HINDISTON VA BOBUR
Bobur temuriylar avlodining iste'dodli vakili, o'zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk shoir, tarixchi, geograf, ulkan davlat arbobi, iste'dodli sarkarda. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.
Bobur Andijonda tug'ilgan. Otasi Umarshayx Mirzo Farg'ona hukmdori edi. 1494-yilda Umarshayx vafot etgach, Bobur otasi o'rniga taxtga o'tirdi.
Boburning qismati og'ir kechgan. U yashagan davrda temuriyl davlati parchalanib bo'lgan edi. Bir tomondan, temuriylar tojyfaxt uchun tinimsiz kurash olib borardi. Ikkinchi tomondan;' Dashti Qipchoq hukmdori Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrni bosib olish ishtiyoqida yonar edi. Bobur esa Movarounnahrni birlashtirishni istar edi.
Oxir-oqibat Bobur va Shayboniyxon qo'shinlari to'qnashdilar. Bu to'qnashuvda Shayboniyxon g'alaba qozondi. Mag'lubiyatga uchragan Bobur Vatanni tark etishga majbur bo'ldi^
1504-yilda Bobur Afg'onistonning hozirgi poytaxti Kobul shahrini egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |