ASAR HAQIDA - Eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan (taxm. 1518/19—1530).
- «Boburiya», «Voqeoti Bobur», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Tabaqoti Boburiy», «Tavorixi Boburiy» kabi nomlar bilan ham ma’lum.
- Boburning o‘zi esa «Vaqoe» va «Tarix» degan nomlarni ishlatgan.
«Boburnoma» o‘zida bayon qilingan voqealar jarayoniga ko‘ra 3 qismga: «Boburnoma» o‘zida bayon qilingan voqealar jarayoniga ko‘ra 3 qismga: - Boburning Movarounnahr (1494—1504);
- Afg‘oniston (1504—24);
- Hindiston (1524— 30) dagi hukmdorlik davriga bo‘linadi.
Jahongashta - “Boburnoma”! - Jahonda birinchi to‘liq nashrini (ingliz tilida) 1826 y.da J. Leyden va V. Erskin amalga oshirdi. F. Talbot esa mazkur nashr asosida 2 marta (1878, 1909) uning qisqartirilgan nashrlarini chop ettirdi. 1921 y.da ingliz sharqshunosi A. Beverij «B.»ni mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning o‘zida «B.» tarjimalari 9 marta nashr etildi.
- Forschaga (1586), undan parchalar Vitsen tomonidan golland tiliga (1705), A. Keyzer tomonidan qisqartirilgan holda nemis tiliga (1828), Pave de Kurteyl tomonidan to‘la holda fransuz tiliga (1871) tarjima qilingan.
- N. I. Ilminskiy Qozonda nashr ettirdi (1857).
- M. Sale rus tiliga to‘la tarjima qilib, 3 marta (1958, 1982, 1993) nashr ettirdi…
P. Shamsiyev va S. Mirzaevlar tomonidan «Boburnoma»ning ikki jildli (1948) va bir jildli (1960) nashri chop etildi. - P. Shamsiyev va S. Mirzaevlar tomonidan «Boburnoma»ning ikki jildli (1948) va bir jildli (1960) nashri chop etildi.
- Istiqlol yillarida Bobur haqida Qomus yaratildi.
Memuar nima? - "Memuar" fransuzcha "esdalik" ma'nosini anglatadi. Muallifning o'zi qatnashgan yoki ko'zi bilan ko'rgan real voqealar haqida hikoya qilingan asar memuar asar hisoblanadi. Oybekning "Bolalik", A. Qahhorning "O'tmishdan ertaklar" asarlari memuarning namunalaridir.
- Memuar asarlar bayon qilish shakli, zamoniy izchilligi jihatidan kunda-liklarga o'xshab ketsa, materialning tabiati, tasvirlanayotgan voqealarning haqqoniyligi, badiiy to'qimaning yo'qligiga ko'ra ilmiy asarlarga yaqin turadi.
Bilimingizni sinang! - Bobur necha yoshda 1-marta Samarqandni egallaydi?
- Bobur “Xatti Boburiy”ni kashf qilganda necha yoshda edi?
- Boburning lirik merosi?
- Bobur kimning qaysi asarini she’riy yo`l bilan tarjima qildi?
- “Boburnomada” “Baldan mahfuza” deb ta’riflangan shahar?
- Boburnomada ikki meva Samarqanddan ham mashhur deyilgan. Bu qaysi meva edi?
- “Boburnoma” da qaysi shaharning qirmizi baxmali haqida, uning atrof javonibga tarqatilishi (eksport qilinishi) haqida aytilgan?
- Qanday asarlar memuar asar deyiladi?
- XX asr o`zbek adabiyotida qanday memuar asarlar bor?
E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!
@Programmist86
Do'stlaringiz bilan baham: |