III. GLOSSARIY
AKINAK – xanjar — sak, skif va forslarda mil. avv. 1 – ming yillik o’rtasi va 2 – yarmida qo’l jangida sanchuvchi qurol sifatida ishlatilgan. AKROPOL — baland shahar; ark.
ALAY — eski o’zbek tilida qo’shinning old ?atori, jab?a.
ALAM — bayroq, tug’.
ALAF PULI — O’rta Osiyo xonliklarida yaylov, bedazor, mevali bog’ va uzumzorlardan olinadigan soliq.
ALLOF — g’alla sotuvchi; un sotuvchi; g’alla va yem – xashak sotuvchi shaxs.
AMID — Mahalla, qishloq oqsoqoli, arbobi.
AMIN — Buxoro amirligida tuman yoki qishloq oqsoqoli.
AMIR — amir qiluvchi, boshliq, hokim – lashkarboshi, hokim, bek.
AMLOK – yer – mulk — o’rta asrlarda davlat ixtiyoridagi yer – suv va umuman, turli – tuman boylik.
ANARXIZM — hokimiyatsizlik, beboshlik – rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish – irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi jamiyat to’trisidagi ta’limot.
ANAXITA — zardushtiylik dinida obodonlik va farovonlik ma’budasi. Nohid deb ham atalgan.
ANGUShT – barmoq — qadimiy kichik uzunlik o’lchov birligi, ko’rsatkich barmoqning o’rta bo’g’ini kengligiga teng.
ANIMIZM – jon, ruh — jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo bo’lgan.
ANTIK — qadimgi.
ANTIK DAVR – qadimgi — keng ma’noda qadimgi davrni anglatuvchi termin; iste’molda bo’lgan ma’noda esa Yunoniston va qadimgi Rim tarixi va madaniyatining ellinizm davrini (miloddan avvalgi IV asrdan milodiy V asrgacha) anglatadi.
ANTROPOGENEZ — odamning paydo bo’lishi va anatomik, biologik hamda fiziologik jihatdan rivojlanish va takomillashish jarayoni.
ANTROPOLOGIYa – odam haqida tushuncha — odamni o’rganuvchi fan; odamning suyak tuzilishi, teri va sochining rangi va boshqa belgilariga qarab uning kelib chiqishi, irqi, morfologik tiplari, fiziologik, jinsiy va boshqa xususiyatlarini o’rganadi.
AXRIMAN — zardushtiylik dinidagi yovuz kuchlar, zulmat va o’lim boshliqi, Axuramazdaning dushmani, inson ruhiyatidagi salbiy hissiyotlarning timsoli.
ARAKS — Amudaryoning qadimiy nomi. Bu nom asosan miloddan avvalgi asrlardagi yunon muarrixlari asarlarida uchraydi.
ARIZ DEVONI — Somoniylar davlatida qo’shin ta’minoti, yaroq – aslahalar, intizom bilan shug’ullanuvchi muassasa.
ARK — ichki qal’a.
ARXEOLOGIYa — qadimshunoslik — qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik jamiyati o’tmishini o’rganuvchi fan.
BAKOVUL — 1) podsho, amir, xon saroyida ularga atalgan ovqatni totib ko’ruvchi va ovqat tayyorlash ishiga mas’ul mansabdor; 2) Buxoro amirligida saroy oshxonasini boshqargan amaldor.
BAKOVULBOShI — saroy oshpazlari boshliqi.
BANNO — g’isht teruvchi, usta.
BARANG’AR, barang’or, burong’or (turkcha) – o’ng — qadimgi turk – mo’g’ul
xalqlarida g’arbiy – ma’muriy istiloh;
BARGUSTVON — jang vaqtida o’q, qilich va nayza o’tmasligi uchun ot ustiga tashlanadigan maxsus yopi? yoki sovut.
BARID — 1) Chopar, xat eltuvchi, pochtalon; 2) XIV – XVI asrda O’rta Osiyo xalqlarida keng ko’llanilgan masofa o’lchovi bo’lib, ikki farsax, ya’ni taxminan o’rtacha 12 km ga teng yo’l bo’lgan.
BARLOS — o’zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri.
BARMOQ — qadimiy uzunlik o’lchov birligi. XVIII asrdan keng muomalada bo’lgan.
BARONG’OR — qo’shinning o’ng qanoti.
BAROT — 1. Podsho tomonidan berilgan ozodlik xati; 2) Biror narsa, chunonchi unvon olganlik yoki imtiyoz berilganlik haqidagi, shuningdek, xalqdan soliq to’plash yoki pul, g’alla hamda yem – xashak olish uchun berilgan yorli?, guvohnoma.
BATRAK — Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida xonavayron bo’lgan, yirik yer egasi xo’jaligida yollanib ishlovchi kambag’al dehqon.
BAXShI — 1) Xalq dostonlarini kuylovchi shoir; 2) Duolar o’qib, dam solib, irim – sirimlar qilib davolovchi tabib; 3) Buxoro xonligida qurilish uchun belgilangan mablag’larning hisob – kitobini yurituvchi lavozimli kishi.
BEGOR – majburiy xizmat; tekinga majburiy ishlab berish.
BEK – hukmdor, yo’lboshchi, xo’jayin, er.
BIY — 1) qabilaning yoki qabilalar ittifoqining boshliqi, to’rasi; 2) yuqori
mansabli kishilarni ulug’lash uchun ishlatilgan so’z yoki ularga berilgan unvon;
BIHISTUN KITOBALARI — Doro I topshirig’iga muvofiq Hamadon viloyatidagi Kirmon shahri yaqinida qoyaga bitilgan yozuv va tasvirlar. U bitta katta va bir necha mayda kitobalardan iborat. Bi?istun kitobalari mixxat bilan qadimgi forsiy, elamiy hamda bobuliy yozuvda bitilgan.
BOBIYLIK — Eronda 1848 – 1852 yillardagi ommaviy qo’zg’olonlarga boshchilik qilgan diniy mazhab.
BUDDIZM — eramizdan avvalgi VI – V asrlarda Hindistonda paydo bo’lgan din.
U o’z nomini budda so’zidan, ya’ni dinning asoschisi nomidan olgan.
BURJ — 1) quyoshning yillik harakat yo’li bo’ylab joylashgan o’n ikkita yulduzlar turkumining majmui va ularning har biri (Hut, Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jad’iy, Dalv); 2) qal’a devorining cho’qqisi; minora; shahar devorining burilish joylariga qurilgan va soqchilar turadigan qorovulxona.
BUG’RO — 1) Taomning nomi; 2) Bichilmagan tuya; 3) Ulug’, buyuk.
VARVARLAR – ajnabiy, chetdan kelgan odam — qadimgi yunonlar va rimliklar ta’biricha, boshqa yurtdan kelib qolgan kishi; ajnabiy; johil, vahshiy, zolim odam, sivilizatsiya dushmani.
VASIQA – shartnoma, kelishuv, majburiyat.
GAZ — bir tirsakka teng uzunlik o’lchovi bo’lib, Eronda uni ko’proq zar, zir’a va arsh deb ham ataganlar. O’rta asrlarda bir gaz 62 sm.ga teng bo’lgan.
GERALDIKA – gerb; nishon — qadimiy gerblar, turli – tuman nishon, tamg’a va belgilarni o’rganadigan tarix fani sohasi.
DAXSER — og’irlik o’lchov birligi. Ayrim joylarda 32 kilogrammga, ayrim joylarda esa 60 kilogrammga teng bo’lgan.
DAHA – o’nlik — o’rta asrlarda O’rta Osiyo va Eronda o’n kishidan iborat jangovar otryad; XIX asrda O’rta Osiyo va Eronda katta shaharlarda taxminan o’n Mahallani birlashtirgan hududiy birlik, kvartal.
DAHBOShI — o’nboshi; o’n kishilik bo’linma boshliqi.
DEKRET – qaror, farmoyish.
DESYaTINA — yer sathi o’lchov birligi. 1 desyatina 2400 kvadrat sarjinga yoki 1,09 gektarga teng bo’lgan.
DINOR — o’rta asrlarda Arab xalifaligi hududida, umuman sharq mamlakatlarida muomalada bo’lgan va 1 misqol (4,8 gramm) og’irlikda bo’lgan oltin tanga. XIV asrda Movarounnahrda bir dinor ikki misqol kumushga teng bo’lgan.
DIRHAM – draxma — 0,01 Attika minasiga teng pul birligi; 1G`8 untsiya yoki
3,411 grammga baravar og’irlik o’lchovi; Misqolning (4,8 gramm) o’ndan yetti
?ismiga teng (3,36 gramm) bo’lgan kumush pul;
DORIK — tilla tanga; Ahmoniylar Eronida pul muomalasida ishlatilgan asosiy pul birligi. U ilk bor Doro I tomonidan muomalaga kiritilgan, binobarin, nomi ham shundan olingan. Dorik toza oltindan (980 – proba) zarb etilgan, vazni 8,4 gramm bo’lgan.
DUBULG’A — tig’ yoki o’qdan saqlanish uchun temir yoki po’latdan ishlangan bosh kiyimi.
YoM — o’rta asrlarda taxminan bir kunlik yo’lda elchilar va choparlar to’xtab o’tishi uchun qurilgan bekat.
YoRLIQ, YoRLIQ — buyruh, farmoyish, rasmiy hujjat – o’rta asrlarda amirlar, ruhoniylar yoki savdogarlarga biror imtiyoz berilganligi (masalan, soliqlarning ba’zilaridan yoki umuman ozod qilingani, chet davlatlarga borib savdo – sotiq qilishi mumkinligi) haqida markaziy hukumat tomonidan beriladigan rasmiy hujjat.
YoRG’I yoki YoRG’U — sud majlisi; hukm; jazolash; o’ch olish ma’nolarida ko’llanilgan. Shuningdek, Buxoro amirligining Sharqiy bekliklarida og’ir soliq va xirojlarni to’lashdai bosh tortgan dehqonlardan undirilgan jarima ham yor?u deb atalgan. Buxoro amri Nasrulloxon joriy etgan vaqf yerlarni musodara qilish.
YoSO – qonun - qoida — Chingizxon tomonidan joriy etilgan va davlatni idora qilish tartib – qoidalarini o’z ichiga olgan qonun. Bu qonun – qoidalar ?anday bajarilayotganligini nazorat qilib turuvchi mansabdor yosovul deb atalgan.
YoSOL — qo’shinning jang olidan saf tortib turishi.
JAV — og’irlik va uzunlik o’lchov birligi; arpa donasi: 0,045 grammga teng.
JADIDChILIK – «jadid» – «yangi» — yangilanish, yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari tarafdorlarining umumiy nomi.
JAYXUN – katta — Amudaryoning o’rta asrlardagi nomi.
JALLOB — 1) Tuyoqli mol olib sotuvchi; 2) Olib – sotar, chayqovchi.
JEZ — bronza – mis, qo’rg’oshin va rux qotishmasi.
JIBA — sovut.
JIBAXONA — aslahaxona; qurol – yaroq ombori; arsenal.
JILOVBARDOR — o’rta asrlarda mansabdorlarning otlariga qarovchi va ularga yo’lga chiqishda otni rostlab berib, yo’ldan ?aytganda kutib oluvchi xizmatkor.
JOGIR — tiyul; in’om etilgan yer – suv yoki viloyat.
JUZ’Ya – jon soliqi — dastlab Arab xalifaligida (VIII – IX asr), keyinchalik boshqa musulmon davlati fu?aroligiga o’tgan kishilar («a?l az – zimma» – «musulmon davlati ?imoyasidagi kishilar»)dan shariat me’yorlariga ko’ra musulmon bo’lmagan fu?arolardan olinadigan jon soliqi.
ZARDUShTIYLAR — qadimgi zardushtiylik diniga e’ti?od qilgan ?ishilar. Bu din eramizdan avvalgi 1 ming yillik boshlaridan boshlab qadimgi Eron va O’rta Osiyoda keng tar?algan.
ZINJANTROP — Zinj – Sharqiy Afrikaning qadimgi arabcha nomi va yunoncha anthropus — odam. Avstralopiteklarga mansub qadimgi ?azilma odamsimon maymun. ILMI NUJUM — yulduzlar ilmi; astronomiya.
INJU — Chingizxon sulolasi a’zolariga tegishli yer – suv; keyinchalik sho?lar, amirlar, xonlar xonadoni a’zolariga tegishli yer – suv. Mulki inju deb ham yuritiladi.
INTEGRATSIYa — tiklanish, to’ldirish, turli xalqlarning birlashuvi, turli etnoslarning bir hududda etnik – madaniy alo?alar o’rnatish jarayoni.
IQTO — kesish, ajratib berish, mukofot tari?asida ajratib berilgan yer – suv.
YIQOCh — qadimgi masofa o’lchov birligi.
KADIVAR – oila boshliqi, uy egasi — ilk yer egaligi munosabatlari davrida (V –
VI asrlar) O’rta Osiyo qishloqlarining boy tabaqasi bo’lgan dehqondan ijaraga yer olib kun kechiruvchi qishloqning qashshoq, lekin ozod tabaqasi.
KARAT (XIROT) — og’irlik o’lchov birligi. Bir karat 0,177 grammga teng.
Karat o’lchovi asosan qimmatbaho toshlarni o’lchashda ishlatiladi.
KEPAK yoki KEPAKIY — Chigatoy ulusidagi mo’g’ullarning pul birligi. Chigatoy ulusi hukmdori Kepakxon ibn Duvaxon (1318 – 1326) tomonidan
o’tkazilgan pul islohoti natijasida muomalaga kiritilgan.
KORANDA – ekuvchi, ishlov beruvchi — O’rta Osiyoda yerni ijaraga olib ishlovchi dehqon; chorikor.
Do'stlaringiz bilan baham: |