Заманагөй ашық информациялық системалары характеристикасы



Download 37,98 Kb.
Sana15.11.2020
Hajmi37,98 Kb.
#52498
Bog'liq
№ 3тема


Заманагөй ашық информациялық системалары характеристикасы

XXI asr boshlariga kelib dunё mamlakatlari wrtasidagi wzaro tasir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jaraёndan tula iotalanib olgan birorta h’am davlat yuq, deb tula ishonch bilan aytish mumkin. h’attoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilaёtgan, ularga azo bulishni istamaёtgan mamlakatlar h’am bu jaraёndan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jaraёnki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning tasiriga kuproq uchrab qolishi mumkin. Bunday g’ayri ixtiёriy tasir esa kupincha salbiy bwladi. Globallashuvning turli mamlakatlarga utkazaёtgan tasiri h’am turlicha. Bu h’ol dunё mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, manaviy saloh’iyatlari va siёsati qanday ekani bilan bog’liq. Dunёda yuz beraёtgan shiddatli jaraёnlarning h’ar bir mamlakatga wtkazaёtgan salbiy tasirini kamaytirish va ijobiy tasirini kuchaytirish uchun shu h’odisaning moh’iyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini urganish lozim. Bu h’odisani chuqur urganmay turib unga moslashish, kerak bulganda, uning yunalishini tegishli tarzda uzgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jaraёnki, uni chuqur wrganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, manaviyatini tog’dan tushaёtgan shiddatli darё oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qwyish bilan baravar bwladi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari wtkazgan va wtkazaёtgan tadqiqotlarga kwz yugurtirish bu soh’adagi ishlar endi boshlanaёtganidan guvoh’lik beradi. Globallashuvning milliy manaviyatga wtkazadigan tasiri h’aqida ёzilgan jiddiyroq risola va yirik tadqiqotlar u ёqda tursin kichikroq maqolalarni topish h’am mushkul. İlmiy nashrlar va jurnallar, davriy matbuotda mazkur mavzu bwyicha biz topa olgan ishlarning miqdori qwllarimiz panjasidan h’am oz. Har qanday siёsat, jumladan iqtisodiy siёsat va manaviyat soh’asidagi siёsat h’am ilmiy asosga ega bwlgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siёsatchilarimizga etarli kwmak bera olmaёtganini etirof etishga twg’ri keladi. Mamlakatimiz jah’on maydonida olib boraёtgan siёsat kwproq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning moh’iyati, ywnalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tah’lil qilishimiz, shu orqali siёsatchilarimizning twg’ri ywl tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratishimiz lozim. Globallashuvga qisqa tarif bermoqchi bwlsak, uni turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, manaviyati, odamlari wrtasidagi wzaro tasir va bog’liqlikning kuchayishi deyish mumkin. Globallashuvga berilgan tariflar juda kwp. Lekin uning xususiyatlarini twlaroq qamrab olgani bizningcha, frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan tarif. Unda globallashuv jaraёnining uch wlchovli ekaniga urg’u beriladi:

 Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jaraёn;

 Globallashuv-jah’onning gomogenlashuvi va universallashuv jaraёni;



 Globallashuv-milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jaraёni.

B.Bandi tarifida keltirilgan globallashuv wlchovlarining h’ar uchalasiga nisbatan h’am muayyan etirozlar bildirish mumkin. Lekin jah’onda yuz beraёtgan jaraёnlarni kuzatsak, ularning h’ar uchovi h’am unda mavjud ekanini kwramiz. Globallashuvning wzi murakkab jaraёn ekani, uning turli mamlakatlar iqtisodi, siёsati va manaviyatiga wtkazaёtgan tasiri yana h’am murakkab bwlgani sababli unga nisbatan h’am jah’onga bir-biriga nisbatan qarama-qarshi bwlgan ikki guruh’: globalistlar va aksilglobalistlar guruh’lari vujudga keldi. Globallashuv tarafdorlari globalistlar, deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siёsatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar kwproq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bwlib ular orasida kwproq swl kuchlar, kasaba uyushmalari va ёshlar tashkilotining vakillari bor. MDH h’ududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi h’ududida faol h’arakat olib bormoqdalar. Bu erda ular turli anjumanlar, seminarlar wtkazish uchun twplanib turdilar. XX asr wrtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, yani tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jaraёnning wzi h’am keskin tezlashdi va kuchaydi. İnstitutsionallashuvning kuchayganini Butunjah’on savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg’armasi, Jah’on banki, Evropa taraqqiёti va tiklanish banki kabi ulkan tashkilotlarning vujudga kelgani misolida h’am kwrish mumkin. Globallashuvning tezlashishiga va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning faoliyati h’am kuchayib ketdi. Ular globallashuvning faqat salbiy oqibatlariga emas, umuman uning wziga qarshi chiqa boshladilar. Masalan, Rossiyalik faylasuf va ёzuvchi A. Zinovev «Aksilglobalizm vektorlari» nomli anjumanda swzlagan nutqida shunday deydi: «Globallashuv yangi jah’on urushidir. U yangi tipdagi jah’on urushi. Bu urushda tirik qolish uchun qarshilik kwrsatishdan boshqa ywlini kwrmayapman. Faqat qarshilik!»1,- degan edi. «Aksilglobalizm vektorlari» anjumanidagi yana bir maruzachi A. Parshev esa globallashuvga quyidagicha tarif beradi: «Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mah’sulotning qwshimcha qiymatini, dunёdagi asosiy zah’iralarni wzlashtirishdan iborat»2. Tah’lil shuni kwrsatadiki, globalizm tarafdorlari h’am, dushmanlari h’am asosiy etiborni iqtisodiёt soh’asiga qaratishadi. Globallashuvning manaviyatga tasiri va manaviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa, madaniy antropologiya fanlarida wzining aksini etarli darajada topganicha ywq. Manaviyatni h’am bir uyga qiёslasak, tashqaridan kiraёtgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini h’ech bir xonadon soh’ibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz h’am ёt g’oyalar, oqimlar va mafkuralar manaviyatimizga vayronkor tasir wtkazishiga qarshi h’imoya choralari kwrishimiz tabiiy. Chetdan wtkaziladigan mafkuraviy tasirga qarshi h’imoya choralari kwrishdan avval qanday tasirlarni maqullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda birorta h’am milliy manaviyat ywqki, u boshqa xalqlar manaviyatidan twla ih’otalangan bwlsa. Hatto, Avstraliya chakalakzorlari, Afrika savannalari va Janubiy changalzorlarda turmush kechiraёtgan qabilalar h’am qwshni qabilalar va zamonaviy tamaddun tasirini wzida h’is qilib turadi. Qolaversa, tarixni tah’lil qilish boshqa xalqlar manaviyatidan bah’ramand bwlgan xalqlar manaviyati yuksakliklarga kwtarilgandan guvoh’lik beradi. Wrta Osiё xalqlari madaniyati va manaviyati h’am Sharq va G’arbni tutashtirgan karvon ywllarida joylashgani sababli h’am Sharq, h’am G’arb madaniyatidan bah’ramand bwlgan. Muh’imi shundaki, xalqimiz G’arb va Sharq manaviyatidan bah’ramand bwlib, ularning ijobiy tomonlarini wzlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy ёndashib yangi chwqqilarga kwtarildi. Bu fikrning tasdig’ini manaviyatning tarkibiy qismlari bwlgan ilmiy bilimlar, diniy etiqod, sanat misolida h’am kwrish mumkin. Buni faqat Vatanimiz emas, umumjah’on madaniyati tarixidan mustah’kam wrin egallagan allomalarimiz ijodi misolida h’am kwrish mumkin. Masalan, ana shunday ajdodlarimizdan biri Abu Rayh’on Beruniy Xitoy va Hindiston, Yunoniston va Rim falsafasini, tabiiy fanlarini chuqur wzlashtirgan edi. Hindistonda bwlgan paytida u h’ind fani va madaniyatini wrganar ekan, qadimgi manbalarni wrganish uchun qadimgi h’ind tili-sankritni bilish lozimligini anglaydi. U sanskritni wrganishga kirishadi va qisqa fursatda uni chuqur wzlashtiradi. Endi qadimgi h’ind madaniyati va fanini asl manbalardan wrgana boshlaydi. U shuningdek, yunon va Rim madaniyati va fanini wrganish uchun yunon va lotin tillarini wzlashtirgan edi. Jah’on madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan Abu Nasr Forobiy h’am wnlab tillarni bilgan va wnlab xalqlar madaniyati va manaviyatini chuqur wrgangan edi. Bunday misollarni juda kwplab keltirish mumkin. Eng muh’im jih’ati shundaki, wsha buyuk ajdodlarimiz jah’on xalqlari manaviyatini wrganibgina qolmay, ularni chuqur tah’lil etishdi, tegishli joylarini rivojlantirib olamshumul kashfiёtlar qilishdi. Ajdodlarimiz tarixi jah’on xalqlari manaviyatiga h’urmat bilan qarash, kerakli joylarini wrganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina manaviyat chwqqisiga erishish mumkinligidan guvoh’lik beradi. Nazarimda bizga h’ozirgi kunda ana shu ijodiy ёndashuv etishmaёtganday. Bizga tasir wtkazaёtgan ёki tasir wtkazmoqchi bwlaёtgan g’oyalarning qay birini qabul qilish va qay birini rad etish lozimligini aniqlash uchun jiddiy tah’lil lozim. Ana shunday tah’lilni wtkazish uchun esa bazan erinchoqligimiz, bazan uquvsizligimiz xalaqit bermoqda. Buning oqibatida qabul qilish kerak bwlgan g’oyalarni rad etish va rad etish lozim bwlgan g’oyalarni qabul qilish h’ollari h’am uchrab turibdi.

Shunday g’oyalar borki, ular ochiq cheh’ra bilan eshigimizni taqillatib, kirib keladi. Shunday g’oyalar h’am borki, ular wg’ri kabi kechasi tuynukdan tushishadi. Eshik qoqib keladigan g’oyalar milliy manaviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Chunki, milliy manaviyatlar wzaro tasir jaraёnida rivojlanadi. Har qanday xalq manaviyati rivojiga nazar tashlansa uning boshqa xalqlar udum va ananalarini wzlashtirish va moslashtirish orqali rivojlanganini kwrish mumkin. Wzbek milliy manaviyati h’am uzoq va yaqindagi qwshnilarning ilg’or ananalarini wzlashtirish natijasida rivojlanib bordi. Manaviyatimizning rivojlanish tarixini kuzatsak, bunga yana bir bor ishonch h’osil qilish mukin. XX asr boshlaridagi wzbek madaniyati va manaviyati va uning asr oxiridagi h’olati wrtasida ancha jiddiy tafovut bor. Bu tafovutni adabiёt, sanat, fan, h’atto oddiy yurish-turish va kiyim-kechak soh’alarida h’am kuzatish mumkin. XX asr boshida wzbek adabiёtida dramaturgiya janri h’ali shakllanmagan edi, demak milliy teatr sanati twg’risida swz h’am yuritish mumkin emas edi. Munavvar qori Abdurashidxonov, Mah’mudxwja Beh’budiy, Fitrat singari marifatparvarlarning say-h’arakatlari tufayli dramaturgiya shakllana boshladi va keyinroq teatr sanati vujudga keldi. Wsha paytlarda teatr sanatini wzbek millati uchun ёt, begona g’oya deb elon qilganlar oz emas edi. Dramaturgiya va teatrni rad qilish faqat dah’anaki tanqid bilan chegaralanmagan edi. Sanatning bu turlarini Wzbekistonga olib kirishga h’arakat qilaёtgan insonlarni mazax qilish, masxaralash, h’atto sazoyi qilish wzlarini milliy manaviyat h’imoyachilari, deyuvchilar tomonidan amalga oshirilgan edi. Hamma narsa uchun oliy h’akam h’isoblanadigan vaqt esa, teatr sanati milliy ruh’iyatimiz va manaviyatimizga ёt, deyuvchilarning wzlari milliy manaviyat rivojiga g’ov ekanini kwrsatdi. Hozirgi kunda h’ar million kishiga h’isoblaganda teatrlar soni bwyicha Wzbekiston dunёdagi eng ilg’or wrinlardan birini egallaydi va teatr milliy manaviyatimizning uzviy qismiga aylangan. Milliy kiyimlar h’am milliy qadriyatlardan biri h’isoblanadi. XX asr davomida ana shu qadriyatimizning tadrijini kuzatsak, g’aroyib h’odisalarning guvoh’i bwlamiz. Wtgan asr boshlarida mah’alliy erkaklarning qishki kiyimi telpak, paxtalik chopon, paxtalik shim va etikdan iborat edi. Ёzgi kiyim esa dwppi, kwylak ёki yaktak, oq lozim va shippak ёki kafshdan iborat edi. Wsha paytlarda Ovrupocha kiyim kiyish, galstuk taqish ёki kostyum va shlyapa kiyish u ёqda tursin, milliy kiyimga ozroq bwlsa h’am wzgarish kiritishga urinish din peshvolari va milliy wzlik “h’imoyachi” lari tomonidan milliy manaviyatga tah’did sifatida bah’olanar edi. Masalan, ananaviy tarzda tugma qadalmaydigan yaktakka tugma qadash 1918 yil fevral oyida Buxoro muftiysi tomonidan kofirlarning ishi deb elon qilindi. Wsha paytlarda endigina rivojlanib kelaёtgan vaqtli matbuot, yani gazeta va jurnallarni wqish h’am kufr deb elon qilindi. XX asr oxiriga kelib esa milliy wzlikka tah’did, deb elon qilingan wsha gazeta va jurnallar milliy wzlikni h’imoya qiluvchi vositalardan biriga aylandi. Erkaklarning kiyimlari h’am bir asr davomida mutlaqo wzgarib ketdi. Aёllarning kiyimlari h’am bir asr davomida jiddiy wzgarishlarga uchradi. U paytda aёllar libosi keng va uzun kwylak, kamzul va kafsh-maxsidan iborat edi. Ananaga kwra, aёllar kwylagi badanning past-baland joylarini bilintirmaydigan darajada keng bwlishi, englari esa bilaklarni twla ёpib turishi lozim edi. Aёllarning shunday kiyimlari 30-yillargacha moda bwlib keldi. Wsha paytlarda biror kishi yana 30-40-yillardan keyin wzbek aёllari tor kwylak va yubka, shim kiyib yurishadi, desa boshqalar uni aqldan ozganga chiqarib qwyishi h’ech gap emas edi. Oradan 40-50 yil wtar-wtmas aёllar shunchaki tor kwylak va shim emas, mini yubka, juda tor shimlar kiya boshlashdi. Endi kiyim ularning badanidagi past-baland joylarni yashirishga emas, bwrtib turgan joylarni yana h’am bwrttiribroq kwrsatishga xizmat qila boshladi. Asr boshida aёllar badanining 5-6 foiz qismi ochiq yurgan bwlsa, asr oxiriga kelib ёz paytlarida aёllar badanining 50-60 foiz qismi ochiq yuradigan bwldi. XX asrning swnggi choragida aёllar asr boshidagi aёllar liboslarini kinofilm va fotosuratlarda kwrib ajablanishadi, xolos. Bularning bari h’ozirgi til bilan aytganda, globallashuv, aniqrog’i manaviyatdagi globallashuv natijasi edi. Kwrib wtgan misollarimizda erkak va aёllar liboslaridagi wzgarishlar yuz bergan h’ar bir bosqichda avvalgi bosqich liboslarini h’imoya qiluvchi, yangiliklarni esa G’arbdan kelaёtgan manaviy tah’did, deb bah’olovchilar h’am anchagina bwlgan. Mana shu misollar globallashuv jaraёnida chetdan kirib kelaёtgan h’odisalarning qaysi biri manaviyatga tah’didu, qaysi biri h’aёtbaxsh ekanini aniqlab olish qiyin ekanini kwrsatadi. Shuning uchun chetdan kelaёtgan h’ar qanday g’oyani ёt va vayronkor, deb elon qilishdan avval milliy manfaatlar ywlida foydalanish mumkin ёki mumkin emasligi twg’risida obdon wylash lozim. Sport soh’asidagi atamalarni globallashuv jaraёniga h’am tadbiq qiladigan bwlsak, vayronkor g’oyalardan h’imoyalanishning eng samarali ywli ularga qarshi h’ujumga wtishdir. Yani, biz ёt g’oyalardan h’imoyalanish bilangina shug’ullanmay, wz g’oyalarimiz, ananalarimiz, turmush tarzimizni dunёga ёyish uchun h’arakat h’am qilishimiz zarur. Hozircha biz manaviyat soh’asida kwproq h’imoya bilan bandmiz. Tariximiz ilm-fan, din, sanat soh’asida yurtimizda etishib chiqqan allomalar butun dunёga dong taratganidan guvoh’lik beradi. Abu Nasr Forobiy jah’on falsafasi rivojiga sezilarli h’issa qwshgan bwlsa, Abu Rayh’on Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zamah’shariy, Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek singari allomalarimiz jah’on fanini yangi pog’onalarga kwtarishdi. İsmoil Buxoriy, at Termiziy, Moturidiy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Bah’ovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Ah’mad Yassaviylar esa, h’adis, kalom, fikh’ ilmlari va tasavvufda porloq yulduzlar h’isoblanishadi. Amir Temur va Mirzo Boburning h’arbiy sanati naqadar yuksakligini butun jah’on etirof etadi.

Shwrolar davrida milliy qadriyatlarimizni dunёga ёyish uёqda tursin wz yurtimizda qadrlash uchun h’am ywl berilmadi, kwpchilik qadriyatlarimiz esa toptaldi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin wsha xwrlangan qadriyatlarimizni tiklash imkoniga ega bwldik. Bundan tashqari. qadriyatlarimizni targ’ib qilish imkoniga h’am ega bwldik. Wzbek milliy kurashini dunёga ёyish bwyicha qilingan ishlar, dunёning kwpchilik mamlakatlarida wzbek kurashi federatsiyalarining tuzilishi buning yaqqol misoli. Shuni etirof etish lozimki, wzbek kurashini dunёga ёyish bwyicha ishlarning tashabbuskori va tashkilotchisi Prezident İ. Karimov bwldi. Demak, biz globallashuv jaraёnida passiv qabul qiluvchi tomongina bwlmay, faol targ’ib qiluvchilarga h’am aylanishimiz mumkin ekan. Tarixga nazar tashlasak, fan va madaniyatimiz, milliy manaviyatimizning gurkirab wsishi bilan birga tushkunlik davrlari h’am bwlganini kwramiz. Masalan, Mirzo Boburdan keyin XX asrgacha yurtimizda dunёni lol qoldiradigan na sarkarda, na alloma, na shoiru fuzalo etishib chiqdi. Shu davrda Boborah’im Mashrab va Ogah’iy singari bir necha shoirlarning etishib chiqishini esa bu davr uchun qonuniyat emas, baxtli tasodif, deb bah’olamoq zarur. Tariximizning swnggi besh yuz yilida avvalgi besh yuz yillikdagi singari yuzlab allomalar, shoirlar, lashkarboshilar etishib chiqmaganining sababi nimada, degan savolning tug’ilishi tabiiy. Buning qator sabablari bor. Ular orasida xalq ruh’iyati bilan, h’arbiy vaziyat va iqtisodiёt bilan bog’liqlari h’am mavjud. İqtisodiy sabablardan eng muh’imi bizningcha shundaki, XY asr oxirida qilingan Buyuk geografik kashfiёtlar natijasida Buyuk İpak ywli wz ah’amiyatini ywqota boshlagani, h’ududimiz savdo ywllaridan chetda qolgani ana shunday iqtisodiy va manaviy tushkunlikka olib keldi. Bundan chiqarishimiz lozim bwlgan eng muh’im xulosa shundaki, globallashuv jaraёnidan chetda qolganimiz bizning milliy manaviyatimizga, ruh’iyatimizga ijobiy emas, salbiy tasir wtkazdi. Demak, biz globallashuv jaraёnida oqilona ywl tutsak, h’am inqilobiy, h’am manaviy ravnaqqa erishishimiz mumkin ekan. Oqilona ywl esa globallashuvni twla inkor qilish ёki chapak chalib kutib olishda emas, kerak bwlganda uning ywnalishiga moslashishda, tegishli paytda uni wzimizga moslashtirishda. Buning uchun esa uni muttasil kuzatib borish va tah’lil qilish lozim. Milliy manaviyatimizni va manaviy wzligimizni tah’didlardan h’imoya qilish uchun milliy istiqlol g’oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita ywq. Shu masalada milliy istiqlol g’oyasining juda muh’im funktsiyasi, yani milliy va manaviy wzlikni h’imoyalash kabi muh’im funktsiyasi namoёn bwladi. Milliy istiqlol g’oyasi ana shu funktsiyani bajarishi uchun esa ёshlar va ah’oli ongida faqat bilim, tasavvur sifatida emas, etiqod sifatida shakllanishi lozim. Milliy istiqlol g’oyasining shakllantirilishi va uning wquvchilar, talabalar, keng ah’oli tomonidan wrganishga kirishilishi mamlakatimiz manaviy taraqqiёtida aloh’ida bosqichni tashkil qiladi. Aslida milliy istiqlol g’oyasining asoslari Prezident İ.Karimov tomonidan istiqlolning dastlabki bosqichlaridaёq shakllantirilgan edi. Lekin, bu g’oyani ёshlar va ah’oli ongiga singdirish uchun muayyan poydevor kerak edi. Yani, avvalo milliy qadriyatlarni, milliy manaviyatni tiklash, milliy g’ururni uyg’otish, bir swz bilan aytganda, milliy istiqlol g’oyasi tomir otishi va gurkirab rivojlanishi uchun zamin tayёrlash lozim edi. Mustaqillik qwlga kiritilgandan buёn wtgan davr ichida manaviyat soh’asida ulkan nazariy, marifiy va amaliy ishlar bajarildi. Manaviyat va marifat kengashlari tuzildi, yuzlab maqola va risolalar nashr etildi, tadqiqotlar wtkazildi, bir swz bilan aytganda, milliy istiqlol g’oyasini keng targ’ib qilish uchun zamin yaratildi. Milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda bizningcha bazan birtomonlamalikka ywl qwyilmoqda. Bu g’oyani targ’ib qilishda ishtirok etaёtgan murabbiy va wqituvchilar, tadqiqotchilarning chiqishlarida, maqola va risolalarida marifatchilik bilan cheklanish kwzga tashlanmoqda. Holbuki, manaviyatni rivojlantirishda asosiy ёndashuv marifiy ёndashuv bwlsa h’am milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda bu ёndashuv bilan cheklanib bwlmaydi. Bu h’ol milliy istiqlol g’oyasining xususiyatlari bilan bog’liq. Milliy g’oya jamiyatni jipslashtiruvchi, uni ijtimoiy taraqqiёt kwndalang qwyaёtgan masalalarni h’al qilishga, chetdan bwlaёtgan g’oyaviy, manaviy tah’didlardan h’imoyalashga qaratilgan kuchdir. Uning moh’iyati shundaki, u odamlar ongidagi, xotirasidagi g’oyaligicha qolmay amaliёtga, h’aёtga aylangan taqdirdagina h’aqiqiy milliy va h’aqiqiy istiqlol g’oyasi bwlishi mumkin. Shundagina u milliy manaviyatni va manaviy wzlikni tashqi mafkuraviy tah’didlardan h’imoya qiladigan kuchga aylanadi. Milliy istiqlol g’oyasining h’aёtimiz jaraёniga singib ketishini taminlash uchun esa, g’oyalar amaliy h’arakatlarga aylanishi jaraёnini sinchiklab wrganishi kerak. Buning uchun dastavval, g’oya bevosita amaliёtga, amaliёt dasturiga aylanishi mumkinmi? Agar mumkin bwlsa, bu jaraёn qanday yuz beradi, degan savollarga javob topish kerak. Zamonaviy psixologiya, ijtimoiy psixologiya va boshqa ijtimoiygumanitar fanlar nuqtai nazaridan bu savolga “kwpincha aylanmaydi” deb javob berish kerak. Chunki inson ongida, miyasida wnlab, yuzlab va h’atto minglab g’oyalar bwladi. Ularning barchasi amaliёtga aylanaversa inson h’am manan, h’am jismonan mayda bwlaklarga bwlinib, parchalanib ketishi kerak edi. Chunki, ayni bir inson ongida ayni bir paytning wzida wnlab turli xil, jumladan, diniy, ah’loqiy, siёsiy, ilmiy, badiiy va boshqa xil g’oyalar bwlishi tabiiy. Ular bir-birlarini twlg’azishi va kwpincha bir-birlariga twla mos kelmasligi mumkin. Natijada, shaxs bu g’oyalardan eng zarurlarini va wzi eng twg’ri, deb bilganlarini ajratib h’aёtga tadbiq qiladi. Ana shu tanlash, yani g’oyaning amaliёtga wtishidagi muh’im bosqichni twlaroq va chuqurroq anglash uchun shu tanlash mezonlarini aniqlab olish zarur. G’oyalarni saralashda shaxs foydalanadigan mezonlarning eng muh’imlaridan biri, saralab olinaёtgan g’oyaning shaxs manfaatlariga, eh’tiёjlariga, ustanovkalariga, etiqodiga mosligidir. Bu h’odisalar, yani manfaatlar, eh’tiёjlar, ustanovkalar, etiqodlar va ularning g’oyalar bilan wzaro aloqadorligi juda murakkab. Buning ustiga bu muammo jah’on fanida

h’am kam wrganilgan. Mamlakatimiz psixolog olimlari bu muammo ustida endi bosh qotira boshladilar. Muammoning murakkabligini h’isobga olib biz uning faqat bir jih’ati yani g’oyalar va etiqod aloqadorligi twg’risida fikr yuritmoqchimiz. Etiqod shaxs ongida shunday muh’im wrin tutadiki, uning h’aёt ywnalishi, h’aёt tarzi, intilishlari mana shu etiqod bilan belgilanadi. İnson ongiga ywl topaёtgan, kirib boraёtgan g’oyalar h’am mana shu etiqod chig’irig’idan wtkaziladi. Etiqodga mos kelmaydigan g’oyalar rad etiladi. Lekin, g’oya va etiqod aloqadorligi faqat bir tomonlama jaraёn emas. Ularning aloqadorligi faqatgina etiqodning nazoratchiligi, g’oyalarni elakdan wtkazishi bilan cheklanmaydi. Shunday h’olatlar h’am bwladiki, inson ongiga kirib kelaёtgan g’oya undagi etiqodni mustah’kamlaydi ёki bwshashtiradi, bazan esa shu g’oyaning wzi etiqodga aylanadi. Mustaqillik qwlga kiritilgach, mamlakatimizda keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy isloh’otlar boshlandi. Bu isloh’otlar jaraёnida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ijtimoiy-siёsiy h’aёtni erkinlashtirish singari kwplab tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi. İsloh’ot ijtimoiy ruh’iyat soh’asida h’am amalga oshirila boshladi. Bu soh’adagi eng muh’im vazifa odamlarni mustaqil fikrlashga wrgatish edi. Buning uchun esa ularni sobiq shwrolar tuzumi qoliplaridan, boqimandalik, wzibwlarchilik kayfiyatidan xalos qilish kerak edi. Bu ywnalishda muayyan ishlar amalga oshirildi. Biroq bu jaraёn mamlakatimizda milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari shakllanishi bilan wzining yakunlovchi pallasiga kirdi. Chunki Prezident İ. Karimov kwp marta takidlaganidek, tabiatda bwlmagani singari inson ongida h’am mutlaq bwshliq bwlmaydi. Sobiq totalitar tuzum sarqitlarini inson ongidan supurib tashlash uchun kuchli qurol kerak. Bunday qurol vazifasini faqat milliy istiqlol g’oyasi bajarishi mumkin. Chunki, h’aёtbaxsh g’oya bilan qurollanmay turib eski g’oyalar tasiridan twla qutilish mumkin emas. Shunisi h’am borki, milliy istiqlol g’oyasidan jamiyat azolarining kwpchiligi xabardor bwlishi eski tuzum sarqitlarini supurib tashlash uchun kifoya qilmaydi. Milliy istiqlol g’oyasi etiqodga aylangandagina eskilik sarqitlarini supurib tashlashi mumkin. G’oyaning etiqodga aylanishi uning amaliёtga wtishidagi muh’im bosqichdir. Shaxs etiqodga aylangan g’oyani rwёbga chiqarish uchun h’arakat qila boshlaydi. Etiqod qanchalik kuchli bwlsa, uni amalga oshirish uchun shaxs shunchalik eh’tiros bilan h’arakat qiladi. Kuchli etiqod ywlida shaxs bilimini, kuchini, boyliklarini, h’atto h’aёtini h’am ayamaydi. Tarixdan bunga kwplab misollar keltirish mumkin. AQSh Prezidentlaridan biri T. Jefferson “Ozodlik shunday daraxtki, u bazan odam qoni bilan sug’orib turishlarini talab qiladi”, deganda xuddi shunday etiqodli odamlarni, ozodlikni h’imoya qilish ywlida ular wz jonidan kechishga h’am tayёr turishlarini nazarda tutgan edi. Yurtimiz tarixida ozodlik daraxtini wz qoni bilan sug’organ ёki sug’orishga tayёr turgan qah’ramonlar kwp bwlgan.

Wg’izxon, Shiroq, Twmaris, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari shaxslar shular jumlasidandir. Ular ozodlik, yurt mustaqilligi ywlida butun kuch-g’ayratlarini, zarur bwlganda jonlarini h’am ayamadilar. Mustaqillikni h’am ozodlikka wxshatish mumkin. Ular – egizak. Mustaqilliksiz ozodlik bwlmaydi va aksincha-ozodliksiz mustaqillikka erishib bwlmaydi. Mustaqillik daraxti h’am bazan odam qoni bilan sug’orishlarini talab qiladi. Uni h’imoya qilish uchun jon fido qilishga tayёr wg’lonlar bwlmasa u qurib qoladi. Lekin, u faqat odam qoni bilan kwkara olmaydi. Mustaqillik daraxti gullab-yashnashi uchun faqat qon emas, uning poyiga kwproq ter twkish kerak. Vatan wg’il-qizlari qanchalik kwp meh’nat qilib ter twksalar, mustaqillik daraxti, uning ildizlari, ildizlari orasidagi wqtomir-milliy istiqlol g’oyasi shunchalik barq urib rivojlanadi. Baёn qilinganlardan malum bwladiki, milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda, uni ёshlar va ah’oli ongiga sindirishda marifiy ywl bilan cheklanib bwlmaydi. Bu ywlni twla inkor qilib bwlmaydi, u h’am zarur. Lekin faqat uning wzi bilan qanoatlanilsa, nari borganda istiqlol g’oyasini izoh’lab, tushuntirib berish mumkin, izoh’lash va tushuntirish ywli bilan esa odamlarning faqat fikriga, xotirasiga tasir wtkazsa bwladi. Milliy istiqlol g’oyasini yaxshi tushunib olgan talaba ёki wquvchi imtih’onda “alo” ёki “yaxshi” bah’o olishi mumkin, lekin unda bu g’oyaga etiqod shakllanmagan bwlsa bu bilimni u tezda unutadi. Etiqod shakllanishi uchun faqat bilimning wzi kifoya qilmaydi. Etiqod, xususan g’oyaviy etiqod bilim va h’is-tuyg’uning farzandidir. G’oyaviy etiqodning otasi bilim bwlsa,onasi h’istuyg’udir. Ulardan biri bwlmasa g’oyaviy etiqod h’am bwlmaydi. Shu xususiyati bilan g’oyaviy etiqod etiqodning boshqa turlaridan, aytaylik diniy etiqoddan farq qiladi. Diniy etiqod shakllanishi uchun din arkonlari twg’risida chuqur bilim bwlishi shart emas. Dindorlarning kwpchiligida ana shunday chuqur diniy bilim ywq, lekin ularning talay qismidagi etiqod bilimdon ulamolarning etiqodidan kuchliroq bwlishi mumkin. Buning sababi shundaki, diniy etiqod bilimni inkor qilmaydi, lekin unda eh’tiros ustivorlik qiladi. Din bwyicha juda kwp bilimga ega bwlgan odamning etiqodi sust va buning aksicha, oz bilimga ega bwlgan odam kuchliroq etiqodga ega bwlishi mumkin. İlmiga amal qilmagan mulladan beshak, Afzaldir ustiga kitob ortilgan eshak, deganda Shayx Sadiy bilimdon, lekin etiqodsiz mullalarni nazarda tutgan edi. Milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda h’am bizning nazarimizda talaba va wquvchilarga bilim berishga kwproq h’arakat qilinib, etiqod shakllantirish vazifasi soyada qolmoqda. Xuddi shunday h’olatni milliy istiqlol g’oyasiga bag’ishlangan ilmiy risolalar, maqolalar, darslik va wquv qwllanmalaridagi marifiy ёndashuv bilan cheklanishda h’am kuzatish mumkin. Milliy istiqlol g’oyasi fanini wqitishda etiqodni shakllantirish masalalariga bag’ishlangan risola u ёqda tursin, kichikroq maqolani h’am topish amri mah’ol. Ah’vol shu taxlitda davom etsa etiqodsiz bilimdonlar kwpayib ketishi mumkin. Bilim bwlgani bilan etiqodsiz odamlar bu bilimga amal qilmaydilar va ularning Shayx Sadiy tariflagan ustiga kitob ortilgan mah’luqdan farqi kam qoladi. Milliy istiqlol g’oyasi etiqodga aylangandagina mukammallik kasb etadi. Milliy istiqlol g’oyasining h’aqiqatan h’am millat, xalq miqёsidagi g’oya ekanligini kwrsatuvchi muh’im bir mezon bor: bu uning h’ar bir fuqaro shaxsiy etiqodiga aylanganligidadir. Bu g’oyaning kwpchilik fuqarolar etiqodiga aylangandagina uning h’aqiqatan h’am milliy g’oya ekanini tasdiqlaydi. Milliy istiqlol g’oyasi va aloh’ida fuqaroning g’oyaviy etiqodi wrtasidagi bog’liqlik shundaki, shaxs etiqodi milliy g’oya negizida shakllanadi va milliy g’oya wz navbatida aloh’ida shaxslar etiqodidan quvvat oladi, aloh’ida shaxslar etiqodi sifatida mavjud bwladi. Milliy istiqlol g’oyasining moh’iyatiga monand tarzda uni ёshlar va ah’oli ongiga singdirish bwyicha olib borilaёtgan ishlar marifiylik bilan cheklanmay etiqod shakllantirishga ywnaltirilsa kwngildagiday bwlardi. Buning uchun esa etiqodning wziga xos xususiyatlari, uning shakllanishidagi bosqichlar, murakkabliklar, nozikliklarni doimo ёdda tutish zarur bwladi.
Download 37,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish