Sayyora
Massasi
(tonna)
Quyosh massasiga
nisbati
Yer
5.9742∙10
21
0,000003
Mars
6.418∙10
20
0,0000003
Yupiter
1,8986·10
27
0,00095
Saturn
5.6846∙10
23
0,00028
Uran
8,6832·10
25
0,000044
Neptun
1.043∙10
23
0,000052
Ko‘rib turganingizdek, massalar nisbati juda-juda katta farq bilan Quyoshning foydasiga hal
bo‘lmoqda. Hatto sayyoralar ichida eng og‘ir vaznlisi – Yupiter ham 1/1000 nisbatga yeta
olmadi. Aslida ham, Quyosh tizimidagi barcha sayyoralar, ularning tabiiy yo‘ldoshlari,
asteroidlar, kometa va meteoritlardan iborat barcha obyektlarning massalari birga qo‘shib
hisoblansa ham, umumiy yig‘indi Quyosh massasining 1/750 qismini arang tashkil qiladi
xolos. Shunga qarab xulosa qiladigan bo‘lsak, arqon tortish musobaqasini yutish uchun
Quyoshning imkoniyatlari ko‘proqdek ko‘rinadi.
Biroq, endi biz masofalar nisbatini ham ko‘rib chiqishimiz kerak. Hech bir hisob-kitoblarsiz
ham ochiq-ravshan ma’lumki, tabiiy yo‘ldoshdan sayyorgacha va Quyoshgacha bo‘lgan
masofalar nisbatida aniqki, albatta sayyora yutib chiqadi. Chunki, istalgan tabiiy yo‘ldosh
Quyoshdan ko‘ra o‘z sayyorasiga yaqinroq bo‘ladi (aks holda u tabiiy yo‘ldosh bo‘lmagan
bo‘lardi). Biroq, formulaga ko‘ra, ushbu masofalar nisbatini kvadratga ham ko‘tarish kerak.
Masofalar nisbati kvadratga ko‘tarilgach esa, endi arqonni Quyosh tortib ololmasligiga ishonch
uyg‘ona boshlaydi. Lekin keling, xulosa chiqarishga shoshilmaymiz-da, hammasini tekshirib
chiqamiz.
Neptundan boshlaymiz. Hozirda Neptunning 14 ta tabiiy yo‘ldoshi aniqlangan. Ulardan bi eng
kattalari – Triton va Nereida misolida arqon samoviy tortish musobaqasi o‘tkazamiz. Ushbu
tabiiy yo‘ldoshlar va Quyosh orasidagi o‘rtacha masofa – Neptunning o‘zi va Quyosh orasidagi
o‘rtacha masofa bilan deyarli bir xil, ya'ni, 4504,4 million kilometr. Tritonning Neptundan
o‘rtacha masofasi 354000 kilometr. Nereida esa Neptundan o‘rtacha 5570000 kilometr
masofada aylanadi. Endi, ushbu tabiiy yo‘ldoshlarning Quyoshgacha bo‘lgan masofasi bilan
Neptungacha bo‘lgan masofalarining nisbatini hisoblab, so‘ng natijani kvadratga ko‘tarsak,
mos ravishda Triton uchun 8400 va Nereida uchun 34 qiymatlarga ega bo‘lamiz.
Yaqqol ko‘rinib turibdiki, Neptunning misol qilib olingan har ikkala yo‘ldoshi tamomila
boshqa-boshqa sharoitlarda aylanar ekan. Ravshanki, Neptun o‘ziga yaqinroq bo‘lgan yo‘ldosh
– Tritonga nisbatan kattaroq gravitatsion ta’sir ko‘rsatadi. Uning yo‘ldoshga ta’siri, mazkur
yo‘ldoshga Quyoshning ta’siridan ko‘ra ancha katta bo‘ladi. Nereida bilan esa boshqacharoq
holat. Albatta, Neptunning yo‘ldoshi bo‘lganidan keyin, unga nisbatan sayyoraning ta’siri ham
kattaroq bo‘ladi. Lekin bu o‘rinda masofa olisligi, hamda, Nereidaning orbitasi ekssentrik
bo‘lgan bois, unga nisbatan Quyoshning ta’siri ham Neptunning ta’siriga sezilarli raqobat qila
oladi. Nereida orbitasining ekssentrikligi shu darajadaki, uning bir tarafida Nereida Neptunga
1287000 kilometrgacha yaqin kelib qoladi. Narigi tarafda esa, u o‘z sayyorasidan naq 9656000
52
kilometrgacha olislab ketadi. Nereida – Quyosh tizimidagi eng g‘ayrioddiy orbitaga ega
bo‘lgan tabiiy yo‘ldoshdir. Nereida va Neptun orasidagi o‘rtacha masofa 5560000 kilometr deb
olinadi. Biz ham ushbu raqamdan foydalanamiz.
Demak, Triton va Nereidadan Quyoshgacha bo‘lgan masofani, ulardan Neptungacha bo‘lgan
masofaga bo‘lib, natijani kvadratga ko‘tarsak, mos ravishda ≈162000000 va ≈655000
ko‘rsatkichlarida ega bo‘lamiz. Ushbu ko‘rsatkichlarni Neptun va Quyosh massasi nisbatiga
ko‘paytirsak, Triton uchun 8400, Nereida uchun esa 34 koeffitsientga ega bo‘lamiz.
Bundan xulosa qiladigan bo‘lsak, Neptunning ushbu tabiiy yo‘ldoshlari haqiqatan ham
mutlaqo katta farqqa ega bo‘lgan sharoitlarda aylanar ekan. Neptunning Tritonga ko‘rsatadigan
gravitatsion ta’siri ancha jiddiy va sayyora ushbu yo‘ldoshini ancha barqaror tutib turadi.
Nereidani esa Neptun ancha bo‘sh nazorat qiladi. Nereida o‘z sayyorasi Neptundan eng uzoq
masofada bo‘lgan paytda, unga nisbatan Neptun va Quyoshning arqon tortish koeffitsiyenti
juda kichik sonni - atiga 11 ni tashkil qiladi xolos! Shu va shundan kelib chiquvchi yana boshqa
omillarga ko‘ra, aksariyat astronomlar Nereidani Neptunning haqiqiy yo‘ldoshi bo‘lmasa kerak
deb hisoblaydilar. Katta ehtimolki, Nereida Neptun tortish kuchi maydoniga ancha keyin,
tashqi tarafdan kelib qolgan daydi osmon jismi bo‘lsa kerak. Nereida bir paytlar Koyper
belbog‘idagi oddiy asteroid bo‘lganligi haqiqatga yaqindir. Nereida ishtirokidagi Neptun va
Quyosh orasidagi arqon tortish musobaqasida, arqon tortish koeffitsientining bu darajada
kichikligidan kelib chiqsak, Nereida – Neptun uchun muvaqqat tabiiy yo‘ldosh bo‘lishi
mumkinligi haqida fikr uyg‘onadi. Uning favqulodda ekssentrik orbitasi va o‘ta kichik
koeffitsient – bir kun kelib Quyosh ushbu yo‘ldoshni Neptundan tortib olishi mumkinligiga
ishora qilib turibdi. Tritonni esa hozirgi holatda Quyosh hech qanaqasiga tortib ololmaydi.
Endi shu tariqa, Quyosh tizimidagi boshqa tabiiy yo‘ldoshlar uchun ham xuddi shunday hisob-
kitoblarni bajarib chiqish mumkin. Men esa ushbu maqolada ularning hammasi uchun birma-
bir hisob-kitob keltirib o‘tirmaymanda (bunday hisoblashlarni o‘zingiz bajarsangiz qiziqroq
bo‘ladi), olingan natijalarni keltirish bilan cheklanaman. Masalan Uranning tabiiy yo‘ldoshlari
uchun quyidagicha «arqon tortish koeffitsientlari» qayd etilgan:
Miranda: 24600;
Ariel: 9850
Umbriel: 4750
Titaniya: 1750
Oberon: 1050
Qisqa qilib aytganda, ularning hammasi Uranning quchog‘ida mustahkam aylanishmoqda.
Keling endi Saturnga o‘tamiz. Uning yo‘ldoshlaridan Mimas, Enselad, Tefiya, Diona, Reya,
Titan, Giperion va Yapet Saturnga ancha yaqin masofada aylanadi va ular uchun arqon tortish
koeffitsienti ham ancha katta sonlarni tashkil qiladi. Lekin, Feba yo‘ldoshi bir kun kelib
Saturnni tark etishi ehtimolini taxmin qilarli darajada kichik koeffitsientga ega:
Mimas: 15500
Enselad: 9800
Tefiya: 6400
Diona: 4150
Reya: 2000
Titan: 380
53
Giperion: 260
Yapet: 45
Feba 3,5
Yupiter – eng ko‘p tabiiy yo‘ldoshga ega bo‘lgan sayyoradir. Lekin, katta ehtimolki, uning
ham aksariyat yo‘ldoshlari Nereida singari sayyora gravitatsiya hududiga daydib kirib qolgan
bo‘lsa kerak. Yupiterning Amalteya yo‘ldoshi uchun arqon tortish koeffitsienti 18200; Io
uchun 3260; Yevropa uchun 1260; Ganimed uchun 490; Kallisto uchun esa 160 ni tashkil
qiladi. Ya'ni, bu yo‘ldoshlar borasida Yupiter arqonni Quyoshdan tortib olgan va ularni qo‘yib
yubormaydi. Lekin, uning aytib o‘tilgan yana bir qancha tabiiy yo‘ldoshlari, xususan,
Gimaliya 4,4;
Lisiteya 4,3;
Elara 4,2;
Ananke 1,3;
Karme 1,2;
Pasife 1,03;
Sinope 1,03 arqon tortish koeffitsientiga ega xolos. Ularni ham bir kunmas-bir kun Yupiterda
Quyosh tortib olishi ehtimoli mavjud.
Marsning esa ikkita yo‘ldoshi mavjud: Fobos va Deymos. Ularning har ikkalasi ham uncha
katta bo‘lmagan o‘lchamlarga ega bo‘lib, qolaversa, ular o‘z sayyorasiga juda yaqin masofada
harakatlanadi. Fobos ham Deymos ham Mars uchun haqiqiy tabiiy yo‘ldosh bo‘lib, ular uchun
«arqon koeffitsienti» mos ravishda 195 va 32 ni tashkil qiladi.
Shu tarzda, qarab chiqilgan 5 ta sayyora uchun xulosa yasaydigan bo‘lsak, quyidagicha kichik
jadval yuzaga keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |