Hindistonning bo'ysundirilishi Bobur Afg'oniston bilan cheklanib qolmadi. U ham barcha jahongirlar kabi buyuk saltanat tuzishni orzu qilar va o'z maqsadiga erishishiga ishonar edi.
Bobur 1526-yilda Hindistonni egalladi. Shu tariqa Hindistonda boburiylar saltanatiga asos solindi. Bobur odil podsho sifatida nom qozongan. U o'z hokimiyatiga bo'ysunganlarga ko'p muruvvat ko'rsatgan.
Ayni paytda, Bobur va boburiy hukmdorlar dinga xolis munosabatda bo'lganlar. Shuning uchun ham ular mamlakat aholisining ko'pchiligini tashkil etuvchi hindlarning o'z dinlariga e'tiqod qilishlariga monelik qilmaganlar. Bobur o'zi asos solgan saltanatning poytaxti Agrada 1530-yili 47 yoshida vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |