Tadbirlar nomi
|
Bajarish muddati
|
Natijalar: bajarilishi bo’yicha belgilar
|
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha ilmiy-tadqiqot, tajriba sinov ishlarini o’tkazish
|
O’quv davri mobaynida
|
Men respublikamiz yo’l xo’jaligini rivojlantirish uchun xususan avtomobil yo’llarini zamonaviy texnologiyalar yordamida loyihalashni tadbiq etish maqsadida “Avtomobil yo’llarini loyihalashda GAT texnologiyasini qo’llash uslubiyatini ishlab chiqish” mavzusini tanladim va institutimiz rektorining 2019 yil 19 noyabrdagi 807-T sonli buyrig’iga asosan ushbu mavzu menga biriktirildi hamda ilmiy rahbar etib TIQXMMI ”Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti A.N.Inamov tayinlandi.
|
Kafedraning ilmiy va innovatsiya tadqiqotlari va xo’jalik shartnoma ishlarida ishtirok etish
|
2019 yil
|
Barcha sohalardagi kabi GAT texnologiyasini yo’l xo’jaligida qo’llash va zamonaviy transport vositalariga mos yo’llarni loyihalash.
|
Talabalar va yosh olimlar ilmiy konfrensiyalaridamagistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha tayyorlangan maruzalar, axborotlar bilan ishtorok etish
|
2019 yil
|
Maqsadi: Ilg’or dastur va texnologiyalarni yo’lni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida qo’llab eng katta iqtisodiy samaraga erishish.
Vazifasi: Avtomobil yo’llarni loyihalashda geoaxborot tizimlarini qo’llashni rivojlantirish.
|
Talabalarning “amaliy masalalar va ularning dasturiy ta’minoti”ga oid ilmiy to’garagi va fakultet miqiyosida o’tkazilgan ilmiy seminarlarda faol ishtirok etish
|
2019 yil
|
Barcha geoaxborot tizimi texnologiyalari va GAT oilasiga kiruvchi dasturlar dissertatsiya ishining ob’ekti hisoblanadi. Avtomobil yo’llarini loyihalashda GAT texnologiyalari qo’llash uslubiyatini ishlab chiqish jarayoni dissertatsiya ishining predmeti hisoblanadi.
|
Ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlarning yuzasidan ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda yozma hisobotlar tayyorlab borish
|
2019 yil, 30-Noyabr
|
V.F.Babkov, O.V.Andreyev “Avtomobil yo’llarini qidiruvi va loyihalash” I qism Toshken-2014 kitobini I bobi Yo’l to’g’risida umumiy tushunchalar, II bobi Avtomobil yo’llarining elementlari, IV bobi Planda yo’lning egri chiziqli qismlarini loyihalash kabi boblarini o’qib avtomobil yo’llari haqidagi bilimlarimni oshirdim, yo’l tio’g’risida tushunchalar va ularni toifalari,avtomobil yo’llarining elementlari va bu elementlarning qanday turlarga bo’linishini va yo’llarni egri qismlarini loyihalash jarayonini an’anaviy shaklda loyihalashning siru sinoatini o’qib tahlil qildim.
|