Javob: Vatman.
271-savol: Bu so‘z forschadan olingan bo‘lib, boshdan oxirigacha, butunlay, tamoman, to‘liq
degan ma’nolarni bildiradi. Biz bu so‘zni ishlatganimizda uning o‘zbek tilidagi tarjimasi bilan
birgalikda qo‘llaymiz. Bu qanday so‘z bo‘lishi mumkin?
Javob: Sarpo (Forschada sar-bosh, poy-oyoq degani, biz esa «bosh-oyoq sarpo» deymiz).
272-savol: O’tkir Hoshimov o‘zining «Sakkizinchi mo‘‘jiza» rukni ostida bosib chiqarilgan
bitiklarida shunday yozadi: «Dramaturgiyani adabiyot gultojisi deyishadi. Biroq menga qolsa uni
adabiyot gultojisi degan bo‘lur edim. Negaki, unda proza ham, she’riyat ham, dramaturgiya ham
bor». U nimani adabiyot gultojisi deb atagan?
Do'stlaringiz bilan baham: |