Zahiriddin Boburning Toshkent shahriga doir qarashlari uning toj-taxt uchun kurash va yashash davri bilan bevosita bog‘liq



Download 21,16 Kb.
bet1/2
Sana24.03.2022
Hajmi21,16 Kb.
#507278
  1   2
Bog'liq
Документ (4


Zahiriddin Boburning Toshkent shahriga doir qarashlari uning toj-taxt uchun kurash va yashash davri bilan bevosita bog‘liq. "Boburnoma"dagi 1502-1503 yillar voqealari tasvirida jami 21 marta Toshkent nomi zikr etiladi, faqat ikki marta 1510 va 1528 yillar voqealari bayonida Bobur shaxsiyatiga daxldor bo‘lmagan holda - tarixiy joy nomi tariqasida keltirilgan.
"Boburnoma"ning dastlabki sahifalari 1494 yil voqealari, Far­g‘ona viloyatining tasviri bilan boshlanadi. Muallif Isfara viloyati haqida so‘z yuritar ekan, Movarounnahrning Shayboniyxon tomonidan egallanishi tarixiga to‘xtaladi: "Muhammad Shayboniyxon Sulton Mahmudxon bila Olachaxong‘a shikast berib, Toshkand va Shohruxiyani olg‘on mahalda, ushbu So‘x bila hushyor ko‘hpoyalarig‘a kelib, bir yilg‘a yovuq tanqisliq bila o‘tkarib, Kobul azimati qildim".
Ushbu tarixiy dalilda biz ikki muhim faktga duch kelamiz. Bu voqeadan oldingi Boburning Toshkent va uning xonliklari bilan bo‘lgan munosabati zaminida, aniqrog‘i, shahar Shayboniyxon tomonidan zabt etilgunga qadar Toshkent shahriga xon bo‘lgan Boburning ona tomonidan qarindoshlari hamisha unga panoh bo‘lganlar.
Temuriylar saltanati davrida Toshkent va Shohruxiya shaharlari 1506 yilga qadar Chig‘atoy xonlari tasarrufida bo‘lgan. "O‘shal fursattin tarix to‘qquz yuz sekkizgacha Toshkand va Shohruxiya viloyati Chig‘atoy xonlarining tasarrufida edi, - deb yozadi Bobur. - Bu fursatta mo‘g‘ul ulusining xon va sultonlig‘i Yunusxonning ulug‘ o‘g‘li, mening tag‘oyim Sulton Mahmudxonda edi. Umarshayx mirzoning og‘asi, Samarqand podshohi Sulton Ahmad mirzo va mo‘g‘ul ulusining xoni Sulton Mahmudxon, chun Umarshayx mirzoning badmaoshlig‘idin mutazarrir erdilar, bir-birlari bilan ittifoq qilib, Sulton Ahmad mirzo Sulton Mahmudxonni kuyov qilib, mazkur bo‘lg‘on tarixda, Xo‘jand suyining janub jonibidin Sulton Ahmad mirzo va shimol tarafidin Sulton Mahmudxon Umarshayx mirzoning ustiga cherik torttilar".
"Boburnoma"da temuriy shahzodalar bilan bog‘liq saroy ayollarining saodatli, ammo ko‘pincha ayanchli taqdirlariga oid ma'lumotlarga duch kelamiz. Ularning bir qismi Toshkent xonligi va, umuman, Toshkent shahri taqdiri bilan ham bog‘liq. Bu tahlikali voqealar, zodagon ayollarning taqdiru qismatiga molik voqealar, yuqorida qayd etganimizdek, Toshkent shahri turli sulton va shohlarning qo‘lidan qo‘liga o‘tganligi zaminida vujudga kelganligini ko‘ramiz. Zahiriddin Bobur ushbu ma'lumotlarni otasi Umarshayx mirzoning ahli ayoli zikrida keltirib "o‘zgalardin kichik bir qizning ulug‘ Sulton Nigorxonim edikim..." deb boshlab, Sulton Nigorxonimning mardona xususiyati, o‘ktamligi haqida fikr yuritadi. U saroy ahlining hech biridan so‘ramasdan, bildirmasdan Toshkentga panoh izlab keladi va niyatiga erishadi. Biroq, taqdir uni ko‘p sarson-sargardon qiladi. Bobur bu masalaga ham xolis yondashadi: "Sulton Mahmud mirzo o‘lgandin so‘ng o‘g‘lini olib, hech kimga xabar qilmay, Toshkand­g‘a og‘alarig‘a borib edi. Bir necha yildin so‘ng Adik Sultong‘akim, Chingizxonning ulug‘ o‘g‘li Jo‘ji nas­li qozoq sultonlaridindur, berdilar. Xonlarni Shayboniyxon bosib Toshkand va Shohruxiyani olg‘onda o‘n ikki mo‘g‘ul navkari bila qochib Adik Sultong‘a bordi. Adik Sultondin ikki qizi bo‘ldi, birini Shayboniyxon sultonlarig‘a, yana birini Sulton Sa'idxonning o‘g‘li Rashid Sultong‘a berdi. Adik Sultondin so‘ng qozoq ulusining xoni Qosimxon oldi... Qosimxon o‘lgandan so‘ng xonim Koshg‘arg‘a, Sulton Sa'idxon qoshig‘a keldi".
Albatta, Toshkent shahrining 2200 yillik tarixidagi har bir lahza, kim shaharga bosh bo‘lganiyu, kim uni saltanatdan ayirgani ilm uchun ham, tarix ilmi bilan qiziquvchilar uchun ham muhim deb bilamiz. "Boburnoma"da Sulton Ahmad mirzo - temuriy sultonlardan birining nomi tez-tez tilga olinadi, muallif u haqda asosan ijobiy fikr bildiradi. Boburga Sulton Ahmad mirzo amaki bo‘lib, u muayyan muddat Toshkent va Sayramni Boburning otasi Umarshayx mirzoga beradi. Bobur Sulton Ahmadning urush va muhorabalarini yoritar ekan, uning Toshkent va uning atrofida bu shaharni egallash, o‘z tasarrufiga kiritish uchun ko‘p jangu jadallar bo‘lgani, ular olib borgan kurashlarni quyidagicha tasvirlaydi: " Yana bir martaba Toshkand navohisida, Chir suyining yoqasida Sulton Mahmudxon bila... bir-biriga boqmay buzuldilar, ko‘prak cherik eli Chir suyida g‘arq bo‘ldilar."
1497 yildan boshlab Zahiriddin Bobur taqdiri bilan Toshkent xonligida yuz bergan voqealar bir-biriga bog‘lanib borgan. Farg‘ona va Samarqand taxtidan noumid bo‘lgan, avvallari bu ikki strategik jihatdan muhim shaharga egalik qilish niyatida bo‘lgan Boburning umidi uzilib, endi o‘zi Toshkentdagi xon dodalari ko‘magi, harbiy yordamiga muhtoj bo‘lib qoladi. Biroq, hamma joyda Boburga nisbatan dushmanona munosabatda bo‘lgan shaxslar bu yerda ham unga qarshi ish olib bordilar. Shu yillari Bobur Xo‘jandda vaqtincha panoh topganida g‘animlari uning yaqin kishisi Xalifani undan yiroq tutish maqsadida fitna gaplar qiladilar va Bobur ko‘ngliga juda yaqin bo‘lgan bu do‘sti, maslahatchisini bosh­qa shaharga emas, aynan Toshkentga borishini ma'qul ko‘radi. Buning ustiga bosh vazir darajasidagi shaxs - Qosimbekni ham Toshkentga jo‘natib, masalani ijobiy hal etish, Andijonga borish yo‘llarini qidiradi. "Boburnoma"dagi bu tarixiy voqealar aynan Toshkent xonligi va uning atrofidagi joylarda o‘tgan: "Xo‘jandqa kelgach, ba'zi munofiqsheva ellar Xalifani mening eshigimda ko‘ra olmadilar. Muhammad Husayn mirzoni va ba'zilarni bariy qildilar. Xalifag‘a Toshkand sari ruxsat berildi. Qosimbekni Toshkandga xon qoshig‘a yuborib, Andijon ustiga yurimakni istid'o qilindi. Xon ham cherik tortib, Ohangaron julg‘asi bila kelib, Kandirlik dobonining tubiga tushganda men ham Xo‘janddin borib xon dodamni ko‘rdim. Kandirlik dobonini oshib Axsi tarafig‘a tushuldi".
Zahiriddin Bobur boshqa temuriyzodalardan farq qilgan holda, bobosi Amir Temur saltanatini bor bo‘y-basti bilan qayta tiklash, unga rahbarlik qilish maqsadi bilan o‘spirinligidan yonib yashagan, Bobur Toshkentga - xon dodasiga yordam berish maqsadida harakatga tushar ekan, "chun saltanat dag‘dag‘asi va mulkgirlik doiyasi bor, bir qatla, ikki qatla ish yurimagan bila boqib o‘lturub bo‘lmas. Andijong‘a yurimak xayoli bila ko‘mak tilay, Toshkandg‘a xon qoshig‘a bordim".
Matnga e'tibor beraylik: Boburning Andijon taxtiga erishishi Toshkentdan yetadigan ko‘makka bog‘liq bo‘lib turibdi. Bobur Toshkent xonidan olgan ko‘makdan keyin "Xo‘jandta tavaqquf qilmay, o‘ta chiqib, ilg‘ab, Kandibodomni so‘l qo‘lga qo‘yub kelib, kecha bila shotu qo‘yub Nasux qo‘rg‘oninikim, Xo‘jandtin o‘n yig‘och yo‘ldur, Kandibodomdin uch yig‘och, o‘g‘urlab olduk", der ekan, naqadar shiddat bilan qo‘shimcha hududlarni tasarrufiga qo‘shishga intilganini ko‘ramiz. Mazkur matndagi "tavaqquf qilmay", "o‘ta chiqib", "ilg‘ab", "so‘l qo‘lda qo‘yub", "kecha bila shotu qo‘yub" kabi so‘z va iboralar Boburning maqsadi sari shoshib intilgani, unda mulkgirlik hissi jo‘sh urganligi, buning boisi - Toshkent xonidan olgan yordami ekanligini anglaymiz.
"Boburnoma"da Zahiriddin Bobur uni qadam-baqadam ta'qib qilib yurgan Ahmad Tanbalning kishilaridan qochib turli yurtlarda borib qolar ekan, bu daf'a dovon oshib Maschohga keladi: "Yana dobon oshib Maschoga kelduk. Xotirg‘a kechtikim, mundoq tog‘din tog‘qa aloxon va alomon, viloyatimiz yo‘q, yerimiz yo‘q, turmak betaqribdur, xon qoshig‘a Toshkandga-o‘q boraling".
U "Bizga qurbon iydi Shohruxiyada bo‘ldi. Betavaqquf o‘tub, xon qoshig‘a Toshkandga bordim" der ekan, ko‘ngliga hech narsa sig‘maganini ko‘ramiz. Boburning Toshkent xoni bilan bu galgi uchrashuvi oldingi ko‘rishganlaridan farq qilgan. O‘sha davrning odatiga ko‘ra, shoh, sulton, beklarning huzuriga borgan kishi agar she'r va adabiyotga taalluqli shaxs bo‘lsa, bu arboblar nomiga bitilgan she'r, faxriya, qasidalar yozib taqdim etishi rasm bo‘lgan. Bobur ham toshkentlik xon dodasiga bir ruboiy yozib taqdim etgan. Bu ruboiyning mazmunida xonga nisbatan na madh, na ta'rif-tavsif bo‘lmasdan, unda, aksincha, ruboiy muallifining yuqoridagi mushkul ahvoli, g‘ariblikda chekkan uqubatlari va bu nochor ahvoldan ozurdalanganlik ruhi bor. Bundan tashqari, Bobur bu ruboiy bilan o‘zining she'riyatdagi dastlabki qadamlari kuchini sinagan; ikkinchidan, xon dodasining she'r bilish qobiliyatini she'rshunos sifatida ham baholaganki, bu juda muhim: "Bizga qurbon iydi Shohruxiyada bo‘ldi. Betavaqquf o‘tub, xon qoshig‘a Toshkandga bordim. Bu ruboiyni aytib edim, ma'mul qofiyasida taraddudim bor edi. Ul mahalda she'r mustalahotig‘a muncha tatabbu' qilmaydur edim, xon xushta'b kishi edi, she'r aytur edi, agarchi saru somonliq g‘azali kamroq edi, bu ruboiyni xonga o‘tkarib, taraddudimni arz qildim. Ko‘ngul tiygudek shofiy javob topmadim. G‘olibo, she'r mustalahotig‘a kamroq tatabbu' qilg‘ondurlar. Ruboiy budur:

Download 21,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish