Negativ – salbiy, biror narsaga zid.
Noumen – mushohada yo’li bilan anglash mumkin bo’lgan mohiyat.
Noosfera – aql-idrok sohasi yoki biosferaning shunday bir holatiki, bunda odamlarning oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.
Olam - borliqning odam nazarda tutgan unsurlardan tashkil topgan odam tomonidan bilingan, anglangan qismi. Borliqning namoyon bo’lish holati.
Oqibat - sabab ta’sirida yuzaga keladigan natija, yakun.
Ong-inson ruhiy in’ikosining oliy shakli va uning faoliyatini tartibga soluvchi va boshqaruvchi omil, hodisa.
Ongsizlik - inson ongi nazoratidan tashqaridagi turli ruhiy holatlar jami. U - individ ruhiy faoliyatining muhim tomoni, uning ma’naviy butunligi sharti.
Do'stlaringiz bilan baham: |