Zaharlanish



Download 24,93 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2022
Hajmi24,93 Kb.
#521136
  1   2
Bog'liq
Zaharlanish haqida


ZAHARLANISH
Zaharlanish – o‘tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy moddaning toksik ta’siri natijasida yuzaga keladi. 
Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi: 
a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan); 
b) ishlab chiqarishdagi; 
v) bolalardagi; 
g) tibbiy; 
d) biologik; 
e) ovqatdan. 
Organizmga zaharning tushish yo‘llari to‘rt xil bo‘ladi: 
1) ingalyatsion (tutun holida); 
2) teri orqali; 
3) ichak orqali; 
4) parenteral (ko‘pincha tibbiy). 
Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali 18–20ºC haroratdagi 12–15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300–500 ml bo‘lishi kerak) yuvish lozim. 
Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda tushganda 6–8 soatga o‘sha joyga sovuq qo‘yiladi, 0,3 mg 0,1 % li adrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadasi qilinadi. 
Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim. 
Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak. 
Toksik modda to‘g‘ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilganda ularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim. 
Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi. 
O‘tkir zaharlanishdagi asosiy patologik sindromlar. 
Nevrologik o‘zgarishlar turli-tumanligi bilan farq qiladi, bu markaziy va periferik asab tizimi strukturasiga bevosita toksik ta’sir natijasida hamda zaharlanganning boshqa a’zolari (jigar va buyrak) funksiyalarining buzilishi hisobiga bo‘ladigan intoksikatsiyalar natijasida kelib chiqadi. Eng og‘ir psixonevrologik o‘zgarishlarga intoksikatsion psixoz, toksik koma, tirishish sindromi kiradi. 
Yurak-tomir faoliyatining buzilishi bu toksik shok bo‘lib, u arterial bosimining birdaniga pasayishi, teri oqarishi, taxikardiya, hansirash, qon tarkibining o‘zgarishi bilan kechadi. 
Yurakka birlamchi ta’sir qiluvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda, yurak ritmi, uning o‘tkazuvchanligi buzilishi kuzatiladi va kollaps rivojlanadi. 
Nafas olishning buzilishi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 
1) aspiratsion-obturatsion shakli. Bu tilning orqaga ketishi va qusiq massalari tufayli tiqilib qolishi bilan kechadi; 
2) nafas o‘zgarishlarining markaziy shakli ixtiyoriy nafas olish harakatlarining yo‘qligi yoki yetishmasligi bilan kechadi; 
3) o‘pka shokining rivojlanishi bilan bog‘liq – o‘pka shishi, pnevmoniya, bronxospazm bilan kechadigan o‘tkir traxeobronxit. 
Oshqozon-ichak tizimining shikastlanishi o‘tkir gastro-enterit, qusish, ich ketishi, qorinning har xil joyida va turli intensivlikdagi og‘riqlar ko‘rinishida kechadi. 
Jigarning shikastlanishi jigarning kattalashishi va og‘riq bo‘lishi, ko‘z sklerasi va terining sarg‘ayishi bilan kechadi. Odatda qisqa vaqt ichida asabiy o‘zgarishlar ham qo‘shiladi – bezovtalik, qon ketishi, teri va shilliq qavatlarga qon quyilishi. 
Buyraklar shikastlanganda, ko‘pincha tezda o‘tkir buyrak yetish-movchiligi rivojlanadi. 
Oshqozon-ichak traktida toksik moddalar yig‘ilishi mumkin, shuning uchun oshqozon va ichak yuvilishi kerak. 
Uxlatuvchi moddalar bilan zaharlanish. 
Bunda ko‘rsatiladigan birinchi yordam: jabrlanuvchi koma yoki chuqur uyquga ketgan holatda bo‘ladi. Nafas vaqt-vaqti bilan, rangi oqarib ketgan yoki sianoz (ko‘karish), harorati ko‘tarilgan, keyinchalik toshma toshishi mumkin. Aktivlangan ko‘mir yoki qandaydir boshqa sorbentlardan foydalanish, oshqozonni yuvish va kuchli ichni suruvchi vositalarni yuborish shart. 
Alkogol bilan zaharlanish. 
Bunda shuni unutmaslik kerakki, alkogol katta miqdorda qabul qilinganda yaqqol psixotrop ta’sirga ega. Boshlang‘ich davrida o‘zini idora qila olmaslik, og‘riq sezishning pasayishi va hushidan ketish kuzatiladi. Birinchi yordam shundan iboratki, tezlik bilan oshqozonni yuvish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash, yurak dorilarini berish va iloji bo‘lsa, kislorodoterapiyani boshlash kerak. 
Gazdan zaharlanish. 
Is gazi avtomashinalardan chiqadigan gazlar tarkibida va uylar pechka bilan isitilganda hosil bo‘ladi. O‘tkir zaharlanganda psixonevrologik buzilishlar ustun turadi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, chanqash, qayt qilish, hushdan ketish, nafas olishning buzilishi kuzatiladi. Birinchi yordam, avvalambor, jabrlanuvchini o‘choqdan zudlik bilan olib chiqishdan boshlanadi. Bronxlar o‘tkazuvganligini ta’minlash, havo-kislorod aralashmasini uzoq vaqt kiritish va yurak-tomir preparatlarini yuborish zarur. 
Hozirgi vaqtda sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy sharoitida fosfororganik birikmalar bilan zaharlanish ko‘p tarqalgan. Bu modda asab tizimiga ta’sir qiladi, ya’ni holsizlik, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, toqatsizlik, nafas olishning buzilishi (bu holat nafas muskullarining bo‘shashishi bilan bog‘liq), qorinda og‘riq va ich ketishi kuzatiladi. 

Davolash: 


– iloji boricha tezroq organizmdan zaharni chiqarib tashlash (oshqozonni yuvish, ichni suruvchi vositalarni qo‘llash); 
– maxsus antidot moddalar yuborish. 
Kuydiruvchi moddalar bilan zaharlanish. 
Bunga uksus (sirka) essensiyasi taalluqlidir. Klinik kechishi mahalliy kuydiruvchi ta’sirdan va umumiy-rezorbtiv ta’sirdan kelib chiqadi. Bemorlar tomog‘idagi kuchli og‘riq, qayt qilishi va nafas olishning kechikishidan shikoyat qiladilar. Suyuqlikni yo‘qotish shok holatiga olib keladi. Eritrotsitlarning parchalanish belgisi – qizil yoki jigarrang siydik paydo bo‘ladi. Davolash oshqozonni yuvish, promedol, yurak preparatlarini yuborishga asoslangan. Oshqozon yuvilgan suvda qonning bo‘lishi yuvishni davom ettirishga qarshilik qilmaydigan ko‘rsatma hisoblanadi (ishqoriy eritmalarni ishlatish man etiladi). 
Bo‘g‘ilish – o‘pkaga havo o‘tishi uchun to‘siqlar bo‘lganda kelib chiqadi. U yuqori nafas yo‘llariga yot jismlarning tushishi, shikastlanishi yoki ovoz boylamlarining tirishuvchi spazmlari bilan asoslanishi mumkin. Nafas siqishida birinchi yordam berilganda, avvalo, toza havoning o‘tishi uchun qulay sharoit yaratishga harakat qilish, keyin jabrlanuvchini jonlantirish chora-tadbirlarini boshlash kerak. 
O‘tkir allergik reaksiyalar. 
Barcha dori-darmonlar (antibiotiklar, zardob va vaksinalar) hamda muayyan meva mahsulotlari allergik xususiyatga ega bo‘ladilar: tuxum, shokolad, asal, qulupnay, sitrus mevalar. Allergik reaksiyaning og‘irligi sensibilizatsiya darajasi bilan belgilanadi. 
Anafilaktik shok allergik reaksiyalar to‘plami hisoblanib, juda og‘ir darajada kechadi. Anafilaktik shokning doimiy belgilaridan bo‘lib, o‘tkir tomir yetishmovchiligi, qon bosimining keskin tushishi bilan, yuzning oqarishi yoki giperemiyasi, sianoz, kuchli terlash, puls ipsimonligi hisoblanadi. Yurak ritmi chastotasi va to‘g‘riligi buziladi. O‘pka shishi rivojlanishi mumkin va qo‘ng‘iroqsimon nafas paydo bo‘lishi, ko‘p miqdorda ko‘pikli balg‘am ajralishi, o‘pkaning barcha yuzasi bo‘yicha xirillashlar, bronxospazm paydo bo‘lishi kuzatiladi. Psixomotor qo‘zg‘alishlar paydo bo‘lishi mumkin, u adinamiyaga, hushni yo‘qotishga, ixtiyorsiz siydik ajralishiga va defekatsiyaga sababchi bo‘ladi. Ba’zan alohida muskul guruhlarining fibrillyar uchishi hamda tonik yoki klonik tirishishlar yuz berishi mumkin. 
Anafilaktik shokda birinchi yordam quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatiladi: 
– allergik reaksiya chaqirgan preparatning inyeksiya qilingan yoki hasharot chaqqan joyining proksimal (yuqorigi) qismiga bog‘lagich siqib qo‘yiladi, bu venoz shishni blokada qiladi va organizmga allergen kirishiga yo‘l qo‘ymaydi; 
– teri ostiga 0,5 adrenalin qilinadi; 
– maska yordamida kislorod berish kerak; 
– tomoqning o‘ta shishida va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi 
buzilganda Dyufo ignasi yordamida konikotomiya qilinib, kateter kiritiladi; 
– agar adrenalin kiritilishi natijasiz bo‘lsa, gemodinamikani 
stabilizatsiya qilish va sirkulatsiya bo‘layotgan qon hajmini tiklash uchun poliglyukin tomchilatib yuboriladi; 
– bronxospazmni yo‘qotish uchun 5–10 ml 2,4 % eufilin yuboriladi; 
– shu bilan birgalikda, antigistamin (dimedrol, suprastin, pipolfen) preparatlar yuboriladi; 
– vena ichiga kortikosteroidlar (prednizolon, gidrokortizon) yuboriladi.
Zaharlanish, intoksikatsiya — zaharli modda organizmga og’iz, me’daichak, nafas yo’llari orqali kirganda, teridan so’rilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda ro’y beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Z.ning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yo’l bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, eritma, chang va h.k.), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga bog’liq, Odamlarda Z.ning o’tkir va surunkali xili farq qilinadi. O’tkir 3. tasodifiy va qasddan bo’lishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli ta’siri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funksiyalarning izdan chiqishi bilan kechadi. Surunkali 3. zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt ozozdan ta’sir etishi oqibatida ro’y beradi; dorilardan bo’ladigan, shuningdek, kasbkorga aloqador Z.lar kuzatiladi. Turmushda 3. kundalik hayotda uchrab turadi. Maye, pechka yoqish va gaz plitalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda is yoki yoritish gazidan 3.; aynigan ovqat iste’mol qilinganda 3. (q. Ovqatdan zaharlanish); alkogoldan 3.; dezinseksiya, deratizatsiya va b. maqsadlar uchun ishlatiladigan ximikatlardan 3. Dorilardan 3. ular dozalanganda, yanglish ishlatilganda, noto’g’ri tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechog’li qattiq zaharlanishi shu doriga organizmning qanchalik sezgirligiga ham bog’liq (q. Idiosinkraziya).
Kasbga aloqador 3. ba’zi korxonalarda xavfsizlik texnikasi kridalari buzilib, qo’rg’oshin, simob, mis, mishyak birikmalaridan zaharlanganda ro’y berishi mumkin.
Tasodifiy va qasddan (mas, o’zini yoki birovni o’ldirish maqsadida) 3. ham ajratiladi. Kuchli ta’sir etadigan moddalar va dorilar noto’g’ri saklanganda ko’pincha bolalar zaharlanib qoladi. Shuning uchun zaharli dorilar bolalar bo’yi yetmaydigan joyda sakdanish kerak. Kislota va ishqorlardan Z.da badanda qatgiq og’riq seziladi, lab va og’iz shilliq pardasi kuyadi. Suv yutganda, to’sh orqasi va osti og’riydi; odam qon aralash qusadi.
Ovqatdan zaharlangan kishi qornida og’riq sezadi, qusadi, ichi ketadi, boshi og’riydi, boshi aylanadi, darmoni quriydi, qattiq zaharlangan bo’lsa, hushidan ketadi, o’lib qolishi ham mumkin.
Alkogol dan Z.da mastlik, avval qo’zg’alish, yuz kizarishi, alkogol hidi anqib turishi, so’ngra alahlash, yuzning bo’zarishi, behushlik qayd qilinadi. Narkotik vauxlatuvchi doril ar (morfin, barbital, fenobarbital va h.k.)dan Z.da mudrash, bosh aylanishi, quloq shang’illashi, qusish, tomir urishining sust va zaif bo’lishi, tirishish kuzatiladi.
Is gazi [uglerod (P)oksid] va yoritish gazidanZ. shu gazlarning nafas yo’llari orqali kirishidan bo’ladi. Belgilari; bosh og’riydi, quloq shang’illaydi, bosh aylanadi, bemorning darmoni quriydi, halloslaydi; pulsi susayadi, ko’ngli ayniydi va qusadi; qattiq zaharlanganda tipirchilaydi, hushidan ketadi, o’lib qolishi ham mumkin. 3. alomatlari xilmaxil bo’lib, u jigar, buyrak, qon, markaziy va periferik nerv sistemasining qay daraja zararlanganiga bog’liq. Davo Z.ga sabab bo’lgan zaharli moddani iloji boricha organizmdan tezroq chiqarish choralarini ko’rish, zaharli moddaning zaharini kesuvchi ziddizaharlardan foydalanish, zaharlangan a’zolar faoliyatini tiklashdan iborat. Birinchi yordam: Z.ga gumon tug’ilganda darhol vrach chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak. Kislotalar (sirka essensiyasi, xlorid kislota va h.k.)dan zaharlanganda kuydirilgan magneziya bilan suv yoki suvning o’zini ko’p ichirib, qustiriladi. Bemor behush yoki kollaps holatida bo’lsa, qustirish yaramaydi. Ishqorlar (novshadil spirti)dan zaharlanganda 3% sirka (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) qo’shilgan limonli suv ichirib qustiriladi. So’ngra bir bo’lak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy qoshiqlab ichiriladi, xom tuxum, bir bo’lak sariyog’ yuttiriladi; to’sh ostiga muzli xalta, qo’loyoqqa grelka qo’yiladi. Ovqatdan zaharlanganda me’da yuvilgandan keyin qorin va qo’loyoqqa grelka qo’yiladi. Ko’plab issiq ichimlik, quyuq kofe ichiriladi. Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta hidla tiladi, me’dasini yuvgach, surgi beriladi, so’ngra bir stakan suvga novshadil spirtidan 3—5 tomchi qo’shib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qo’yiladi. Ko’p choy yoki quyuq kofe ichiriladi. Narkotik va uxlatuvchi dorilardan zaharlanganda me’dani yuvgach, bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuk, suv quyib, keyin issiq suvga tushirish, badanini issiq tutish, ishqalash, nafas to’xtab qolganda sun’iy nafas oldirish kerak. Is gazi va yoritish gazidan zaharlanganda sof havoga olib chiqib, novshadil spirti hidlatish, sun’iy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq choy, quyuq kofe ichirish kerak. Hayvonlar zaharli o’t, buzilgan yemxashak yeganda, og’ziga zaharli moddalar tushganda va zaharli gaz bilan nafas olganda zaharlanadi. Zaharlangan hayvon bo’shashadi, so’lagi oqadi, ichi ketadi, nerv sistemasining faoliyati buziladi. Birinchi yordam: me’dasi yuviladi, go’shtxo’r hayvon va cho’chqalarga qustiruvchi dori beriladi, surgi ichiriladi. Hazm yo’lida zaharning so’rilishini sekinlatish uchun adsorbsiyalovchi dorilar beriladi.

Download 24,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish