90-savol: Germaniyada birinchi bor qon topshirgan kishiga an’ana bo’yicha kinoga bilet beriladi. Qaysi filmga?
Javob: “Drakula”. 91-savol: Dunyoda turli fanlar ko‘p va ularning barchasi nimanidir o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu fanlarning ichida onomastika deb nomlangan fan bor. Ho‘sh, onomastika nimani o‘rganadi?
Javob: Odamlar ismining kelib chiqishi, ma’nolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. 92-savol: Bu shahar nomining tarjimasi «qizil botir» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi shahar?
Javob: Ulan Bator. 93-savol: Ular Zanjibarda uyning kishi diqqatini jalb etadigan asosiy va go‘zal qismidir. Ular boshqa san’at turlari kabi Zanjibar xalqining shon-shavkati hisoblanganidan uni oroldan tashqariga chiqarishmaydi. U nima?
Javob: Eshik. 94-savol: «Mo‘l-ko‘lchilik dengizi», «Sokinlik dengizi», «Bulutlar dengizi», «Ravshanlik
dengizi», «Yomg‘irlar dengizi», «Moskva dengizi», «Orzular dengizi» kabi dengizlar qaerda joylashgan?
Javob: Oyda. 95-savol: O’tmishda Seyshel orolida bu meva «baxt ramzi» hisoblangan. Baxt va daromadni kiritish maqsadida bu mevaning bir donasini qimmatbaho buyumlarga, hatto bir kema molga almashib olgan kishilar ham bo‘lgan. Bu qanday meva?
Javob: Seyshel yong‘og‘i. 96-savol: Ozod Sharofiddinov aytgan: «Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishi kerak». Nimani?
Javob: Tokqaychi. 97-savol: Ma’lumki 19 asrda dunyodagi ko’pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan temirning 4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun?
Javob: Temir yo’l qurishga. Kutilmagan bashorat: 11 yoshli qizning 1969 yilda yozgan xati topildi
98-savol: U podsho o‘zining shahsiy muhriga «Men shogirdman va ustozlarga muhtojman» deb o‘yib yozdirgan. U podsho kim edi?
Javob: Petr I. 99-savol: Qo’l yozmadan na’muna keltiraman: “Agar kraxmallangan matodan tikilgan vintli qurilma ish bersa v tez aylansa, u havoda tirgak xosil qiladi hamda bulutlar orasiga ko’tariladi.” Menga qo’l yozma muallifini va ta’riflangan chizma nimaning ajdodi ekanligini ayting.
Javob: Leonardo Da Vinchi, vertalyot. 100-savol: Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamalakatga yaxshilik olib kelmagan. Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo’lib o’tgan urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Sizlar esa menga o’sha ikkita davlatni ham ayting.
Javob: Daniya – Yugoslaviya. Daniya 1992 yil Futbol bo’yicha Yevropa Chempioni bo’lgan. 101-savol: “Transamerikan ekspress” da sayohat qilayotgan bir fransuz shunday eslaydi, ya’ni vagon restoranida u qo’shni stolda o’tirgan kishi bilan bir xil ovqat buyurgan bo’lsada, u sal keyinroq ovqatlanib bo’lgani uchun arzonroq to’laydi. Buni sababini so’raganda ofitsiant tushuntirib beradi. Xo’sh ofitsiant qanday javob bergan?
Javob: Biz xozir boshqa shtatga kirib keldik, bu yerda soliqlar arzonroq. Shuning uchun sizning ovqatingiz arzon bo’ldi. 102-savol: Yaponiyaning Nagoya shaxrida futbol bo‘yicha JCh bo‘lib o‘tgan. O’yin 10 minutli 2 taymdan iborat bo‘lib, tanaffusi esa 20 daqiqa cho‘zilgan. Agar siz u yerdagi “futbolchilarni” topgan bo‘lsangiz, menga esa nima uchun 20 daqiqa tanaffus berilganini aniq qilib yozib berishingizni so‘rayman.
Javob: Batareykalarni zaryadka qilish uchun.
Izoh: JCh robotlar o‘rtasida o‘tgan. 103-savol: Nima uchun kaltakesak dumini tashlab ketganda uning dumi yerda goh yig‘ilib, goh to‘g‘irlanib harakat qiladi?
Javob: Raqibi diqqatini ana shu dumga qaratgani zamon dum egasi o‘zining yashirin uyasiga qochib qoladi. 104-savol: Har yili Gannibal shahrida bir festival bo‘lib o‘tadi, u yerda o‘tadigan devor bo‘yash bo‘yicha musobaqa ayniqsa qatnashchilar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ladi. Endi o‘ylab ko‘rib aytingchi bu festival kimning nomi bilan ataladi?
Javob: Mark Tven. 105-savol: Birinchi marta ularni ko‘rgan dengizchilar ularni uzoqdan frak va sutdek oppoq mashnika kiyib olgan odamlar to‘dasi deb o‘ylashgan. O’sha zamonlarda erkaklar tantanli marosimlarda shunday kiyinishar edi. Dengizchilar o‘shanda aslida nimani ko‘rishgandi?
Javob: Pingvinlarni. 106-savol: Bundan 135 yilcha avval Amerika firmalaridan biri qimmatbaho fil suyagi o‘rnini bosa oladigan material tayyorlashga konkurs e’lon qildi. Konkursda ko‘p ixtirochilar, injinerlar va olimlar ishtirok etishdi. Shular orasida Xayaat degan aka-uka ixtirochilar ham bor edi. Ular hozirgi kunda juda keng tarqalgan bir materialning dastlabkilarini yaratishgan edi. U qanday material edi?
Javob: Plastmassa. 107-savol: Bu daho yaratgan ixtirosini stol ustiga qo’yib o’rinbosari Jon Kruezining diqqatini jalb qiladi va ixtirosining “shoxchasi”ga qarab “Merining qo’zichoqlari bor edi” deb qichqiradi. Keyin nima ro’y berganini bilgan bo’lsangiz, menga kashfiyotchini emas, uning ixtirosi nima ekanligini ayting.
Javob: Fonograf (Tomas Edison ovozini yozib olgach apparat uni qaytaradi). 108-savol: Ma’lumki sport o’yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o’zlari bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o’yinchiga naq 6,5 hakam to’g’ri keladi. Bu qaysi sport?
Javob: 2-kishilik Kort Tennisi. 109-savol: U qadimgi Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik materiallarga qaraganda, dastlab paypoq yoki boshmoq shaklida qamishdan to‘qib tayyorlangan, keyinchalik ilmoqli temir
plastinkachalarni arqon yoki qayish bilan bog‘lab qo‘yilgan. U nima?
Javob: Taqa. 110-savol: Rossiyada chop etiladigan “Xalqaro huquq” jurnalining birinchi betida 1998 yil
yo‘lbars, 2000 yilda baliq, 2001 ilon rasmi chop etilgan. Lekin 1999 yildagi xar bir jurnalda quyonning rasmi bilan bir insonning rasmi chop etilgan. Savol, bu kim?
Javob: Pushkin.
Izoh: Shu yili Pushkinning 200 yillik yubileyi bo‘lgan. 111-savol: Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Bu vulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada?
Javob: Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi. 112-savol: Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan. Qanday ish evaziga?
Javob: Masjidga kelgani uchun.
Izoh: “Islom dinini qabul qilish” javobi qabul qilinmaydi. 113-savol: Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo’ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi. 114-savol: 1997 yilning 4 avgustidan keyin NASA ning internet saytiga 220000000 ga yaqin kishi tashrif buyurdi. Ular u yerda nimani ko’rmoqchi bo’lishgan?
Javob: Mars sayyorasi rasmlarini (Mars Pathfinder sun’iy yo’ldoshi tomonidan uzatilgan). 115-savol: Sankt Peterburgdagi Yozgi bog‘da bir haykal bor. Uning atrofida har doim bolalar
gavjum. O’rindiqda o‘tirgan qariya chuqur o‘yga tolgan, uning poyida hayvonlarning bronza haykalchalari. Bu odam kim?
Javob: Ivan Andreevich Krilov va uning masallari qahramonlari. 116-savol: Mashhur sayyoh D. Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘urib olganu, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib yana yerga tiqib qo‘ygan» deyiladi. Bu nima?
Javob: Baobab daraxti. 117-savol: Buni qarangki sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs sizga qurbonlik ham bermoqchi. Lekin siz uni qabul qilmasligingiz ham mumkin. Aytingchi sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs kim?
Javob: shaxmatchi (Gambit – bu “chalmoq” degani. Bunda bir sipoh qurbon qilib yakunda
g’alabaga erishiladi). 118-savol: 1993 yilda mashhur “Kristi” auktsion firmasi Xalqaro Astronomik Uyushma bilan kelishgan holda sotuvga bir necha lot(sotiladigan buyum) qo’ydi. Bu firma sotuvga boylar o’rtasida juda mashhur bo’lgan nima qo’ydi?
Javob: Bir necha nomsiz yulduz. Lotni sotib olganga yulduzga o’z nomini berish imkoni beriladi. 119-savol: Tarixchi Xondamir o‘zining «Makorimul-ahloq» deb nomlangan kitobida «Navoiy vafotiga hatto tabiat ham motam tutdi» deb yozgan. Xondamir nima sababdan shunday deb yozgan?
Javob: 1501 yil uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan. 120-savol: Birmaning tog‘li rayonlaridan birida yashovchi paduanglar qabilasida ayol kishining go‘zalligi uning bo‘ynining uzunligiga qarab belgilanadi va ayollar bo‘yinlarini uzaytirish maqsadida mahsus xalqalar kiyib yurishadi. Paduanglarda og‘ir gunoh qilgan ayollarga beriladigan eng qattiq jazo bor. Eriga xiyonat qilgan ayolga bunday jazo qo‘llaniladi. Bu qanday jazo bo‘lishi mumkin?
Javob: Bo‘ynidagi xalqalarni olib tashlashdan iborat.