Javob: Xirurgiya.
130-savol: Ingliz olimi Uilyam Garvey shunday deb yozgan edi: «Har qanday jonli mavjudot
undan kelib chiqadi». U nima bo‘lishi mumkin?
Javob: Tuxum.
131-savol: U qadimdan inson xayotining qaqshatqich, ayovsiz va qutulib bo‘lmas yo‘ldoshi
bo‘lib kelgan. Shu bilan bir qatorda u falokatning elchisi, inson organizmining sadoqatli va sezgir
ximoyachisidir. Ammo u me’yoridan o‘tgach, uning ximoyaviy kuchi butun organizm uchun
falokat qudratiga aylanadi. U nima?
Javob: Og‘riq.
132-savol: Tibbiyotda juda keng ishlatiladigan bu so‘zning asl ma’nosi «quritilgan» degan
ma’noni bildiradi. U inson organizmining asosi bo‘lib xisoblanadi. Bu qanday so‘z?
Javob: Skelet.
Izoh: Qadimda ular oftobda yoki qum qizig‘ida tayyorlanar edi.
133-savol: Ushbu Temuriy malikaning qabr toshiga uning vaiyatiga binoan: «Xech kim mening
qabrimni sabzadan o‘zga narsa bilan yopmasin, g‘ariblar qabrini yopmoq uchun shu giyoxning
o‘zi basdir» degan so‘zlargina bitilgan. Ushbu malika kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |