Abulqosim Firdavsiy nomi jahonga mashhur bo’lib,Sharqda ming yildan beri kishilar zavqi shavqini qo’zg’ab kelmoqda.Yevropa kitobxonlari qalbini asir etganiga ham ikki asr bo’ldi. Shoirga boqiy umr etgan asar “Shohnoma”dir.Bu asar “Shohnoma”- “Shohlar kitobi” deb atalgan. “Shohnoma” “Shohlar haqidagikitob ” sifatida emas, xalqning orzu-umidlarini ifodalagan. “Shoh kitob” sifatida shuhrat qozondi. U faqat forsiy tilda so’zlashuvchilar orasidagina emas, balki butun O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlari, bora-bora butun jahon shuhratiga sazovor bo’ldi. Zamonlar o’zgardi,ammo “Shohnoma”ning shuhrati so’nmadi.Aksincha, bu shon-shuhrat yillar o’tgan sayin barq urib yashnab bormoqda. “Shohnoma” dunyoning turli tillariga tarjima qilinib, yaratiladigan san’at asarlariga ilhom manbai bo’lib xizmat qilmoqda.
Abulqosim Firdavsiy 940-941-yillar atrofida Xuroson o’lkasining poytaxti Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog’ida tug’ilgan. “Uning ota-bobolari yer-suvini yo’qotib,kambag’allashib qolgan dehqonlardan edilar”( Sh.Shomuhammedov.Shoh kitob.”Shohnoma” asariga so’z boshi.T.1975).Firdavsiy iqtisodiy qudrati bilan mamlakatda siyosiy mavqyeni qo’ldan bergan zodagonlar tabaqasining vakili edi.
Somoniylar saltanatining inqirozga yo’z tutgan davri haqida Firdavsiy shunday yozadi:
Zamona sarosar chunon jang edi,
Toju taxt deganga jahon tang edi.
Bir tomondan Somoniylar davlatining ichki qarama-qarshiliklari kuchaygan bo’lsa, ikkinchi tomondan dehqonchilik mulklariga ko’chmanchilar hujumi avj olgan edi. Ko’p yillik harbiy xizmatni o’tagan shoir xalq og’zaki ijodini ham chuqur o’rgandi. .”Shohnoma” asarini 35 yil davomida yozadi. Lekin tortiq etishga munosib kishi topa olmaydi. So’ng G’aznada o’z saroyiga olimlar va adiblarni to’playotgan Mahmud G’aznaviyni tanlaydi, shohga bag’ishlov yozib, dostonni taqdim etadi.
Ulug’ shoir butun umrini sarflab yozgan shoh asarning qadriga yetmagan mahmud G’aznaviy va’da qilingan oltinlar o’rniga kumush tangalar beradi. Bundan g’azablangan shoir shohni pastkashlikda ayblab, hajviya yozadi.Mahmud in’om etgan tangalarni shoir sharbat sotuvchiga, hammom xodimiga bo’lib beradi. Rivoyatga ko’ra shoh uni fil oyog’i ostiga tashlash haqida farmon beradi, lekin Fidavsiy uzoq yurtlarga qochib ketadi. Keksalik chog’ida ham quvg’inda yurib azob chekadi. Shohlar nomini tilga olmaslikka qasam ichib, “Yusuf va Zulayho” dostonini yozadi. Vataniga qaytish orzusi bilan yashagan, 80 dan oshib qolgan horg’in shoir Bog’dodda yashar edi. Qur’ondan olingan syujet asosida bu dostonni yozishga majbur bo’lganini ta’kidlab o’tadi. Keksa shoir umrining oxirida o’z vataniga kelib Tusda vafot etadi. Lekin ruhoniylar uni shakkoklikda ayblab, musulmonlar mozoriga uning xokini qo’yishga joy bermaydilar. 1025-yili Firdavsiyning jasadi otasidan qolgan bog’ning bir chekkasiga dafn etildi.
Abulqosim Firdavsiydan bizgacha to’rt ming yillik tarixni o’z ichiga olgan “Shohnoma” asari va Qur’on qissalari asosida yozilgan “Yusuf va Zulayho” dostoni yetib kelgan. Shoirning hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar juda kam. Oltmish ming baytni o’z ichiga olgan “Shohnoma” ni yozishda shoir o’z oldiga O’rta Osiyo, Eron xalqlari eposini chuqur o’rganib, to’rt ming yillik afsonaviy va haqiqiy tarixni o’zida mujassamlashtirgan asar yaratishni maqsad qilib qo’ygan edi. Firdavsiy bu vazifani san’atkorlarga xos istedod bilan bajarib, shoh asar yaratdi. Ulug’ nemis shoiri Gyote: “Firdavsiy Eronning afsonaviy va tarixiy o’tmishini yozgach, keyingi avlodlarga umumiy gap va ba’zi talqinlardan boshqa hech narsa qolmadi ”,-deb qayd qilib o’tadi o’zining “G’arbi-sharqiy devon”iga yozgan sharhlarida.
“Shohnoma” tadqiqotchilaridan prof.E.E.Bertels ko’rsatganidek, “X-XI asr boshlaridagi poeziya qanchalik porloq bo’lmasin, u genial shoir Firdavsiyning “Shohnoma” dostoni oldida xiralashib qoladi”.
Bu ulkan dostonning ufqi shunday keng, tubi shu darajada chuqurki, uning boyligini, butun javohirini ta’riflab berolgani yo’q.
Eron qahramonlik eposini bir kitobga yig’ish an’anasi Sosoniylar hukumronligi davri III-VII asrlarda vujudga kelgan. X asrda O’rta Osiyo va Xuroson qahramonlik eposi rivoyatlari to’planib, fors tilida kitob qilingan.
Abul Muayyad Balxiy (X asr) tomonidan yaratilgan, to’rt olim tomonidan yozilib “Shohnomai mansuri” nomi bilan mashhur bo’lgan (957-yilda) nasriy shohnomalar va Abu Ali Muhmmad ibn Ahmad Balxiy va Masudi Marvaziylarning she’riy “Shohnoma”si (966-yildan oldin yaratilgan) haqida ma’lumotlar bor. Ammo ular bizgacha yetib kelmagan. 977-yilda o’ldirilgan Abu Mansur Daqiqiy “Shohnoma”si bizgacha yetib kelgan. Chunki Daqiqiy yozib ulgurgan ming baytni Firdavsiy o’z asariga kiritgan edi. “Shohnoma”-o’lmas asar, noyob durdona hisoblanadi. She’riy shaklda yaratilgan bu asar xalq tiliga yaqin sodda, ixcham bo’lishi bilan birga, g’oyatda falsafiy teran mushohadalari bilan kishini hayratda qoldiradi. Asarda 50 podsholik tasvir etiladi. Xalq og’zaki ijodi namunalari rivoyat, afsonalaridan keng foygalanilgan. O’z zamonasining donishmandlaridan biri bo’lgani uchun shoir “hakim” laqabini oladi. “Shohnoma”ning batartib yaxlid asarga aylanishida xalq yaratgan afsona va rivoyatlardan asar g’oyasini ochib berishga xizmat qiladiganlarini olishda ham Firdavsiy nihoyatda yuksak iste’dot, noyob qobiliyat egasi ekanini namoyon etadi. Asarda O’rta Osiyo va Eron xalqlarining bosqinchilarga qarshi el-yurtning baxtli taqdiri uchun kurashlari o’z ifodasini topgan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, o’tmishni o’rganmay turib, kelajakni tasavvur qilib bo’lmaydi. Biz bu asarni o’rganish orqali o’tmishda yashagan ajdodlarimiz madaniyatini, o’rganamiz. Fidavsiy “Shohnoma”si o’lmas durdona ekanligining yana bir sababi, uning xalqchilligidadir. Garchi “Shohlar haqida” kitob bo’lsa ham , xalqning orzu- armonlarini ifodalaydi. “Shohnoma”da tasvirlangan 50 shohning ba’zilariga minglab bayt, ba’zilariga 10-20 bayt bag’ishlanadi. Doston “Shohnoma” uchun qonunlashtirilgan bo’lib, har bir shohlik davrining tavsifi debocha, asosiy qism va xotimadan iborat. Rustam , Suxrob, Kova, Isfandiyor, Bahrom, Siyovush,Mazdak va boshqalar asarning qahramonlaridir. “Shohnoma”da bosh qahramon Seyistonlik bahodir Rustami dostondir. Rustam mashhur Eron pahlavoni , harbiy kuchlarning tayanchi, yengilmas va mag’rur bahodir, o’z yurtiga, shohiga sadoqatli. Asarning bosh g’oyasi –vatanni ulug’lash, xalq qudratini ko’z-ko’z qilishdir. XVII asr boshlarida “Shohnoma”dan olingan “Siyovush” dostoni o’zbekchaga tarjima qilingan. XVIII asrda esa bu kitob Shoh Hijron, Mulla Xomumiy, Nurmuhammad Bahodiriylar tomonidan tarjima qilingan. Prof. Sh.Shomuhammedov “Shohnoma”ni o’zbekchaga mukammal tarjima qilgan. Fors-tojik shoiri Tusiy (XI asr) “Gershaspnoma” asarini, Lutfiy (XV asr) “Zafarnoma” asarini “Shohnoma”dan ilhomlanib yozgan. “Shohnoma” mutaqorib bahrining maxzuf va maqsur tarmog’ida yozilgan. Uning ruknlari faulun, faulun, faulun, faul yoki fauul (V - - V - - V - - (yoki V - )) deb belgilangan. “Shohnoma” vaznini xalq og’zaki ijodida 11 lik barmoqda ijro etilayotgan vaznda yaratilgan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Firdavsiyning ulkan “Shohnoma” dostoni avlodlar xotirasida mangu yashaydi. Chunki shoir insonni, butun mavjudotni eng barkamoli, taraqqiyot cho’qqisi deb ta’riflaydi. Zanjirning oxirgi xalqasi inson, U – kalit, bandlarni ochadi oson. Sarvdek tik, boshini ko’tarmish mag’rur, Borlig’i – yaxshi so’z, ruhu tafakkur. Aql birla idrok faqat unga yor, Butun tilsiz olam farmoniga zor.
Do'stlaringiz bilan baham: |