402
barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n,
yuz barobar ko‘p foyda keltiradi.[1]
Idrok qilingan narsa va hodisalarni, kechirilish tuyg‘u, o‘ylagan
fikr, qilingan
harakatlarni esda qoldirish, esda saqlash va keyin esga
tushirishdan iborat bo‘lgan psixik jarayondir. Xotira jarayoni oliy nerv
faoliyati bilan bog‘liq.
Nerv
sistemalari
juda
egiluvchan
va
taassurotlarga
beriluvchandir.
Shuning
uchun
bolalarda
vaqtli
bog‘lanishlar hosil bo‘ladi.
Odamning butun aqliy tarakqiyoti, asosan xotiraning taraqqiyotidan
iborat ekan, xotira bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab
rivojlana boshlaydi. Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yaqin
atrofidagi odamlarni va narsalarni tanishida ko‘rina boshlaydi. Buni
biz bola o‘ziga tanish bo‘lgan narsani kurganida qiladigan harakatlaridan
ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bola o‘ziga yakin odamni kurganida unga
talpinadi yoki notanish odamdan yotsiraydi. Kichik yoshli bolalarda tanib
olish
qobiliyatining borligi, idrok kilgan narsa va hodisalarini esda olib
qolish imkonini beradi.
Yoshiga to‘lgach, bolada xotiraning murakkab turlari, ya’ni eslash
vujudga kela boshlaydi. Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok qilgan
narsa va hodisalarni eslay oladigan bo‘ladilar. Bunda bolalardagi
tasavvurlarning roli nihoyatda kattadir. Tasavvurlari tufayli bolalar
o‘tgan narsalarni
bemalol eslay oladilar, masalan, bolaga ko‘z o‘ngida
bo‘lmagan narsaning nomini aytsangiz, u ko‘zlari bilan chor atrofga qarab
shu narsani izlay boshlaydi.
Bola xotirasining rivojlanishida nutqning o‘sishi juda katta
ahamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va hodisalarni faqat bevosita
ko‘rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalarning nomlari orqali
ham idrok qila oladigan bo‘ladi. Bundan tashkari kattalardan so‘rab bilib
olish, eshitish orqali ham o‘z xotiralarini boyitadilar.
Ilk bolalik davridagi bolalarda xotiraning barcha jarayonlari
ko‘rina boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi
bola dastavval mexanik
ravishda, ya’ni ma’nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradilar. Buning
o‘ziga xos jihati bor, albatta. Birinchidan, yuqorida aytib o‘tganimiz
kabi bolalarda turmush tajribasi juda oz bo‘ladi, ular ko‘p narsalarni
hali mutlaqo bilmaydilar, lekin hayotda to‘qnash kelganlari sababli
eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar
nerv sistemaning plastikligi,
ya’ni juda egiluvchanligi kattalarnikidan ham yctynpoq bo‘ladi. Ana shu
sababli bolalarga mexanik esda olib qolish xech qanday qiyinchilik
tug‘dirmaydi.
403
Bolalarda ma’nosiga tushunib, esda olib kolish ham juda erta
rivojlana boshlaydi. Masalan, ilk bolalik davridagi bolalar o‘zlari yoqtirgan
hikoyalarni ma’nosiga to‘la tushungan holda eslarida olib qoladilar. Bu
hikoyalardagi ayrim qahramonlarni sevadilar, ba’zilarini esa yomon
ko‘radilar. Umuman, hikoyalarning mazmuni bolalarga ta’sir qilib,
ularda ma’lum tuyg‘u- hissiyotlarni uyg‘otadi, bu esa bolalar hikoyaning
mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi.
Shu o’rinda Prezidentimizning: “bizning eng katta boyligimiz -
bu xalqimizning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyatidir. Bu
salohiyatni yaratish va yanada ko‘paytirishda
hurmatli ziyolilarimiz -
ilm-fan va texnika namoyandalari, birinchi navbatda qadrli va
hurmatli akademiklarimiz, madaniyat, adabiyot va san’at, sport
sohalarining vakillari butun vujudini berib,
fidokorona mehnat
qilayotganlarini biz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz” degan fikrlari
yodimizga tushadi.[2]
Ilk bolalik davridagi bolalarda dastlab ixtiyorsiz esda olib qolish
va ixtiyorsiz esga tushirish vujudga keladi. Ular o‘zlarini biron jihatdan
qiziqtirgan, diqqatlarini o‘ziga tortgan narsa va hodisalarni beixtiyor
ravishda eslarida olib qoladilar. Biron narsani eslash, esiga tushirish
assotsiatsiya tareida namoyon bo‘ladi. Ularni o‘zlari ataylab esga
tushirmaydilar. O‘yin faoliyatida biron narsani eslash lozim bo‘lib
qolganda, assotsiatsiya tariqasida boshqa shunga o‘xshash
narsalar ham
beixtiyor eslariga tushaveradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ashula, ritmli she’r, qiziqarli
holatlar chuqur tasir etadigan narsalar beixtiyor esda qolaveradi. Nerv
sistemasini yangi qo‘zg‘aluvchan bo‘lgani uchun vaqtli bog‘lanishlar
beqaror bo‘ladi, yani mustahkam bo‘lmaydi. Shuning uchun bu yoshdagi
bolalar tez unutuvchan bo‘ladilar. Bolalar katta bo‘lishgani, nutqlari
rivojlangani sari ular o‘zlariga kerakli narsalarnigina esda olib qoladigan
bo‘ladilar.
Ularda mexanik esda saqlab qolish, mantiqiy esda saqlab qolish
kabi jarayonlar maktab davri yaqinlashgan sari ko‘rinadi.
Maktabgacha davrdagi bolalar obrazli xotira,
yani eshitganlaridan
ko‘ra ko‘rganlarini yaxshi eslab qoladilar. Emotsional xotira ham
rivojlana boshlaydi.
«Qo‘g‘irchoqni top» mashqi 1,5 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar
uchun.
Bolaga ma’lum bir qo‘g‘irchoqni qayerda turganini ko‘rib olishi
aytiladi, so‘ng bolani teskari qaratib turib qo‘g‘irchoqni joyi
404
almashtiriladi. Bolaga qo‘g‘irchoq avval qaysi joyda turganini ko‘rsatish
taklif qilinadi.
«Kim ko‘proq eslab qoladi?» 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar
uchun.
Bolalarga turli rasmlar ketma-ketlik bilan ko‘rsatib boriladi. So‘ng
ular nimalarni eslab qolganlarini aytib berishlari kerak. Kim ko‘p narsani
eslab qolgan bo‘lsa, shu bola g‘olib bo‘ladi.
«
Do'stlaringiz bilan baham: