Voqelik - imkoniyatning yuzaga chiqishi.
Xususiylik - ma’lum bir munosabatda umumiylik, boshqasida esa yakkalik tarzida namoyon bo’luvchi narsa, hodisa guruhi.
Xayol - voqelikni umumlashgan holda idrok etish hodisasidir.
Xotira - ongimizda in’ikos etgan narsalar, hodisalar, jarayonlarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik esga tushirishdir.
Xulosa - hukmlar asosida paydo bo’lgan yangi hukm.
Xalq - tarixiy jarayonning muayyan bosqichida oldinga qarab harakat qilish
manfaatlarini ifodalovchi va muayyan hududda yashovchi barcha ijgimoiy guruhlar, kuchlar, kishilar birligidir.
Yakkalik (yagonalik) - o’zining takrorlanmas belgilari bilan ajralib turadigan narsa, hodisa.
Zardushtiylik - eramizgacha X asrdan eramizning VII asrigacha hukm surgan diniy-falsafiy ta’limotlardan biri.
Turon va Eron xalqlarining ko’p asrlik og’zaki ijodida keng tarqalgan dunyoqarash, axloq-odobga doir fikrlarning noyoblarini to’plab, kitob holiga keltirgan kishi vatandoshimiz Zardo’sht Sepitomadir (eramizgacha VI asr). Uning ta’limoti Sharq va G’arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhur.
Zaruriyat - muayyan sharoitda albatta yuz berishi lozim bo’lgan narsa, hodisa.
Do'stlaringiz bilan baham: |