Birinchi
guruhga
mansub
adabiyotlarning
mualliflari
jumlasiga
P.I.Nebol’sin, V.V.Grigor’yev, Ch.Ch.Valixanov, A.Kun, A.P.Xoroshxin,
L.Kostenko, M.A.Terent’yev va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Qo‘qon xonligi davri tarixiga doir ikkinchi guruh adabiyotlarini sovet
davrida yaratilgan asar va tadqiqotlar tashkil qiladi.
Bu davrda Qo‘qon xonligi
davri tarixining turli masalalariga oid tadqiqotlar olib borgan olimlar jumlasiga
A.P.Qayumov, A.L.Troiskaya, R.N.Nabiyev, H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, S.X.
Ishanxanov, T.K. Beysembiyev, Sh.H.Vohidov kabilarning asar va tadqiqotlarini
kiritish mumkin
4
.
Qo‘qon xonligi shaharlarining tarixiga doir adabiyotlarning uchinchi
guruhini iqtiqlol davrida nashr etilgan ilmiy tadqiqotlar tashkil etadi. Mustaqillik
yillarida O’zbekiston tarixining turli davrlari, xususan, xonliklar davri tarixi,
shaxar-davlatlar tarixi ham yangicha qarash va yondashuvlar asosida o’rganila
boshlandi. O’zbekiston hududida qadimdan beri shakllanib va rivojlanib kelgan
milliy davlatchilikning ajralmas qismi bo’lgan Qo’qon xonligi davri tarixi, unda
kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy jarayonlarning ayrim jihatlariga
bag’ishlangan turli asarlar, tadqiqotlar va maqolalar chop etildi. Ularda Qo‘qon
shaxri tarixining siyosiy, madaniy hayoti va xonlik xalqlarining Rossiya tajovuzi
hamda hukmronligiga qarshi kurashi, Qo’qon xonligi shaxarlaridagi xalq
harakatlari, ularning ijtimoiy-siyosiy asoslari, turli tarixiy shaxslarning mamlakat
siyosiy hayotida tutgan o’rni, xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ba’zi
masalalari, ma’muriy-boshqaruv tizimining ayrim muammolari, xonlikning
Sharqiy Turkiston bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari davri
manbashunosligi masalalari ko’tarilgan va o’zining ilmiy talqinini topgan. Bunday
tadqiqotlar
jumlasiga
H.N.
Bobobekov,
H.Z.Ziyoyev,
Sh.H.Vohidov,
4
Қаюмов А. Қўқон адабий муҳити. – Тошкент, 1961. – 563 б.; Троицкая А. Л. Каталог архива Кокандских
ханов XIX века. – Москва: Наука, 1968. – 582 с.; O’sha muallif. Материалы по истории Кокандского ханства
XIX в. – Москва: Наука, 1969. – 154 с.; Набиев Р. Н. Из истории Кокандского ханства (Феодальное
хозяйство Худояр-хана). – Тошкент: Фан, 1973. – 476 с.; Зиёев Ҳ. З. Ўрта Осиё ва Сибирь (XVI – XIX
асрлар). – Тошкент, 1962. – 88 б.; O’sha muallif. Ўрта Осиё ва Волга бўйлари (XVI – XIX асрлар). – Тошкент,
1965. – 237 б.; Бабабеков Х. Н. Народные движения в Кокандском ханстве и их социально-экономические и
политические предпосылки (XVIII – XIX вв.). – Тошкент: Фан, 1990. – 118 с.; Бейсембиев Т. К. “Тарихи
Шахрухи” – как исторический источник. – Алма-Ата: Наука, 1987. – 198 с.
6
G.A.Agzamova, D.Sangirova, V.Ishquvvatov, Z.A.Ilhomov, B.Ya.Tursunov,
O’.A.Sultonov,
Sh.Yu.Mahmudov,
Z.Sh.Madrahimov,
Sh.T.Qo’ldoshev,
B.M.Babadjanov, M.O.Alixojiyev kabilarning asar, dissertatsiya va maqolalarini
kiritish mumkin
5
.
Do'stlaringiz bilan baham: |