Metallarga ishlov berish milodiy davrdagi insonlardan boshlangan, ular toshlarni yorish uchun yana bir boshka o’tkir toshlar kerak bulishligini anglab etishdi. Birinchi ishlov berilgan metall mis edi, chunki bu metall plastik yumshok va keng tarkalgan metal xisoblangan. Asosan mis buyumlar payvandlanar edi, uni oldindan qizdirib so‘ng bosim bilan payvandlanar edi. Mis, bronza, qo‘rg‘oshin xususiyatli metallardan buyumlar tayyorlashda, o‘ziga xos quyma payvand bilan bajarilar edi. Birikadigan detallar qoliplanib, qizdirilar edi va tutushadigan joyiga oldindan tayorlangan erigan metall quyular edi. Temir va uning qotishmalaridan buyumlarni tayorlashda temirchilik o‘chog‘ida «payvand tobi» darajasigacha qizdirib so‘ng toblash natijasida buyumlar tayorlanar edi. Bu usul temirchilik o‘chog‘ida payvandlash deb nom olgan edi. Payvandlash usullari juda sekin rivojlangan, shuning uchun ko‘pincha payvandlashning jixozlari, qurilmalari va texnik usullari o‘zgarishi yuz yillar davomida sezilarli darajada o‘zgarmagan.
Texnika soxasida keskin o‘zgarishlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida sezila boshladi. 1801 yilda Xamfri Devi birinchi bo‘lib yoy zaryadsizlanishini tadqiqot qildi va ochdi. YOyli zaryadsizlanish yuqori darajali issiqliq ma’nbai va yuqori darajada yorituvchanligi bilan amaliy qo‘llanishga tez kiritilmadi, chunki, yoy ta’minlanishi uchun zarur bo‘lgan tok kuchlanishini etkazib beruvchi manba yo‘k edi. Bunday manbalar faqatgina XIX asr oxirida paydo bo‘ldi. YOy zaryadsizlanish ochilishi davriga elektrotexnika endigina tashkil etilayotgan edi, elektrotexnik sanoati yo‘k edi. 1821 yilda ingliz etakchi fizigi M. Faradey elektromagnetizmni eksperimental tadqiqot qilishida elektromagnit induksiyani ochdi va shu orqali elektryurutuvchi va elektr generatorni qurilmalar prinsipini ishlab chiqdi.
Ingliz fizigi D. Maksvell matematik xisoblashlar bilan jarayonda xosil bo‘ladigan elektromagnit maydon xususiyatlariga tadqiqotlar natijasida tenglama ishlab chiqdi.
1870 yilda fransuz olimi Z.T. Gramm mexanik elektromagnit mashina uchun uzukli langar ishlab chiqdi, bu elektr generator vazifasini bajarishi mumkin, uning ishi mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beradi. 1881 yilda Avgust De Meritens erimaydigan ko‘mir elektrod bilan elektryoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. N.N. Benardos yoyli payvandlash texnologiyasini va payvand birikmalar turlarini ixtiro qildi (uchma-uch, ustma-ust va b.), bular xozirgi kunda ham ishlatilmoqda; qalin metallarni payvandlanganda u payvand birikmani yonboshlab joylashtirish usulini qo‘llagan. YUpqa tunuka listlarni payvandlashda, payvand birikmani tayyorlash list chekasini bortini chiqarib payvandlashga tayorlangan. Payvandlash sifatini oshirish uchun ular flyus ishlatishar edi: po‘latlarni payvandlashda – kvarsli kum, marmar; misni payvandlashda – bura va nashatыr.
1888 yillarda rus injeneri N.G. Slavyanov eriydigan elektrod metall bilan yoyli payvandlashni taklif etdi. Amerika kushma shtatlarida esa S. L. Koffin payvandlab ishlab chikarishni kullashni birinchilar katoridan bulgan.
Fransuz olimi Anri Lui Le SHatele gaz aralashmalarini yonishini tadqiqot qilish natijasida gaz yordamida payvandlashni ishlab chiqdi. 1895 yilda u fransuz fanlar akademiyasiga atsetilen va kislorod aralashmasi yordamida yuqori xaroratli alanga xosil qilish haqida xisobot berdi. XX asr boshlarida birinchi marta yonuvchi gazlarni kislorod aralashmasida payvandlash uchun qo‘llanib ko‘rildi. Birinchi atsetilen-kislorod gorelkasi konstruksiyasini Edmon Fushe ishlab chiqdi, unga Germaniyada 1903 yilda patent oldi. 1904 yilda Fransiyada kesish uchun atsetilen-kislorod gorelkasini qo‘llashni sinab ko‘rishdi. Sanoatning jadal rivojlanishi va texnikaning xamma sohalaridagi metallarni payvandlashda: termit aralashmalar, elektron nur, lazer, yuqori xaroratli plazma, ultratovush va boshqa yangi effektiv payvandlash usullari ko‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |