Zahiriddin Boburning Toshkent shahriga doir qarashlari uning toj-taxt uchun kurash va yashash davri bilan bevosita bog‘liq



Download 21,16 Kb.
bet2/2
Sana24.03.2022
Hajmi21,16 Kb.
#507278
1   2
Bog'liq
Документ (4

Yod etmas emish kishini
mehnatta kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni g‘urbatta kishi.
Ko‘nglum bu g‘aribliqta
shod o‘lmadi hech,
G‘urbatta sevunmas emish,
albatta, kishi".
Zahiriddin Boburning Toshkentga safari bo‘yicha uning xon bilan qaysi masalada kengroq muzokara olib borganligi haqida ma'lumot juda kam. Shunga qaramasdan, har holda, Toshkent xonligi uchun Shayboniyxonning ham, Ahmad Tanbalning ham dushmanona munosabati aniq bo‘lsa kerakki, Boburning xonga bergan maslahati asosida xonlikka qarashli Pskent va Somsiyrak atrofida mudofaa choralari ko‘rilganligi yosh Boburning harbiy strategik qarashlari o‘sha paytda shakllanganligidan darak beradi.
Zahiriddin Boburning Toshkentda bo‘lgan davri, ehtimol, uning tafakkuridagi eng talotum payt bo‘lsa kerak. Chunki "Boburnoma"da "Oxir mundoq sargardonliqtin va bu nav' bexonumonliqtin jonga yettim. Dedimkim, mundoq dushvorliq bila tirilguncha, bosh olib yitsam yaxshi. Bu nav' xorliq va zorliq bila el bilguncha, oyog‘im yetgancha ketsam yaxshi. Xitoyga bormoqni jazm qildim" desa, quyiroqda fikri yana o‘zgargani, Toshkentga nisbatan osoyishta joyda o‘zining kelajagini qaysi yurt va davlatlar bilan bog‘lashni o‘ylagani, xayollari bir-birini inkor etuvchi rejalar bilan chalkashib ketganini ang­laymiz. Uning bir qarorga keldim degan bu rejasini hammadan sir tutganini, hatto "bu xayolimdin hech kishi sohibvuquf ham qilib bo‘lmas edi. Ne jihattinkim, onamg‘a xud mumkin emas erdikim, mundoq so‘zlarni ayta bo‘lg‘ay" deb, Mo‘g‘uliston va Turfonga borishni, shunda barcha mushkulliklar, Shayboniy va Tanbal muhorabalaridan xoli bo‘lishi mumkinligi haqida Toshkent shahrida turib rejalar tuzadi.
Har holda, Bobur Toshkentda kichik xonni kutib oladi va taqdirning charxi Bobur tomonda bo‘lib Toshkent xoni "Toshkandta kelib bot-o‘q Sulton Ahmad Tanbalning ustiga Andi­jong‘a cherik torttilar. Kandirlik dobonining yo‘li bilan mutavajjih bo‘ldilar. Ohangaron julg‘asi yeta kichik xonni va meni ilgarrak ayirdilar. Dobondin oshib Zirkon va Karnon navohisida ikki xon qatildilar. Karnon navohiysida bir kun dim ko‘rdilar, cheriklarini o‘ttiz ming chenadilar".
Toshkent xonligining harbiy tartiblarining orasida "o‘ron" - bugungi istilohda "parol"ning ishlatilish tartibi Toshkent shahri tarixi uchun ham juda muhimligini alohida ta'kidlash joiz. Masalaning muhim tomoni yana shundaki, muhorabalarni ancha boshidan o‘tkazgan, Bobur uchun ham "Toshkand", "Sayram" so‘zlarining askarlar orasida parol so‘zi sifatida ishlatilishini eshitish qiziq edi. "Boburnoma"da bu manzara garchi Toshkentda emas, Andijon atrofida bo‘lgan bo‘lsa ham "Toshkand" atamasi parol bo‘lgani Toshkent shahri tarixini jiddiy o‘rganish va shunga o‘xshash dalillarni topib bugungi yoshlar dunyoqarashini Vatanga mehr darajasida ko‘tarish mumkinligiga shubha yo‘q. Eng muhimi, ushbu holatning ishtirokchisi Boburning o‘zi bo‘lgani, Toshkent shahri bois Bobur ham buni kitobida batafsil keltirgani muhim. Mazkur holat o‘ta qiziqarli bo‘lganligi bois biz ham bu parchani to‘liq keltirishni ma'­qul bildik: "Bu kayfiyat mundoq ekandurkim, Ayyub Bekchikning tumanidin bir necha mo‘g‘ul O‘shdin bizdin ayrilib qozoqliqqa andijonning girdig‘a kelgan ekandurlar. Bizning cherikning g‘avg‘osin eshitib, inchkalik bila ilgarrak kelib o‘rondashurlar. Bu o‘ron ikki nav' bo‘lur: ulkim, har qavmning o‘roni bor, nechukkim, ba'zi qavmning o‘roni "durdona"dur va ba'zining "to‘qboy", ba'zining "lulu"; yana bir tamom cherikka ish mahalida ikki lafzni o‘ron qo‘yarlarkim, ish vaqtida uchrashqonda, biri bir lafzini aytqonda, yana bir ul ma'hud lafzni aytqay, to bu tariq bila el yog‘iydin ayril­g‘ay va o‘z kishisini yotdin farq qilg‘ay. Ul yurushta ma'hud o‘ron alfozi "Toshkand" bila "Sayram" edi. "Toshkand" desa, "Sayram" deyilgay, "Sayram" desa, "Toshkand". Bu orada - sho‘rda Xoja Muhammad Ali ilgarrak ekandur. Mo‘g‘ullar: "Toshkand", "Toshkand" deb kelurlar. Xoja Muhammad Ali sirt kishi iztirobta bo‘lur, muqobalada ul ham "Toshkand", "Toshkand" der. Mo‘g‘ullar yog‘iy kishisi xayol qilib suron solib, tablboz cholib, o‘q qo‘yarlar. Ushbu tariq g‘alat g‘avg‘o bila turmab parishon bo‘lduk".
Shunday qilib, biz "Boburnoma"da Toshkent shahri bilan bog‘liq voqealarning asar muallifi sarguzasht­lari va Toshkent xonligida bo‘lib o‘tgan voqealar, shaxslar dunyoqarashi bilan bog‘liqlikda tahlil qilishga harakat qildik. "Boburnoma"ning so‘nggi sahifalarida ham Toshkent haqida ikki-uch marta so‘z borsa-da, ular geografik atama sifatida kelgan va sharhlashga muhtoj emas. Yuqoridagi voqeadan keyin Ahmad Tanbal Toshkent xoni harbiy yurishlaridan o‘z kuchini yo‘qotib, lashkarlari orasida parishonlik bo‘ladi va Zahiriddin Bobur Afg‘oniston - Kobulga yo‘l oladi va u yerda mustahkam davlatini tuzadi.
Hasan Qudratullayev,
filologiya fanlari doktori, professor
“Ma’rifat” gazetasidan olindi.
Начало формы
Конец формы
Download 21,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish