475
o‘quvchilarning kognitiv qabul qilishi uchun qulay, oson tarzda bayon
etilishi lozim.
Badiiy-estetik
mazmundagi
o‘quv
materiallarining
ta’lim
samaradorligini ta’minlashdagi afzalliklari shundaki, bu kabi o‘quv
materiallarini o‘quvchilar uni kognitiv qabul qilib, chuqurroq
o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladilar. Chunki o‘quv materiallari birinchi
navbatda ularning xissiy olamiga ta’sir ko‘rsatadi.
Nainki badiiy-estetik
mazmundagi o‘quv materiallarini tizimli tarzda taqdim etish natijasida
o‘quvchilarning bilimlarni hissiy qabul qilishlari jadallashib, badiiy
nutqlari rivojlanadi, kogntiv imkoniyatlari kengayib boradi.
Musiqa o‘qitish faoliyatlarida ta’lim samaradorligini ta’minlash
uchun kognitiv jarayonning o‘ziga xos qonuniyatlarini hisobga olish
lozim. Buning uchun o‘quv materiallarini xotirada saqlab qolish,
axborotlarni qayta ishlash, bilimlarni o‘zlashtirish
va ijodiy faoliyatda
qo‘o‘llashga e’tibor qaratish talab etiladi. O‘quv materiallari ilmiy bilim,
ko‘nikmalarning tarkibiy qismi sifatida o‘quvchilarning ongida
saqlanadi.[3]
Badiiy-estetik mazmundagi bilimlar yordamida ko‘plab ijodiy
faoliyat natijalari intuitsiya shaklida namoyon bo‘ladi va umumlashadi.
Ular to‘liq anglanmagan kuzatishlar mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi.
Badiiy-estetik ta’lim jarayonida intuitsiya yangi bilimlarni o‘zlashtirish
usuli sifatida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda badiiy-estetik mazmundagi
bilimlar, axborotlarning o‘quvchilar ongi, ularning sezgilariga ta’sir
ko‘rsatishi nazarda tutiladi. O‘quvchilarning ongida ajdodlar tomonidan
yaratilgan madaniy boyliklar chuqur anglangan holda aks etadi. Bunday
jarayonda o‘qituvchilar musiqaga oid bilimlarning o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilishi va ularning amaliy faoliyatida qo‘llanishiga e’tibor
qaratishlari zarur.
Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallari o‘quvchilarga
turli
shakllarda taqdim etiladi. Masalan, o‘quv savollari, ko‘rgazmali vositalar
tarkibida, axborotli, ilmiy-ommabop matnlar, mustaqil ishlar, didaktik
topshiriqlar, mashqlar. O‘quv materiallari mazmunida bilimlar, xalq
ijodiyoti tajribasi, umummilliy va ma’naviy
qadriyatlar, shaxslararo
madaniy munosabatlar, milliy g‘oya va dunyoqarashni rivojlantiruvchi
vositalar ifodalanishi lozimdir. Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv
materiallarining mantiqiy qurilishida mantiqiy tizimlilik va mantiqiy
strukturalilik yo‘nalishlari ajratiladi. Tizimli mantiqiy izchillik 5-7-sinf
musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarga taqdim etiladigan o‘quv
materiallarini strukturalashda qo‘llaniladi. Ayni bir o‘quv predmetlariga
476
mansub bo‘lgan ta’lim mazmuni elementlari orasida bir xildagi
aloqadorlikni ta’minlash mumkin. Bunda mazkur o‘quv
predmetidan
taqdim etiladigan bilimlar yig‘indisidan zarur ma’lumotlar tanlab olinadi.
Ayrim pedagog olimlarning ta’kidlashlaricha, badiiy-estetik
xarakterdagi o‘quv materiallarining mazmuni o‘z qurilishiga ko‘ra turli-
tuman bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘quv fani mazmunini turlicha
elementlar doirasida taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini tarkibiy qismlar va
bloklarga ajratishda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat
ta’lim standartlari talablariga amal qilish taqozo etiladi[1]. Bunda
o‘quvchilarning hissiy tajribalariga tayanish ham o‘quv
materiallarini
kichik qismlarga ajratishda asosiy o‘rinni egallaydi.
Badiiy estetik mazmundagi o‘quv materiallarini tizimlilik asosida
tanlanib taqdim etilsa, pedagogik jarayonda o‘quvchilarning uni kognitiv
qabul qilishi murakkablashadi. Taniqli pedagog T.A.Stefanovskaya[2]ning
ta’kidlashicha, tizimlilik prinsipi doirasida, “o‘quv materiali mazmunini
tashkil qiluvchi qismlar zanjirni hosil qilib,
bunda birinchi xalqa
keyingisi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, ular orasida
o‘zaro mantiqiy aloqadorlik mavjud bo‘lib, har bir keyingi qism
oldingisiga bevosita bog‘lanadi. Bunday tarkibiy tuzilmalar o‘quvchilar
zimmasiga birmuncha vazifalar yuklaydi”.
Xulosa
qilib
aytganda
badiiy-estetik
mazmundagi o‘quv
materiallarini tizimli tarzda taqdim qilish muhim ahamiyatga ega. Badiiy-
estetik mazmundagi o‘quv materiallarini tanlashda muayyan qoidalarga
asoslanadi: juft mulohazalar yagona sahifada parallel chop etiladi,
o‘xshash fikrlar ikki pog‘onali konstruksiyaga joylashtiriladi. O‘quv
materialining tarkibida o‘quvchilarning hissiy olamiga ta’sir ko‘rsatadigan
vositalar: badiiy matnlar, rangli illyustratsiyalardan bir vaqtning o‘zida
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: