524
Maktab yoshidagi bolalarning tempramentini aniqlash usullari keng
bayyon qilingan.
Kalit so’zlar:
Individ, ta`lim, tarbiya, bilim, rigorizm, o’quvchi,
qobiliyat, bola, xulq-atvor, emotsiya, pedagog.
Аннотация:
Эта статья анализирует роль и важность
психологических условий школьного возраста, школьных действий и
методов педагоги. Важно определить поран школьного возраста и
работать соответственно.
Ключевые слова:
отдельные слова: отдельные слова,
образование, коррупция, читатель, способность, ребенок, поведение,
недвижимость, педагог,
Hozirgi kunda butun dunyoda bolalarning ta'lim-tarbiyasiga e'tibor
berish yetakchi o'rinda turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi, bola tarbiyasini
to'g'ri shakillantirishda psixologlarning o'rni juda katta ahamiyatga ega
hisoblanadi. Maktab psixologlarining vazifasini aytmasak ham bo’ladi.
Maktab psixologiyasi quyidagi tamoyillarni qo'llaydigan sohadir.
Maktab psixologiyasi, ta'lim psixologiyasi, rivojlanish psixologiyasi,
klinik psixologiya. Shuningdek, o'quvchilar va ota-onalar bilan
hamkorlikda bolalar va o'smirlarning aqliy rixojlanishi va yurish turishi,
sog'ligiga bo'lgan extiyojlarini qoniqtirish uchun xizmat qiladi.
Odamzod
paydo bo’libtiki, talim tarbiya tushunchasi, uni qanday amalga oshirish,
ta’lim - tarbiyada nima muhim, ta’lim-tarbiya nega muhim? Bunda asosan
qaysi jihatlarga etibol qaratish lozim? - degan savollarda bahs yuritib, har
kim o`zining dunyo qarashidan kelib chiqib, har bir millat esa o’z
mentalitetidan
kelib
chiqqan holda
yondashadi,
aynan
maktab
psixologiyasi xam talim tarbiyada o'qituvchi, murabbiy, asosan,
o'quvchilarning salbiy jixatlarini o'rganadi va ijobiy hal qiladi. Bolalar
uchun taniqli pediatr ”Benjamin Spok'' shunday yozadi: "6 yildan keyin
bola
ota-onasini chuqur sevishadi, lekin uni ko'rsatishga urinmaydi. Bola
boshqa odamlarga sovuq munosabatda, faqat "ajoyib insonlar" deb
hisoblaydiganlargina. U mulk yoki "chiroyli bola" kabi sevilmoqchi emas.
U o’zini hurmat qiladi va hurmat qilishni xohlaydi. Ota-ona qaramligidan
qutulish uchun u o’z oilasi tashqarisidagi g’oyalar va bilimlarga
ishonadigan katta yoshli kishilarga aylanmoqda ... “Ota-onasi unga
o’rgatgan narsa unutilmaydi, shuningdek, ularning yaxshi va yomonlik
525
tamoyillari qalbida chuqur ildiz otgan. Ularning fikrlarini u ko’rib chiqadi.
Lekin ota-onasi nima qilish kerakligini eslatganda, u g’azablanadi, chunki
u o’zi biladi va ongli ravishda bo’lishni xohlaydi “.
Zehni jarayonlarning rivojlanishi: Bolaning so’z boyligi 7 ming
so’zga ko’tarildi. Nutqni rivojlantirish uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu davr mobaynida tillarni mukammallashtirish uchun asos bo’lgan
mutanosib nutqni rivojlantirishning dolzarb ehtiyoji, bola ustalari ovozini
tahlil qilish. Bola kontekstual nutq asoslarini o’rganadi,
bu uning
rivojlanishining ko’rsatkichidir.
Yosh talabalarda fikrlash eng asosiy vazifadir. Mantiqiy fikrlashning
shakllanishi bu yoshdagi bolalarning to’g’ri aqliy rivojlanishining belgisi
hisoblanadi. Maktabda pedagog avvalo o`quvchilarning pisixik holatini
taxlil qilishi kerak, asab tizimi tug’ma xususiyatlari e’tiborga olingan
holda ta’lim metodlarini qo`llash tavsiya etiladi bolalarni qaysi tip qaysi
temperamentga tushishlarini aniqlab, undan so’n ularga nisbatan metod,
usullar qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ta’kidlab o’tkanimizdek insonlarning temperamentlari:
Xolerik temperament –
xodisalarga nisbatan qiziqqon, jangari, jahli
chiqishi oson va tez. Kechinmalar faoliyatiga nisbatan o’zgaruvchan. U
ishga butun borlig’i bilan berilib ketadi, o’zidagi kuchni sezadi va
maqsadga erishish uchun, yo’lida uchragan qiyinchiliklarni yengishga
harakat qiladi. Qachonki, kuchlari sarflanib bo’lgandan keyin u
mushkullikka tushib, ishlashga boshqa
hech qanday imkoniyatlari
qolmaydi. Xoleriklarning irodasi juda kuchli.
Sangvinnik temperament - o’ta vazmin tur bo’lib, asab jarayoni
xarakatchan va yaxshi balanslashgan. U jamiyatning juda yaxshi, sog’lom,
xushchaqchaq a’zosidir lekin, qachon uni qiziqtiradigan ish topilsagina, bu
qobiliyatlar ko’rinadi. Sangvinik bosiq, sharoitga tez ko’nikib ketadi,
atrofidagi odamlar bilan tez til topishib ketadi, muomalali, begona odamlar
orasida o’zini noqulay sezmaydi. Kollektiv orasida quvnoq, xushchaqchaq,
ishlarni tez qabul qilib oladi va biror narsa bilan doim mashg’ul bo’ladi.
Xarakterini tez o’zgartiradi, bu asab jarayonlarini xarakatchanligidandir.
Yomon holatlarda iztirobga tushadi. U umuman olganda - optimistdir.
Flegmatik temperament – asabning nisbiy xarakatchanligiga,
xayajonlanish va tormozlanish jarayonlariga yetarlicha bosiqligi bilan
xarakterlanadi. Bular – bosiq, matonatli va juda mehnatkash kishilar. Ular
526
juda og’ir murakkab holatlarda ham bosiqligini yo’qotishmaydi. Asab
faoliyati jarayoning qattiqligidan ular o’zlarini yaxshi tutadilar, darhol
hayajonlanib ketmaydilar. Ular mayda narsalar bilan o’zlarini chalg’itishni
hohlamaydilar shuning uchun, bir xilda kuch
sarflashni talab qiluvchi
davomiy va uslubiy keskinlikda xarakatni bajaradilar. I.P.Pavlov bunday
turdagi odamlarni chidamliligini juda yuqori deb baholagan.
Melanxolik temperament – ish qobiliyatining zayifligi bilan farq
qiladi ya’ni ularning xayajonlanish va tormozlanish darajasi juda ham
kuchsiz. Ularni yangiliklar, yangi sharoit, odamlar bilan muomala
cho’chitadi, uyaltiradi shuning uchun, ular odamovi bo’ladilar. Ular ichki
dunyosini chetga chiqarmaydilar va hayot sharoitlariga qiyinchilik bilan
o’rnashadilar.
Xulosa qilib aytadigon bo’lsak yosh maktab yoshi - axloqiy g’oyalar
va qoidalarni shakllantirishning klassik davri. Albatta,
bolaning axloqiy
dunyosiga sezilarli hissa qo'shishi erta bolalikni keltirib chiqaradi, lekin
"Qoidalar" va "Qonunlar" tamoyili, "norma", "majburiyat" tushunchasi -
bularning hammasi eng yoshi aniqlangan va shakllanadigan axloqiy
psixologiyaning o’ziga xos xususiyatlari maktab yoshidir. Bolaga kichik
maktab yoshidan boshlab to’g’ri tarbiya berish uning psixologiyasiga
kuchli tasir o’tkazmaslik albatta muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: