-savol: Bu sport turining nomi «qurolsiz o‘zini himoya qilish» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi sport turi?
Javob: Sambo (rus.«Samozaùita bez orujiya»)
68-savol: Bu sport turining nomi «qurolsiz o‘zini himoya qilish» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi sport turi?
Javob: Sambo (rus.«Samozaùita bez orujiya»). 69-savol: Xalqimizda nikohlangan kelinning onasiga berilgan sovg‘a shunday atalgan. U qizni tarbiyalagan ona mehnatini alohida taqdirlash uchun nikoh to‘yi oldidan kuyov tomonidan berilgan. Uni ona o‘z ixtiyori bilan sarf etishga haqli bo‘lgan. U qanday nomlangan?
Javob: Sut haqi. 70-savol: Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.
Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh). 71-savol: 1763 yilda shotland monaxi tomonidan yaratilgan elektr asbobi dunyodagi ilk elektr asbobi hisoblanadi. Undan cherkov qo‘ng‘irog‘i sifatida foydalanilgan. U nima?
Javob: Zvonok (eshik qo‘ng‘irog‘i). 72-savol: Qaysidir bir amerikalik millioner o’limi oldidan o’z pullaridan ma’lum bir foizni
jiyaniga, u universitetda o’qishini tugatib olishi uchun ajratib berilishini vasiyat qilgan. Bundan so’ng jiyan Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishiga arzigulik o’ziga hos bir rekord o’rnatgan. Bu qanaqa rekord?
Javob: U vafot etguncha bu universitetni tugatmagan. 73-savol: Bu so‘z frantsuzcha «darveshning kulbasi, hilvat joy» degan ma’nolarni anglatadi.
Shahardan tashqarida qurilgan villa,atroflari bog‘li pavilonlarning nomi hisoblanadi. Bu so‘z
bilan jahon madaniyati durdonalari bilan bog‘liq bir joy ataladi. Bu qanday nom?
Javob: Ermitaj. 74-savol: Bu voqea dastlab Londonda yuz yildan ko‘proq vaqt muqaddam sodir bo‘ldi.
Moskvada esa, 1935 yilning 15 mayida sodir bo‘ldi. Ho‘sh, bu voqea Toshkentda qachon sodir bo‘ldi?
Javob: 1977 yilning 6 noyabrida.
Izoh: Bu yerda gap ushbu shaharlarda ilk bor metropolitenning ishga tushirilishi haqida
bormoqda. 75-savol: Stalin, Brejnev, Andropov, Chernenko va Gorbachyov u mansab egasi bo’lishgan.
Lenin va Xrushyov esa bo’lmagan. Bu qaysi mansab?
Javob: Bosh kotib (Gen. Sekretar). 76-savol: «Fil sichqondan qo‘rqadi, chunki sichqon filning hartumiga kirib ketarmish» deyishadi. Bu noto‘g‘ri. Fil hartumiga sichqon kirishidan qo‘rqmaydi. Mabodo sichqon filning hartumiga kirgudek bo‘lsa, uni chirpirak qilib puflab yuboradi. Lekin «fil sichqondan qo‘rqadi» degan iboraning zamirida haqiqat bor. Bu haqiqat nimadan iborat?
Javob: Sichqon va kalamushlarning narsalarni qitirlatib kemirishi filni asbiylashtirib yuboradi, jazavasini qo‘zg‘otadi va shuning uchun fil o‘sha yerdan qochishga harakat qiladi. 77-savol: U narsa bizning yanada ko‘rkamroq ko‘rinishimizni ta’minlaydi. U dastlab 1470 yilda paydo bo‘lgan. Faqtgina 1890-1894 yillardan boshlab aynan hozirgi vaqtdagi ko‘rinishga kirgan. Bu nima bo‘lishi mumkin?
Javob: Dazmol. 78-savol: Bu davlatdan bo‘lgan shoira o‘z davlati haqida shunday yozgan edi:
«Mo‘jaz o‘lkam mening bamisoli Qahraboning zarrin tomchisi». Chindan ham bu o‘lkani qahrabo o‘lkasi deyishadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Litva. 79-savol: Tabiblar uni qanday ichish kerakligini yozishgan: «Bu ajoyib ichimlikni osoyishta ich, shundagina sen tanangga ozor beruvchi tashvishlarni yenga oladigan darajada o‘zingni tetik his etasan». Bu qaysi ichimlik?
Javob: Choy. 80-savol: Qadimgi Rimda qirq yoshli odam chol hisoblangan, oltmish yoshlisi esa-dopontanus, ya’ni faqat ungagina yaraydigan bo‘lgan. Nimaga yaraydigan bo‘lgan?
Javob: Faqatgina qurbonlik qilishga yaraydigan bo‘lgan. 81-savol: XIV asrda Florentsiyada BUNI savdoda ishlatgan xar bir odam “Sharqqa bosh egish” aybi bilan jazoga tortilishi mumkin edi. Xozirda esa bu deyarli xamma joyda bir shaklda qo‘llaniladi. Bir xudud nomi bilan ataluvchi BU narsa o‘sha xududda boshqacha tarzda qo‘llaniladi. Bu nima?
Javob: ARAB raqamlari. 82-savol: Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o’rganilgach Nil daryosining manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga sabab bo’lgan?
Javob: Timsohlar. 83-savol: Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki ularning ko’rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo’q. Ulug’ bobomiz Abu Rayxon Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi ma’lum bo’lgan. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Dengiz.
Izoh: Sargossa dengizining chegarasi yo’q. Beruniy asarlarida ko’plab dengiz nomlari keltirilgan. 84-savol: Alisher Navoiyning «Hayrat-ul abror» dostonida «U shoxona to‘shagini muallaq havoda soldirar, safarda unga yellar hamrohlik qilar, sehrli uzugi tufayli devu parilar odamlar qatorida amru farmoniga itoatda edi» deb yozilgan. U qaysi payg‘ambar haqida shunday yozgan?
Javob: Sulaymon. 85-savol: 1945 yilda AQSh da uning sanoat miqiyosida ishlab chiqarilishi boshlangan. U ilk bor angliyalik mikrobiolog Aleksandr Fleming tomonidan 1920 yildayoq ajratib olingan edi. Bu kashfiyot uzoq vaqt amalga kiritilgani yo‘q. Ikkinchi Jahon urushi vaqtida angliyalik bioximik Ernst Boris Cheyn va vrach Xouard Uolter Flori uni keng ishlab chiqarishga joriy etdi. U nima?
Javob: Penitsillin. 86-savol: Bu moslamani ilk bor 1670 yilda nemis ustasi Erxard Veygel Ienada turar joy binosida qurgan edi. Keyinchalik uni rivojlantirishda amerikalik muhandis Elishey Otis o‘z hissasini qo‘shdi. Mana salkam 340 yilki u insoniyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda. U nima?
Javob: Lift. 87-savol: 1958 yili Shvetsiyada bo’lgan futbol bo’yicha Jahon chempionatida 16 jamoani guruhlarga bo’lish uchun qur’a tortish marosimi bo’lgan. Unda barcha jamoalar hududiy yaqinligidan kelib chiqib 4 guruhga bo’lingan. Bunda 1-guruh “G’arbiy Yevropa”, 2-guruh “Sharqiy Yevropa”, 3-guruh “Amerika” deb nomlangan. Xo’sh unda oxirgi 4-guruhga qanday nom berilgan edi?
Javob: “Buyuk Britaniya”
Izoh: O’sha yili Buyuk Britaniyaning 4 jamoasi ham chiqqan edi: Angliya, Shotlandiya, Uels,
Irlandiya 88-savol: AQSHlik Don Badj, Morin Konnoli, Avstraliyalik Rod Leyver, Margaret Smit Kort,
Germaniyalik Shteffi Graff. Yuqoridagi insonlarni bir umumiylik bog’lab turibdi. Bu qanday bog’liqlik?
Javob: Bu insonlar katta dubulg’ani qo’lga kiritganlar. Bularning barchasi tennischilar. 89-savol: Zardob, zardolu degan so‘zlarni barchamiz eshitganmiz. Zardob va zardoluni ko‘z oldingizgi keltiringda, shu so‘zlarning o‘zagi bo‘lgan «zard» so‘zi qanday ma’noni bildirishi mumkinligini ayting.
Javob: Fors tilida «sariq» degan ma’noni bildiradi.