50
Xulosa
Bugun asrlar davomida orzu qilingan istiqlolga erishib, milliy davlatchili-
gimizni tiklamoqdamiz va mustaqil davlat qurmoqdamiz. Davlatimizning
qanchalik tez ulg’ayishi, kuch-quvvat ato etishi, dunyo hamjamiyatida o’ziga
munosib o’rin egallashi, avvalombor, xalqimiz ma’naviy saviyasi, g’ururi va faxri
nechog’lik yuksak bo’lishiga bog’liqdir. Ana shuni inobatga olgan holda yangi
jamiyat barpo etishda eng asosiy yo’nalishlardan biri sifatida xalqimiz tarixini,
ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasi qo’yildi.
Istiqlol tufayli ushbu bitiruv malakaviy ishida yoritilgan Farg’ona
vodiysining, jumladan o‘rta asrlar davrida Qo‘qon shahrining toponomik tarixi va
madaniyati ham mustaqil vatanimiz tarixining ajralmas bir bo’lagi hisoblanadi.
Qo‘qon xonligi shaharlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini tadqiq
qilish shuni ko‘rsatdiki xonlikdagi shaharda ichki va tashqi urushlar kuchaygan
davr sifatida belgilansada madaniy hayot bir maromda bo’lmasada taraqqiy etdi.
Bu davrda poytaht Qo’qon va xonlikning boshqa yirik shaharlarida ko’plab
me’moriy yodgorliklari barpo etildi. Xususan, poytahtda Xudoyorxon O’rdasi,
Hokim Oyim madrasasi, Andijonda Sulton Murodbek madrasasi, Namangan
Mavlavi madrasasi va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning ichida XIX asr
ikkinchi yarmi noyob arxitektura yodgorligi hisoblangan yuzdan ortiq xonadan
iborat Xudoyorxon saroyi alohida o’rin tutadi. U o’zining koshinlari, naqshlari
rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi. Bu davrida ham ko’plab
tarixchlilar yashab, ijod qildilar. Ularning asarlari Ozbekiston tarixi to’g’risida
muhim manbalardan xisoblanadi. Shuningdek, bu davrda ko’plab shoirlar ijod
qilgani ham ahamiyatlidir. Nodira, Uvaysiy, Shavqiy Namongoniy, Gulxaniy,
Maxmur, Muqimiy, Furqat va boshqalar shular jumlasidandir. Bu davrda xalq
ijodiyoti, amaliy san’at, musiqa, tasviriy sana’t kabi sohalar rivoj topib xozirda
ham bular o’zini ijobiy ta’sirini o’tkazmoqda. Bu davrda Qo’qon xonligini qo’shni
mamlakatlar bilan ijod ahlini o’zaro hamkorlikda madaniy va adabiy aloqalar olib
bordi.
51
Xullas, o‘rta asrlar davrida, butun Vatanimiz tarixida bo’lgani kabi Farg’ona
vodiysi shaxarlarida ham shaharsozlik madaniyati, me’morchilik san’ati rivojlana
boshladi. Shaharda xonliklar davrida ko‘plab me’moriy obidalar qurildi. Ilm-fan va
madaniyatni rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratildi.
Vatanimiz xalqlari tarixining muhim qismi bo’lgan Qo‘qon shahrining o‘rta
asrlar davridagi tarixi va madaniyatini yangidan, xolisona yoritib berish-ana shu
muhim vazifalardan biri xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: