Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 3,89 Mb.
bet206/442
Sana19.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#564528
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   442
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA 2018

Almashtirishga misol:
A.Hamma shifokorlar oliy ma’lumotlidir.
I. Ba’zi oliy ma’lumotlilar shifokorlardir.
Demak, almashtirish usuli qo’llanilganda mulohazadagi sub’ekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlarning o’rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta’riflarning to’g’riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
III. Predikatga qarama-qarshi qo’yish (lot.– contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo’lib, bu usul qo’llanilganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so’ngra almashtiriladi. Natijada hosil qilingan mulohazaning (xulosaning) sub’ekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning sub’ektiga mos bo’ladi:

Bunda, xulosada S ning inkor shaklida bo’lishi xulosa bog’lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo’yishda A-E ga, Ye-I ga, 0-I ga o’zgaradi.
Turli mulohazalardan bu usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi shaklda ko’rsatilgan:







Xulosa asosi

Xulosa

1

A

Hamma S-P

Hech bir R emas S emas

2

E

Hech bir S - P emas

Ba’zi R emas S dir

3

O

Ba’zi S - P emas

Ba’zi R emas S dir

Masalan:
1. A. Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar.Islom diniga e’tiqod qilmaydiganlar musulmon emas.
Juz’iy tasdiq (I) mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo’yish usuli bilan xulosa chiqarib bo’lmaydi. CHunki, «Ba’zi S-P mulohazani aylantirsak «Ba’zi S-P mas emas», ya’ni juz’iy inkor hukm kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo’lmaydi.
IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish.
Bunda oddiy qat’iy mulohazalarning o’zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) e’tiborga olgan holda, mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar o’rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo’ysunish munosabatlariga asoslanadi.Bu munosabatlarning taxliliga ko’ra xulosa chin bo’lgan quyidagi holatlarni ko’rsatish mumkin.
1.Asos mulohaza va xulosa chin bo’lgan : A→I, Ye→0.
2.Asos mulohaza xato va xulosa chin bo’lgan:I→O, O→I
Masalan: A. Hamma mustaqil davlatlar BMT ga a’zo.
I.Ba’zi mustaqil davlatlar BMT ga a’zo.
Bevosita xulosa chiqarish usullari bilishda mavjud fikrni aniqlab olishga, uning mohiyatini to’g’ri tushunishga, shuningdek, bir fikrni turli xil ko’rinishda bayon qilishga, Yangi bilimlar hosil qilishga imkoniyat beradi.
Oddiy qat’iy sillogizm
Deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo’ladi. Sillogizm qo’shib hisoblash, degan ma’noni beradi. Bu munosabatlarning taxliliga ko’ra i anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv xulosa chiqarishning ko’proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o’zaro mantiqiy bog’langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi – Yangi qat’iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabki mulohazalardan biri, albatta, yo umumiy tasdiq, yoki umumiy inkor mulohaza bo’ladi. Hosil qilingan Yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo’lmaydi. SHunga ko’ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo’ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bo’lsin:
Hech bir xasis saxiy emas.
Ba’zi boylar xasisdir.
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda – «Ba’zi boylar saxiy emas», degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy sillogizm deyiladi.
Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi – S – kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi – R – katta termin (terminus major), deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo’lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha – M – (terminus medius) o’rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o’z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o’z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi.
S – kichik termin;
M
P

M

S
– o’rta termin;
R – katta termin.

O’rta termin katta va kichik terminni bog’lovchi mantiqiy element hisoblanadi.



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish