231-savol: Samyuel Jonson: «Qachonki ikkita angliyalik uchrashib qolsa, ularning birinchi
kalomi hamisha mana shu mavzudan boshlanadi» degan. Qaysi mavzudan?
Javob: Ob-havo xaqida.
232-savol: A.S.Pushkin aytgan: «Ular ma’rifatning pochta otlaridirlar». Qaysi kasb vakillari
haqida shunday degan?
Javob: Tarjimonlar.
233-savol: Rim huquqiga tartib va to‘plam beruvchi mashhur Yustinian kodeksida ularning sud
jarayonidagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida farmon bor. Unda shunday
deyiladi: «Ular guvoh emaslar,ular guvohlardan ham, hatto sudyalardan ham yuqoridirlar». Ular
kimlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |