Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)



Download 0,85 Mb.
Sana18.02.2022
Hajmi0,85 Mb.
#453562
Bog'liq
BOBUR SLAYD — копия

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)

Bobur ham shoh, ham shoirdir. Bobur 1483-yil Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ilgan. Otasi Umarshayx Mirzo Amir Temurga to’rtinchi avlod-evara edi. Onasi Qutlug’ Nigorxonimning otasi Yunusxon esa o’n ikki avlod bilan Chingizxonga ulanardi. Bobur insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng mashhur shaxslaridan biridir.

Bobur 12 yoshida otasidan ayriladi va Farg’ona hokimligi zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo’ladi. Keyin ham BI NECHA marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo’ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo’ldan boy beradi. 1503-yilda Jayhun(Amu)ni kechib, Xurosonga o’tdi. Kobul va G’aznani qo’lga kiritdi. So’ng 1526-yilda esa Hindistonni zabt etib, katTa saltanat o’rnatdi.

Andijon shahrida Bobur nomida universitet, teatr, kutubxona, milliy bog’(“Bog’i Bobur”)bor. Bobur milliy bog’i majmuasida “Bobur va jahon madaniyati”muzeyi, shoirning ramziy qabr-maqbarasi bunyod etilgan. O’zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi.

Ijodiy merosi. U 20 yoshida yangi bir yozuv-”Xatti Boburiy”ni kashf qildi. Musiqa bilan shug’ullanib, “Chorgoh” maqomiga “savt”lar bitdi. 1521-yilda soliq ishlarini tartibga soluvchi “Mubayyin al-zakot”(“Zakot bayoni”) asarini yozdi. 1523-1525-yillarda aruz vazni haqida “Muxtasar” nomli risola bitdi. “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” nomli asarlari hozirgacha topilgan emas. Xo’ja Ahrorning “Volidiya” asarini she’riy yo’l bilan o’zbekchaga o’girdi.

Mashhur kishilarning Bobur haqidagi fikrlari:

Hasanxo’ja Nisoriydan: “ U turli go’zal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelar edi”.

Javoharla’l Neru: “ Bobur dilbar shaxs, Uyg’onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo’lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko’rardi”…

Monstyuart Elfinston: “Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o’z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi”…

Rumer Goden: “Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bo’lsa-da, u o’z saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga ko’tarildi. O’z mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu o’lkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi”.

“Bobur va jahon madaniyati” muzeyi

Zahiriddin Muhammad bobur nomli madaniyat va istirohat bog’i.

Zahiriddin Muhammad bobur nomli “DO’STLIK” BOG’I.

RUBOIYLAR.

HAR KIMKI, VAFO QILSA – VAFO TOPQUSIDUR,

HAR KIMKI, JAFO QILSA – JAFO TOPQUSIDUR.

YAXSHI KISHI KO’RMAGAY YOMONLIK HARGIZ, HAR KIMKI, YOMON BO’LSA – JAZO TOPQUSIDUR!

YOD ETMAS EMISH KISHINI G’URBATDA KISHI,

YOD ETMAS EMISH KISHINI G’URBATDA KISHI,

SHOD ETMAS EMISH KO’NGULNI MEHNATDA KISHI,

KO’NGLUM BU G’ARIBLIKDA SHOD O’LMADI, OH,

G’URBATDA SEVINMAS EMISH ALBATTA KISHI.

TUZ OH, ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR,

YUZ OH, ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR!

SARRISHTAI AYSHDIN KO’NGULNI ZINHOR

UZ, OH, ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR!

JONIMDA MENING HAYOTI JONIM SENSEN,

JISMIMDA MENING RUH-U RAVONIM SENSEN.

BOBURNI SENINGDEK O’ZGA YO’Q YORI AZIZI,

ALQISSAKI, UMRI JOVIDONIM SENSEN.

MUTAXASSISLARNING FIKRICHA, SAQLANIB QOLGAN SHE’RLARINING SONI 400DAN ORTIQ. Shundan 119tasi g’azal, 231tasi ruboiy. SHUNINGDEK, SHOIR DEVONIDAN TUYUQ, FARD, MASNAVIY, QIT’A, MUAMMO KABI JANRLAR HAM JOY OLGAN.

1526-YILNING 21-DEKABRIDA BOBUR DUSHMANLARI TOMONIDAN ZAHARLANIB, TASODIF TUFAYLI OMON QOLADI. BU AHVOL 25-26 KUN DAVOM ETADI. BOBUR 1530-YILNING 26-DEKABRIDA AGRADA VAFOT ETADI. KEYIN UNING XOKI, VASIYATIGA MUVOFIQ, KOBULGA KO’CHIRILADI.


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish