Moddiy qadriyatlar - turli-tuman moddiy boyliklar, zavod, fabrikalar, asbob-uskuna, turar joy, mol-mulk, nozu ne’mat kabilardir.
Ma’naviy qadriyatlar - ilmiy-texnikaviy va intellektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim-tarbiya, madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at mahsulotlari va h.k.
Muammo - ilmiy bilishning bilib olinmagan, ammo bilib olinishi zarur bo’lgan bilim shakli.
Mustaqillik - davlatning, xalqning boshqalarga qaram bo’lmagan holda o’z ichki va tashqi funktsiyalari, muammolari va munosabatlarini hal qila olish huquqi va imkoniyatiga ega bo’lishidir.
Materializm – dunyoning moddiyligidan va ongdan qat’iy nazar mavjudligidan kelib chiqadigan falsafiy yo’nalish.
Metafizika – Gegeldan oldingi va hozirgi g’arb falsafasida borliqning o’ta hissiy tamoyillari va asoslari haqidagi fan. Falsafaning sinonimi sifatida ishlatiladigan atama.
Metodologiya – metod haqidagi ta’limot, bilishning yangi metodlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish.
Mistika – sirli, g’ayritabiiy, tushunarsiz narsa yoki hodisa.
Do'stlaringiz bilan baham: |