Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya


-Mavzu: Xorazmning o’rta asr shaxarlari urbanizatsiyasi. (2 soat) Reja



Download 2,56 Mb.
bet47/117
Sana09.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#648758
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117
7-Mavzu: Xorazmning o’rta asr shaxarlari urbanizatsiyasi. (2 soat) Reja

  1. Qadimgi davr Xorazm shaxarsozligi. Qo‘zaliqir, Qa’lalaqir, Jonbozqa’la, Qo‘yqirilganqa’la, Oybo‘riqa’la va Tuproqqa’la shaxar xarobalari.

  2. Ilk o‘rta asrlarda Kat shaxri.

  3. Rivojlangan o‘rta asrlarda Xorazm shaxar madaniyatini axvoli.

Tayanch so‘z va iboralar: O‘rta Osiyo, antik davr, Xorazm, Kat shaxri, Qo‘zaliqir, Qa’laliqir, Jonbosqa’la, Qo‘yqirilganqa’la, Oybo‘riqa’la, Ma’muniylar davlati, Ma’mun akademiyasi,
Oltintoshlar, ilk o‘rta asrlar, o‘rta asrlar, qadimgi shahar, shaharsozlik, shahar, shahar tushunchasi, sivilizatsiya, madaniyat, davlatchilik, urbanizatsiya, moddiy madaniyat, arxeologik yodgorlik, arxeologiya, Amir Temur, Temuriylar. Adabiyotlar:
1.Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.

  1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent.:

O‘zbekiston. 2017.

  1. Asqarov A. Eng qadimgi shahar. T.., 2000.

  2. Асқаров А.А., Ширинов Т.Ш. Ранняя городская култура эпохи бронзы Средней Азии. Самарқанд. 1993.

  3. Asqarov A. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. –Toshkent.“O’ZBEKISTON”. 2015. 670 b.

6.Sagdullaev A.S. Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda. O‘quv qo‘llanma. T.: O‘qituvchi, 1996.
7.Sagdullaev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., 2004.
8.Sagdullaev A. va boshq, O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. Toshkent. Akademiya, 2000.
9.Eshov.B. Sivilizatsiya tizimida ilk shaharlar. – Toshkent: Zar qalam, 2004; 126 b.

  1. Eshov B.J. O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. Toshkent. 2008.

  2. Eshov B.J. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. - T.: Yangi asr avlodi, 2012.-B.556. Xorazm viloyati - (1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,1 ming kvadrat kilometr bo'lib, 1432,8 ming kishi yashaydi. Viloyat xududida 10 ta qishloq tumani (Bog'ot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xazorasp, Xonqa, Shovot, Yanglariq, Yangibozor, Qo'shko'pir), 3 ta shaxar (Pitnak, Urganch, Xiva) va 7 ta shaxarcha mavjud. Viloyat markazi Urganch shaxridir.

Qadimg i Xorazm — Turon va Eron mintaqalari oralig‘ida joylashgan tarixiy o‘lka va qadimiy davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murg‘ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho‘zilgan. Shu boisdan bu qadimiy tarixiy o‘lka fanda 2 xil: Qadimgi Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan ma’lum. Xorazm haqidagi ilk ma’lumotlar Avesto, Doro I ning Bihistun kitobalari, qadimgi yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va b.) hamda ilk o‘rta asrlarning arab geograflari asarlarida uchraydi.
«Xorazm» atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qadimgi forsiychada Xvarazmis, lotinchada
Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu o‘lka Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. «Xorazm» atamasining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. Xorazm tarixining bilimdoni SP. Tolstov «Xorazm» atamasi talqinlari orasida eroncha «Xurr-Xurshed» va «zm-zem» so‘zlari asosida yuzaga kelgan nomning «Quyoshli o‘lka», «Quyoshli er» deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb ta’kidlasada, Xorazmni «Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi o‘lkasi», «quyosh (xalqi) eri» deb izohlaydi. Sug‘dshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, Xorazm ayrim-ayrim 3 so‘zlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —«yaxshi» «ma’qul», var(vara) — «devor», «marza», «g‘ov», «qal’a», «qo‘ra» degan ma’nolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — «er», «o‘lka», «diyor», «mamlakat» kabi ma’nolarni anglatgan. Demak, «Xorazm» atamasi qanday shaklda qayd etilmasin, u «yaxshi qo‘rali er», «ajoyib qal’ali o‘lka», «mustahkam qal’alari bor diyor» degan ma’noni anglatgan.
Avestoning «YAsht» qismida Xorazm «Ming irmokli daryo», «Ko‘llar va o‘tloqlarga boy o‘lka» sifatida madh etiladi. Qadimgi Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajragan. Uning Shimoliy qismida Amudaryo etaklarida son-sanoqsiz sersuvli o‘zanlar, shim. va shim.-Sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pasttekisliklar, uning janubiy qismida esa, Murg‘ob va Tajan daryolari vodiilarining kattagina qismi tog‘ va adirliklar va ulardan bosh olgan katta-kichik daryo-jilg‘alar etaklarida yuzaga kelgan hosildor erlar joylashgan.
Qadimgi Xorazm mintaqalari hududlarining o‘ziga xos tabiati, shubhasiz, qadimgi. aholining turmush tarzini belgilab-gina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimiy madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qori-shuviga ham kuchli ta’sir etgan. SHu boisdan Xorazmning Shimoliy qismi (Oqchadaryo deltasi)da mil. av. 4—3 ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (Kaltaminor madaniyati) yashagan bo‘lsa, mil. av. 2-ming yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor bo‘lgan qabilalar ( Tozabog‘yop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va mil.av. 1-ming yillik boshlari (9—8-a.lar) da sug‘orma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabog‘yob, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan.
Bu davr Xorazm moddiy madaniyatini o‘rgangan tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, Xorazmdagi o‘ziga xos madaniyat sohiblari Janubiy Turkmaniston va SHimoli-Sharqiy Eron hududlaridagi qadimgi dehqonchilik sivilizatsiyalari bilan uzviy aloqada bo‘lganlar. Bu holat arxaik Xorazm ko‘chmanchi aholisining janubdagi boy sivilizatsiya yutuqlaridan foydalanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Qadimgi Xorazm davlati paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan edi. Bu jarayon avvalo, Sariqamisholdi hududlarida ko‘zga tashlanadi va bu hududlar
Xorazm shaharsozligining boshlanishi bilan bog‘lanadi.
Xorazm arxeologik-etnografik ekaspeditsiyasining tadqiqotlari tufayli bu hududlardan arxaik davrga oid 400ga yaqin manzilgohlar va yirik kanal izlari aniqlangan. Bular orasida o‘zida shaharsozlik belgilarini ask ettirgan eng yirik yodgorlik miloddan avvalgi VI-V asrning o‘rtalariga oid Ko‘zaliqir qal’asi hisoblanadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Xorazm shaharsozlik madaniyati aynan Ko‘zaliqirdan boshlanadi.
Xorazm hududlaridan hozirgi kunga qadar bronza va temir davrining boshlanish davriga oid o‘zida shaharsozlik belgilarini aks ettiruvchi yodgorliklar aniqlanmagan. Xorazmning qadimgi aholisi neolit-bronza davridayoq janubdagi sivilizatsiya markazlari va shimoldagi Andronov madaniyati sohiblari bilan uzviy aloqada bo‘lgan bo‘lib, ushbu aloqalar moddiy madaniyat buyumlarida kuzatiladi, shahar madaniyatida esa kuzatilmaydi. Xorazm ilk shahar madaniyatining
O‘rta Osiyoning boshqa hududlariga nisbatan kechroq rivojlanishi, fikrimizcha, aholi mashg‘ulotiga bog‘liq edi. Mil.avv. I ming yillik o‘rtalariga qadar bu hudud aholisi asosan o‘troq chorvachilik, ko‘chmanchi chorvachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanganliklari bois shaharlarga ehtiyoj sezilmagan. Mil.avv.VI asrning o‘rtalaridan boshlab ya’ni, Xorazm ahmoniylar davlati tarkibiga kirganidan so‘ng bu hududlarda shahar madaniyati jadal rivojlanadi.
M.M.Mambetullaev Xorazm hududlarida shahar taraqqiyotini quyidagi xronologik bosqichlarga bo‘lish mumkinligini taklif etadi:

  1. ahmoniylargacha bo‘lgan davr yoki ilk temir asri shaharlari (mil.avv. VII-VI asr o‘rtalarigacha - Ko‘zaliqir);

  2. ahmoniylar davri shaharlari (mil.avv.VI asr o‘rtlari V asr - Qal’aliqir);

v) ilk antik davr shaharlari (mil.avv.V asr oxirlari–III asr-Xazorasp, Bozorqal’a, Ulli
Guldursun, Qozoqliyotgan va boshq.);
g) etalon arxeologik majmualari o‘tish davri shaharlari (mil.avv. II asr – mil.avv.I asr – Xorazmda hozirgacha yo‘q.);
d) «Kushon» davri yoki so‘nggi antik davr shaharlari (II-IV asrlar - Tuproqqal’a)
Mil. avv. I ming yillikning birinchi choragiga kelib qadimgi Xorazm hududlarida sug‘orma dehqonchilikning taraqqiy etishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi natijasida ibtidoiy jamoa munosabatlari o‘rniga davlatchilik tizimi shakllana boshlaydi. Ushbu tizimning shakllanishida qadimgi shaharlarning ahamiyati nihoyatda katta bo‘ldi. Ammo, ta’kidlash joizki, Xorazm ko‘hna shaharlari orasida eng dastlabki poytaxt qaysi shahar ekanligi hozirgacha aniq emas. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qadimgi Xorazm shaharlarining rejaviy uslublari – ichki va tashqi tuzilishi, himoya inshootlari, tabiiy joylashuvi nuqtai nazaridan ko‘p hollarda bir-biri bilan o‘xshashlik topadi.
Tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan Xorazmning eng qadimgi shahar-qal’alaridan biri bo‘lgan Ko‘zaliqirning shakllanishi mil. avv. VII-V yoki VII-IV asrlarga oiddir.
Chunonchi, mil. avv. VIII-V asrlar butun O‘rta Osiyo hududlarida yirik shaharlarning paydo bo‘lishi bilan izohlanadi.
Ko‘zaliqir qadimgi Xorazmdagi dastlabki tuzilishi ancha aniq bo‘lgan, himoya devorlari bilan o‘rab olinib diniy-topinish xususiyatiga ega bo‘lgan me’moriy yodgorlikni o‘zida aks ettiradi. Uning atroflaridagi keng maydon, aftidan keyingi qurilishlarga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash joizki, mil. avv. VI-V asrlarga kelib O‘rta Osiyo shaharsozlik madaniyatida ibodatxonalar qurilishi muhim bo‘lib, asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ko‘zaliqir O‘rta Osiyoning boshqa shaharlari kabi vohaning mustahkamlangan harbiy-siyosiy va ma’muriy markazi hisoblanib, rivojlangan sug‘orma dehqonchilik bilan ta’minlangan edi.
Ko‘zaliqir haqida yanada batafsilroq to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu yodgorlikda o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm ekspeditsiyasi ko‘plab tadqiqot ishlari olib borgan. Orolbo‘yi vohasidagi qadimgi yirik kanallardan birining yaqinida joylashgan ushbu yodgorlik topilmalari mil. avv. VIII asrdan V-IV asrlargacha sanalangan. Qadimgi Xorazm tadqiqotchilari «ko‘hna shahar» va «qal’a» deb ta’riflagan ushbu yodgorlikdagi turar joylar asosan paxsa va xom g‘ishtdan qad ko‘targan. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qal’a ikkita qurilish davrini boshdan o‘tkazgan. Mil. avv. VI-V asrlarga oid pastki qatlamlardagi g‘ishtlarning o‘lchamlari mil. avv. V-IV asrlarga oid yuqori qatlam g‘ishtlaridan farqlanadi. Undan tashqari sopollarning xususiyati va bronza o‘q uchlarining yasalishida ham ayrim farqlarni kuzatish mumkin.
Ko‘zaliqirning markazidan yirik bino qoldiqlari ochilgan bo‘lib, bu erda yarim metrga yaqin madaniy qatlam saqlangan. Har ikkala qurilish davrida mavjud bo‘lgan ushbu bino 285 kv.metrni egallaydi. Qat’iy rejaviy tuzilish va binoning qat’iy maydoni butun majmuaga salobat baxsh etgan. Markaziy binoning shimol tomonidan uchta minoraning asosi qazib o‘rganilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, ular diniy marosimlar bilan bog‘liq inshootlardir.
Ko‘zaliqir tadqiqotchilar tomonidan ahmoniylargacha bo‘lgan davr bilan sanalanishiga qaraganda Orolbo‘yi hududlarida paydo bo‘lgan birinchi shahar bo‘lishi mumkin. O‘rta Osiyo o‘troq aholi vohalarining Ahmoniylar davlati tarkibiga kiritilishi bilan hududlarning ichki siyosati satrapliklar markazlarida jamlangan edi. Satrapliklar markazlari mustamlakachilik va boshqaruvning asosi bo‘lib, bu o‘rinda urbanistik markazlarning mudofaasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib boradi. Eskilari ta’mirlanib, yangilari shakllanayotgan ushbu mil. avv. VI-IV asrlarga oid shaharlar mudofaasiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, Ko‘zaliqir ham aynan shu toifaga kiruvchi ko‘hna shaharlardan biri edi. Boshqacha qilib aytganda, mil. avv. I ming yillikning o‘rtalaridagi shaharlarning shakllanishida siyosiy-harbiy omil asosiy hisoblangan. Butun qadimgi dunyoda bo‘lganidek, Xorazmda ham shaharlar iqtisodiy, siyosiy va diniy-mafkuraviy markazlar hisoblangan. O‘z vaqtida S.P.Tolstov ta’kidlaganidek, agar Xorazmning eng qadimgi shaharlari markazlarida jamoat-diniy inshootlar joylashgan bo‘lsa, milodning boshlariga kelib shaharlarning markaziy qismini qal’a egallaydi.
Qadimgi Xorazm shaharlari takomillashgan mudofaa tizimiga ega bo‘lib, ko‘hna shaharlardagi avvaldan puxta o‘ylangan rejaviy uslub, me’morchilik ko‘rinishidagi o‘ziga xos xususiyatlar hamda mukammal mudofaa tizimi - Qadimgi Xorazm shaharlari bunyod etilishida aniq fanlar natijalaridan keng foydalanilganidan dalolat beradi. Shuningdek, qadimgi Xorazmning kattakichik ko‘hna shaharlari, rivojlangan, hunarmandchilik, yirik sug‘orish inshootlari-ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklarning ma’lum hududlarda markazlashganligini va bu hududlarda o‘zbek davlatchiligining ko‘pgina belgilari mavjudligini ko‘rsatadi.
Xorazm ekspeditsiyasining say’i-harakatlari tufayli qadimgi Xorazm hududlarida ham ahamoniylar davri yodgorliklari aniqlangan. Ulardan biri – satrapning qurib bitkazilmagan saroyi
Qal’aliqir I bo‘lib, biz u haqda yuqoridagi bo‘limlarimizda eslatdik. YAna bir bu davrga oid ko‘hna shahar Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Ko‘zaliqir bo‘lib, tabiiy tepalik ustida joylashgan. Uning maksimal uzunligi 1000 metr, eni esa 500 metrdan ziyodroqdir. Qazishmalar natijalariga ko‘ra, ko‘hna shahar ikki qator devor bilan o‘rab olinib, tashqi devor minoralar bilan mustahkamlangan. Ichki devor esa turli qurilishlarga tutashib turgan.
O‘ng qirg‘oq Xorazmdagi ahamoniylar davriga oid yana bir yodgorlik Ding‘ilja yaqinidagi manzilgoh hisoblanadi. Qazishmalar natijasida bu erdan 2600 kv.m. maydonga ega bo‘lgan ko‘p xonali katta bino ochib o‘rganilgan. Binodan turar-joy, xo‘jalik va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan 17 ta xona aniqlangan. Bino ikki metr qalinlikdagi tashqi devor bilan o‘rab olingan. Devor to‘g‘ri burchakli va to‘rtburchak yirik g‘ishtlardan bunyod etilgan. Bino qurilishlari mil. avv. V asr oxiri – IV asrning birinchi yarmi bilan sanalangan.
Mil. avv. I ming yillikning o‘rtalarida Xorazm ham rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi. Xorazm tadqiqotlari natijalariga qaraganda VI- IV asrlarda bu hududda yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi. Bu davr Xorazm inshootlari qurilishida xom g‘isht va paxsa ishlatilgan. Manzilgohlar va turar-joylardan topilgan topilmalarning boy va qashshoqligi bu erda mavjud bo‘lgan ijtimoiy va mulkiy tengsizlikdan dalolat beradi. SHaharlar aholisining asosiy mashg‘uloti hunarmandchilik bo‘lgan. Ko‘plab topilgan sopol, bronza va temir buyumlar fikrimiz dalilidir. Xorazmda bu davrda mahalliy o‘troq aholidan tashqari ko‘chmanchi chorvadorlar ham yashagan bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy harbiy to‘qnashuvlar, iqtisodiy va madaniy munosabatlar bo‘lib turgan.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish