Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 3,97 Mb.
bet299/677
Sana04.02.2022
Hajmi3,97 Mb.
#430787
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   677
Bog'liq
2 5442675131216298385

Yaxshilik va yomonlik. Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug’iladi. Bu tabiiy. CHunki hozirgacha bizga ma’lum o’zbek tilidagi barcha axloqshunoslikka doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor–yo’g’i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. To’g’ri, yaxshilik tushunchasining ko’pgina unsurlari ezgulikdan, ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos bo’la olmaydi.
Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat’iy farq mavjud: ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobiga, xulqiga bog’liq bo’lgan ijobiy hodisa. Zero, unda mardlik, ochiqko’ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajassum topadi. Biroq unga asos bo’lgan amaliy xatti–harakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko’tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga umrini bag’ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul–maoniy»dek, «Xamsa»dek buyuk asarlar yaratdi. Bu – ezgulik, u ma’lum ma’noda abadiylik xususiyatiga ega, chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq–shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni paytda, Navoiyning o’zi bevosita ko’plab yaxshiliklar qildi – muhtoj odamlarga qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va h.k. Uning bu yaxshiliklari ajoyib ijobiy hodisa bo’lgani holda, o’tkinchilik tabiatiga ega, shuningdek, istisnoli hollarda namoyon bo’luvchi qahramonlik ham, buyuk jasorat ham emas.
Demak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni ko’zlovchi, kelajakka ham mo’ljallangan, ya’ni strategik ahamiyatga molik axloqiy xatti–harakatlar majmui; yaxshilik esa, odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega, ya’ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir. SHunday qilib, yaxshilikni yirik ijtimoiy hodisa – ezgulik bilan aynanlashtirish to’g’ri emas.
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe bo’lgan ezgulik hech qachon to’g’ridan–to’g’ri yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik bo’lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror ob’ektga qilingan yaxshilik boshqa bir ob’ekt uchun yoki yaxshilik qilgan sub’ekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin. Mashhur o’zbek xalq ertaklaridan biridagi ovchilar quvib kelayotgan bo’rini qopga yashirib, qutqarib qolgan dehqonning holatini bunga misol sifatida keltirish mumkin: bo’ri o’ziga yaxshilik qilib, o’limdan qutqargan odamni yemoqchi bo’ladi, xayriyatki, tulki dehqonning joniga oro kiradi.
Xullas, muayyan ijtimoiy cheklanganligiga qaramay, yaxshilik va yomonlik qamrovli mezoniy tushunchalardan.
Adolat. Axloqshunoslikning yana bir asosiy tushunchasi – adolat. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o’zi biror–bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. SHu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o’lchovchi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o’lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo’l yo’q.
Ma’lumki, axloqdagi eng oddiy, ibtidoiy fazilatlar, chunonchi, mehribonlik, shafqat, muruvvat hayvonlarda ham mavjud. Lekin hayvonlarda ular o’z guruhiga, eng avvalo, o’z zurriyotiga qaratilgan bo’ladi. Odamzod esa o’ziga qondosh–qarindosh bo’lmagan o’zgalarga – qavmdoshlariga ham ushbu hissiyotlarni namoyish etadi. SHunday qilib, axloqning ba’zi unsurlari hayvonlarda ham mavjud, faqat ular insondagidek aqlga emas, tabiiyyatga asoslangan. Buni adolat mezoniy tushunchasida yaqqol ko’rish mumkin. Albatta, hayvonlar uni tushuncha sifatida anglamaydilar, lekin u tabiiyyat tarzida hayvonlar xatti–harakatida namoyon bo’ladi. Masalan, Afrika savannalarida yoki changalzorlarida qurg’oqchilik mavsumida hayvonlarning suvloqdagi xatti–harakatini olib ko’raylik. Unday paytda suvloq hududida vahshiy hayvonlar, qanchalik och bo’lmasin, o’z o’lja!lariga tashlanmaydilar: adolat yuzasidan ularning ham chan–qoqlarini qondirishlariga yo’l qo’yib beradilar – barcha hayvonlar bir–birlari tomonidan tashna jonzotlar sifatida qabul qilinadi. Biroq suvloqdan ma’lum masofa nariga o’tilgach, yana o’sha hayot – kushanda va o’ljaning yashash uchun kurashi boshlanadi. Demak, adolatning ibtidoiy ko’rinishini hayvonlarda ham uchratish mumkin ekan. Qizig’i shundaki, u yakka holda emas, ko’pchilik hayvonlar – tashna jonzotlar jamoasida ro’y beradi. Bu hodisa adolat tushunchasining ijtimoiylik xususiyatiga xos ba’zi holatlar insoniyat jamiyatidan ham ibtidoiyroq ekanini, uning tarixi yanada qadimiyroqligini ko’rsatadi.
Adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, huquqda darhol ko’zga tashlanadi. Huquq vazirligining hatto adliya vazirligi deb atalishi, jinoyatga yarasha jazoni belgilovchi, hukm chiqaruvchi idoralarning odil sud degan nomlar bilan yuritilishi buning dalilidir. Lekin adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin etish to’g’ri emas. U, yuqorida aytganimizdek, keng qamrovli axloqiy tushuncha. U nafaqat fuqarolar orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jamiyat bilan shaxs o’rtasidagi aloqalar mezonini ham o’z ichiga oladi. Xalq orasida ming yillar mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas.
Deyarli bir yarim asr mobaynida adolatsizlikni, milliy kamsitishni, milliy iftixor hissining oyoqosti qilinishini, begona irodaning zo’rlab qabul qildirilishi kabi holatlarni boshdan kechirgan xalqimiz, endilikda mustaqillikka erishib, adolatli fuqarolik jamiyati tuzishga kirishdi. Adolat bugungi kunda bizning mustaqil, kelajagi buyuk davlatimizning mohiyatini anglatuvchi tushunchaga aylanib bormoqda.

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   677




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish