (12) qo‘yi1ishi (bunday tuzilishga ega bo‘lgan yakka asosiy uzatmalar yuk avtomobillarida qo‘l1aniladi) asosiy uzatma shesternyalarining bikrligini oshiradi. Natijada asosiy uzat mad an katta burovchi moment o tkaz ilgani da, shesternyalarning deformatsiyalanmasdan normal ilashib ishlashi ta’minlanadi.
Shesternyalarning normal ilashuvini rostlash qistirma- lar (16) va gaykalar (36) yordamida bajariladi. Ularning sozlanishi buzilmasligi uchun rolikli podshipniklar (22, 25 va 35) gaykalar (19 va 36) yordamida dastlabki tig‘iz1ik bilan qotiriladi
.
3HJI-130 avtomobilida yaxlit joylashgan qo‘sha1oq bosh uzatma qo‘llaniladi (61-rasm). Bunday uzatma ikki juft shesternyadan, ya ni bir juft spiral tishli konussimon shesternya va bir juft qiya tishli silindrik shesternyadan iborat. Yetakchi konussimon shesternya (11) va1 bilan birga yaxlit yasalgan bo‘1ib, ikkita konussimon rolikli podshipnikda (6 va 9) hamda stakanda (7) joylashtirilgan. Podshipniklarning dastlabki tig‘iz1igini rostlash uchun Ularning orasiga keruvchi vtu lka (33) va shayba (8) qo‘yi1gan. Yetaklanuvchi konussimon shesternya (12) oraliq valning (15) flanesiga parchin mixlar bilan biriktirilgan. Oraliq va1 yetakchi (kichik) silindrik shesternya bilan birga yasalgan bo‘lib, konussimon rolikli podshipniklarda (14 va 31) o‘rnati1gan. Bu rolikli podshipniklarning tashqi halqasi karterga mahkamlangan qopqoqlarning (32) ichiga joylashtirilgan. Konussimon shesternyalarning (11 va 12) ilashuvini, shuningdek, rolikli podshipniklarning (14 va
31) dastlabki tig‘izligini rostlash uchun qopqoqlar (32) tagiga bir necha yupqa sozlovchi qistirmalar (13) qo‘yi1gan. Yetaklanuvchi silindrik shesternya (21) differensial qutisini tashkil qiluvchi ikkita chashkaga (20 va 28) boltlar bilan biriktirilgan. Differensial qutisi karter uyalariga joylashti- rilgan ikkita rolikli podshipniklarda aylanadi. Bu rolikli podshipniklar gaykalar (25) bilan rostlanadi.