Javob: Konki.
62-savol: Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, bu davlat qarag‘ayining
nafis yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan «Tonggi musaffolik mamlakati» deb atashadi.
Bu qaysi mamlakat?
Javob: Koreya.
63-savol: Yunonchada bu sohaning nomi «kema xaydash mahorati» degan ma’noni bildiradi.
Hozirda bu soha bilan bog‘liq kishilar ham kema xaydashadi, ammo ularning kemalarining na
yelkani bor, na bug‘li dvigateli. Bu qaysi soha?
Javob: Kosmonavtika.
64-savol: Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish
joyida, tik yonbag‘irli tepalikda rus knyazi Yuriy Dolgorukiy buyrug‘i bilan kichik yog‘och qal’a
quriladi. O’sha davrlarda Rusda bunday kichik qal’a-shaharchalar ko‘p bo‘lgan. Aynan mana shu
shaharcha va ana shu qal’a shonli va buyuk tarixga ega bo‘lishi o‘sha paytlarda hech kimning
hayoliga kelmagan. U qal’a-shaharcha qanday nomlangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |