Milliy istiqlol mafkurasi - xalqning o’zgalarga tobe bo’lmay, erkin va ozod yashash, o’z -o’zini idora etishga qaratilgan, uning istiqbolini belgilaydigan orzu-umidlari, qarashlari, g’oyalari majmui, jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri.
Mafkura-muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g’oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi — ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etish. Asosiy g’oyalari: Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik (tolerantlik).
Meros - ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bizning “mulkimiz”ga aylangan ijtimoiy-ma’naviy hodisalar, moddiy-madaniy boyliklar, urf-odatlar, marosimlar, axloq me’yorlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |