3
Kirish
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Milliy mustaqilligini
qo`lga kiritgan O`zbekiston yangi yo`ldan taraqqiy eta boshladi. Mustaqillikka
erishganidan so’ng O’zbekiston o’tgan yigirma etti yil ichida o’ta mashaqqatli va
sharafli yo’lni bosib o’tdi. Buni oldindan yaxshi bilgan O`zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti I.A. Karimov ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O’z
istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm
merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-
zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”, deb aytgan
so’zlari zamirida qanchalik chuqur hayotiy ma’no borligini yana bir bor
anglaymiz
1
.
Shu bilan birga, istiqlol O`zbekiston xalqiga ma`naviy uyg’onish, o`zlikni
anglash, boy tarixiy o`tmishini o`rganishga imkon yaratib berdi. Mustaqillik tufayli
o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va ma`naviy merosini
o`rganish, undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi.
Ma`naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va
taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan ushbu ma`naviy va mafkuraviy asosni
mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. Zero,
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganidek
“…tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk
ajdodlarimizning ishlari va jasorati tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik
ongini shakllantirmoqda”
2
. Birinchi Prezident tarixiy xotira to`g’risida fikrini
davom ettirar ekan – “Tarixiy xotira tuyg’usi to`laqonli ravishda tiklangan, xalq
bosib o`tgan yo`l o`zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo`qotish va
qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o`rganilgan taqdirdagina
chinakam tarix bo`ladi,”
3
– deya haqli ravishda qayd etgan.
1
Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O’zbekiston, 2011. – B. 27.
2
Каримов И. А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари // Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. 6 – жилд. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998. – Б. 127.
3
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent.: Ma’naviyat, 2008. – B. 97.
4
O`zbekiston hududi shaharlarga boy hisoblanadi. Yurtimizda Toshkent,
Qo`qon, Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro, Xiva, Urganch, Termiz, Qarshi,
Jizzax kabi qadimiy shaharlar bilan bir qatorda, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq,
Sirdaryo, Guliston, Quvasoy, Nukus, Angren, Oxangaron va boshqa ko`plab yosh
shaharlar ham mavjud. Bu shaharlar nomlarining o`ziyoq bir tarix xisoblanadi.
O`zbekiston shaharlari aksariyatining nomlanishi xaqida turli xil ma`lumotlar
mavjud.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Qo‘qon shahrini o‘rta asrlardagi
tarixini o`rganish va tahlil qilib, xulosa chiqarish mavzuning dolzarbligini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: