Заголовок слайда



Download 428,5 Kb.
Sana02.04.2022
Hajmi428,5 Kb.
#524108
Bog'liq
MARUZA.1

Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi

  • Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi haqida
  • Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasining targʻib etilishi.
  • Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari.
  • Foydalanilgan adabiyotlar:
  • Asosiy adabiyotlar:
  • 1. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva ≪Mehnat va uni o‘qitish metodikasi≫. Darslik. T.: TDPU.2015-yil.
  • 2. Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. T.; TDPU. 2007-yil.
  • 3. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Boshlang’ich sinflarda qo g‘ozdan amaliy ishlar. 0 ‘quv-metodik qollanma. T.:Navro‘z. 2013-yil.
  •  Qo‘shimeha adabiyotlar:
  • 4. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P., Sanaquiova A.K. “Texnologiya” 2-sinf darsligi. T .;“Sharq”. 2018-yil
  • 5. Sanaqiilov X.R., Xodiyeva D.P., Sanaqulova A.K. Mchnat ta’Iimi 3-sinf darsligi. T .: “Sharq”. 2016-yil
  • 6. The Exquisite Book o f Paper I lowers: A Guide to Maicing Unbelievably Realistic Paper USA, 2014 |)|ooms. USA, 2014. PaperbackNew York, Boston.
  •  Internet saytlar
  • 7. WWW. tdpu.uz
  • 8 . WWW. p e d a g o g .u z
  • 9. WWW. ziyonet.uz
  • 10. www.lex.uz;
  • 11.www.bilirn.uz;
  • 12.www.gov.uz;
  • Ma’lumki, asrlar davomida inson va jamiyatning yashashi, barqarorligi uchun mehnat qilish, mehnatni sevish va kasb-hunar egallash-shaxs kamolotining me’yori bo‘ldi hamda salomatlik vositasi hisoblandi. Bu g‘oyalar Haydar Xorazmiy, hofiz Xorazmiy, Nishotiy, Roqim, Munis, Ogahiy kabi mutafakkirlarning asarlarida o‘z ifodasini topgan .
  • Haydar Xorazmiy «Gulshan ul-asror» dostonidagi «Savdogar va bo‘z to‘quvchi kampir» hikoyatida kasb-hunar egallashni insonning eng yaxshi fazilati deb biladi, uni boylikka hirs qo‘yish va ta’magirlikka qarshi qo‘yadi: «Bir beva kampir, ochlikdan zor qaqshab yotgan bolalarini og‘ziga bir burda non topib berish qayg‘usida ikki hafta tinimsiz mehnat sarf etib, bir kiyimlik bo‘z to‘qiydi-da, rastaga-savdogar do‘koniga olib keladi.
  • Savdogar kampirning bo‘zini qo‘pol, dag‘al to‘qilgan, kiyimga yaroqsiz, deb yerga uradi va arzimagan pulga sotib oladi. Oradan ko‘p o‘tmay shu savdogarning do‘koniga bir xaridor yaxshi bo‘z so‘rab keladi. Nihoyat, savdogar kampirning to‘qigan bo‘zini xaridorga juda qimmat baho bilan sotadi...»
  • Ko‘rinadiki, Haydar Xorazmiy bu hikoyatni ibrat vositasi sifatida keltirib, yoshlarni birovning mehnatini qadrlashga chaqiradi va kasb-hunar egallashda har qanday noo‘rin xatti - harakatlardan va boylikka intilishdan holi bo‘lishga, nopoklikka berilmaslikka da’vat etadi. Uning fikricha, mehnat qilmay nopoklik niyatida bo‘lish va boylikka intilish inson uchun g‘oyatda zararlidir:
  • Xor qilur mardni bo‘g‘o‘zing g‘ami,
  • Shum bo‘g‘o‘zin bo‘g‘sa o‘zar odami.
  • Kimki nechuk yig‘di oning tek qo‘yar,
  • Ortiq usurgan qusar, itlar to‘yar.
  • Haydar Xorazmiyning ta’kidlashicha, inson o‘zining halol mehnati, jamiyat va o‘zga kishilarga yordam berishi hamda mardligi bilan qadrlanadi:
  • Er nazaridan ochilur er kishi,
  • Er nafasi birla yurur er so‘zi.
  • Sadr esang mardlik yuragin ushlagin, o‘tgan mardlarning ishin ishlagin.
  • Haydar Xorazmiy bolaning salomatligi, jismoniy baquvvat bo‘lishi va chiniqishida mehnat muhim omil ekanligini ta’kidlar ekan, mehnat tarbiyasida bu tushunchani bolalar ongiga singdirish lozimligini alohida uqtiradi:
  • Er kerak emgan bila topsa huzur,
  • Er kishi emgakta tetikroq bo‘lur.
  • Haydar Xorazmiyning mehnat tarbiyasi va kasb-hunar sohasida aytgan qimmatli fikrlaridan yana biri shuki, u dehqonchilik kasbini uluglashda zamondoshlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniylar bilan bir qatorda turadi. U bolalarda dehqonchilik kasbiga muhabbat tuyg‘usini o‘stirish g‘oyasini ilgari suradi:
  • To‘kmasa dehqon araqi poy, bil,
  • Emishining foydasin topmas el.
  • Tarbiyatu sa’y qilur bog‘bon,
  • Toza bo‘lur, meva berur bo‘ston.
  • Haydar Xorazmiyning mehnat jarayonida bolalarning nafosat haqidagi tushunchalarini, did va qarashlarini rivojlantirish tarbiyaviy ishning muhim tomoni bo‘lishi kerak, deydi :
  • Topti ko‘ngul kulbasi nuru safo,
  • Berdi hunar taxtin nash’u namo.
  • Hofiz Xorazmiyning fikricha, insonning qadr-qimmati mehnat qilishida va kasb-hunar egallashidadir. U hunarsiz kishilarning hayoti ma’nosizdir deydi:
  • Kirgali hofiz maydoni maoniy ichra,
  • Behunarlarga bu ma’no bila maydon bermas.
  • Ma’rifatparvar kuychi Muhammadniyoz Nishotiy yoshlarni chidam va sabr bilan ijodiy mehnat qilish ko‘nikma va malakasini egallashga da’vat etar ekan, mehnat yoshlarni barkamol inson va jismonan baquvvat qilib tarbiyalovchi vosita ekanligini ta’kidlaydi:
  • Zulmat aro chekmasa zahri mamot,
  • Topmogusi ul kishi obi hayot.
  • Mehnat aro bo‘lmasa kimga qaror,
  • Davlat ichra bermagusi e’tibor.
  • Shuni aytish kerakki, Nishotiy jamiyat taraqqiyoti uchun mehnat qilishni va kasb-hunar egallashni eng zarur omil deb tushunib, o‘z navbatida mamlakat obodonchiligiga, yosh avlod kamolotiga olib keladi, degan qat’iy xulosaga keladi:
  • Ey naxush ul subhi saodat nasim,
  • Naqhat anga bor esa davlat shamim.
  • Bahravar andin bo‘libon bog-rog‘,
  • Dahr eliga bo‘lsa muattar dimog‘. qilsa jahon sahnini gulzorvash, qolmasa ul gulshan aro xoru xas.
  • Nishotiy o‘zining «Husnu Dil» dostonidagi Fuod timsolida el-yurt obodonchiligi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan himmati baland va saxovatli, kasb-hunar ahlining mehnatini qadrlaydigan insonparvar va ma’rifatparvar podshohni orzu qiladi:
  • Ahli hunar qadrini qildi baland,
  • Etti ijod ahlini xoru najand....
  • Ulug‘ murabbiylardan biri Roqim yoshlarni bilim olish bilan birga mehnat, kasb-hunarning inson uchun qay darajada afzalligini uqtiradi:
  • Topmasun qadrlari ahli jahon ichra kasod,
  • Kunda xizmatlariga elni xaridor ayla.
  • Ko‘tarib jahl g‘uborini olar ko‘nglidin,
  • Ilm nuridin oni oyina kirdor ayla.
  • Roqim mamlakatning ma’murligi, xalqning shodu xurramligi va farovonligi, insoniy qadr-qimmat va shaxsning jismoniy kamoloti mehnat va kasb-hunar egallashda, deb ta’kidlaydi:
  • Maqsadi ravoq, ayvonlarga naqsh bezaklar berish,
  • Falakka bosh cho‘zgan oliy binolar qurish,
  • Dilrabo bog‘u bo‘stonlarga gullaru rayhonlar ekish,
  • ham mevali daraxtlar ekib, ularni parvarish qilish,
  • Bo‘lsa ishlarni barchasin paydo bo‘lishini bilish.
  • Roqim hech qachon ta’maga berilmaslik, halol mehnat bilan hayot kechirish qay darajada ulug‘ligini ta’kidlab, ta’ma va ochko‘zlik, xasislik insoniylik zavoli, deydi:
  • Roqimo, xizmat etu qilma ta’ma bir hora pul,
  • qon’ o‘lsang senga haq ne’matni arzon aylar.
  • Yemay-ichmay bukun jam’ qilding siymu zar naqdin,
  • Bo‘lur go‘ringda tongla mo‘ru mor ohista-ohista.
  • Shuningdek, Roqim halol mehnat va kasb-hunar egallashni olqishlar ekan, avvalo mamlakatni boshqaruvchi hukmdorlar xalqqa sitam qilmasdan, balki mehnat ahlining qadr-qimmatini joyiga qo‘yishi zarur, deydi:
  • Odam ersang bil o‘zingdan ilgari har kimsani,
  • Bo‘l muloyim ko‘p g‘urur etma qilib bizga sitam.
  • Demak, Roqimning ma’rifiy-pedagogik qarashlari markazida insonning yaratuvchilik mehnati va shaxs jismoniy kamoloti turadi. Shu bois u davlatning har bir fuqarosi jamiyat uchun foyda keltiruvchi biron ish bilan shug‘ullanishi kerak, deydi. Shundagina insonni barkamol inson deyish mumkinki, u faqat o‘z manfaati uchungina emas, balki xalq va umumjamiyat manfaatlari uchun foydali mehnat qilishi lozim. Shuning uchun ham Roqim yoshlarni hayot mazmuni yeb-ichish va uxlash deb o‘z vaqtini o‘yin-kulgi bilan o‘tkazadigan, biror kasb-hunarning boshini ushlamagan, ishyoqmas, dangasa, yalqovlar bilan hecham oshna bo‘lmaslikka da’vat etadi:
  • Oqil ersang dahr zoli birla bo‘lma oshno,
  • Oshno bo‘lsang qilur yuz ming balog‘a mubtalo.
  • Ko‘rinib turibdiki, Roqim mehnatning ijtimoiy ahamiyati va kasb-hunarni faqat foydali bo‘lgani uchun emas, balki hayotiy zaruriyat va inson hulqini o‘zgartiradigan tarbiya vositasi bo‘lganligi uchun ham birinchi o‘ringa qo‘yadi. Shunga ko‘ra, u mehnat qilish va kasb-hunar egallash haqidagi fikrlarini shunday yakunlaydi:
  • Kelki sensiz yuz tuman mehnat menga bo‘lmish nasib,
  • Muncha mehnat jonima ko‘rub ravo kelmasmusen.
  • Munis Xorazmiyning asarlarida mehnat bilan tirikchilik qiluvchi kasb-hunar ahli ulug‘lanib, ularning haq-huquqi, orzu-umidlari ifodalanganligi bilan diqqatga sazovordir. U mehnatkash xalqqa xos bo‘lgan samimiylik, pok vijdonlilik, mehnatsevarlik kabi g‘oyalarni ilgari suradi. Shoir kambag‘al xalqning halol mehnat bilan beminnat topgan «noni javini «(arpa noni) va yovg‘on o‘mochi» shohning oltin tovoqdagi palovidan ko‘p marta yaxshiroq deb, qanoatli bo‘lishni eng muhim insoniy fazilat sifatida tarannum etadi:
  • Noni javini faqr eliga xushturur base,
  • Shah sufrai navolida kandil kulojidin.
  • Xush turur xoni qanoat aro yovg‘on o‘moch,
  • Bo‘lmasa bo‘lmasun oltin tabaqu anda palov.
  • Shu bilan birga Munis mehnat orqali tirikchilik qiluvchi kishilarni o‘zi yaratgan nozu ne’matlardan bahramand bo‘lishga da’vat etib, kasb-hunar egallash va halol mehnat qilishni o‘ziga or deb biluvchi yomon xulqli kishilardan yiroq turishga pand-nasihatlar beradi:
  • Bu davron ichradur baskim hunar-ayb,
  • hunar ahli kibi yo‘q elda ma’yub.
  • Nola bulbullar chekib ko‘rmay hunardin nafvlar,
  • Behunarlikdin topib toji zumurrad sojlar.
  • Zamona ahliga izhori fazl qilma abas,
  • Alarga aybi hunar borho hunar bo‘ldi .
  • Munis yoshlarni mehnat qilish va kasb-hunar malakasini egallashga undar ekan, bu ishga yoshlikdan boshlab kirishish lozimligini uqtiradi:
  • Munis, talab et kamol erursan chu yigit,
  • Kim yaxshidur - etsa fazl uchun qaygu yigit.
  • o‘q qilgan ishni yo qila bilmas hargiz,
  • qarilar ila barobar bo‘lganmu yigit .
  • Munis shu fikrini davom ettirib, yosh o‘tgandan so‘ng kasb-hunar egallash harakati behuda ekanligini alohida ta’kidlaydi:
  • Izhori hunar aylama har siflaga, ammo,
  • Yoshurma matoingni xaridor yetushgach .
  • Munis zodagonlik, nasl-nasab va boylik bilan g‘ururlanishni tarbiyasizlik belgisi sifati deb hisoblaydi va yoshlarni bunday yomon xulqli kishilardan ibrat olmaslikka chaqirib, ularni el- yurtga foyda keltiradigan «kasbi fazlni egallashga undaydi»:
  • Erur etma aslingga, qil kasbi fazl,
  • Erur mo‘tabarroq nasabdin nasab.
  • Ogahiy ham mehnat ahlining o‘qimishli, savodxon bo‘lishini orzu qiladi va uning taqdiri, haq-huquqi, erki, qadr-qimmati haqida o‘ylashni yuksak insoniy fazilat deb biladi. Xususan, xalq va jamiyat uchun zarur noz-ne’matlar yetkazib beruvchi dehqonlarni sharaflaydi.
  • Faqr zahri zohiron gar bas achchig‘dur, ey ko‘ngul,
  • Lek oni, bilgil, haqiqatda chuchuk ammo va talx.
  • Ogahiy inson qadr-qimmati uning «simu zari» bilan emas, kasb-hunari, “ojizu bechoralar” ga ko‘rsatadigan himmati bilan baholanishini aytadi va yoshlarni shunday ruhan boy va yuksak fazilatli, mehnatsevar bo‘lishga da’vat etadi:
  • Ko‘p o‘lma zohir aro, Ogahiy, botiningni to‘z,
  • Ki botinin to‘zgan el oldida bekor xil’atdur.
  • Ayni choqda Ogahiy halol mehnat qilish va kasb-hunarni egallash, inson uchun ma’naviy kamolotga va oliy saodatga erishish vositalaridan biridir, deydi:
  • Kasbi ilm etmay kishi gar qolsa mahzi jahl ila,
  • Ikki olam obro‘si bo‘lg‘usi barbod ango.
  • Ogahiy ota-onalar va ustozlar bolaning qobiliyatini va qaysi kasb-hunarga qiziqishini bilishi va shunga qarab, uning kasb-hunar egallashga bo‘lgan ixlosini susaytirmasligi lozim, deydi:
  • Talab yo‘lida azm aylar kishida bo‘lsa gar ixlos,
  • Murodi manziliga bo‘lg‘usidur rahbari ixlos.
  • Kamol ahli aro, albatta, topgay rutbai oliy,
  • Maoniy kasbida har kimsakim qildi hunarga ixlos .
  • Yana u insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan birga mehnatsiz hayot kechirish insonga ham jismoniy, ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini ko‘p asarlarida ta’kidlab o‘tganligini ko‘ramiz. Ayniqsa, ishyoqmaslik va dangasalik illatiga mubtalo bo‘lgan shaxslarni tanqid qilish bilan ularni xalq va jamiyat manfaati uchun halol xizmat qilishga chaqiradi.
  • Gar aziz o‘lmoq tilarsan xizmat ixlos ila,
  • Kim, sabab xizmat erur, har kimki bo‘ldi arjumand.
  • Ko‘rki zulmat hayli daf’iga chekar har subh tiyg‘,
  • Oftob ul vajh birla surxi ro‘yu sar baland.
  • Yuqoridagi misralardan ko‘rinib turibdiki, quyosh zulmatga qarshi kurashib, har tong unga tig‘ uradi, zulmat ustidan g‘olib keladi. Shu sababdan quyoshning yuzi qizil, boshi balanddir, quyosh ko‘kda hammaga birdek holis xizmat qiladi, nur sochadi, shuning uchun u aziz va qadrlidir. Demak, xalqqa xolis xizmat qilgan kishining martabasi baland, elda quyoshdek aziz bo‘ladi. Bunday g‘oya Ogahiyning mehnat tarbiyasi va kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi qarashlarining asosiy mazmunini tashkil etadi. Murabbiy shoir o‘zining foydali pand-nasihatlariga yoshlarning, albatta, amal qilishlariga umid bildirib yozadi:
  • Bu so‘zlarnikim, man bayon ayladim,
  • Necha bayt birla ayon ayladim.
  • Umidim budurkim, amal qilg‘aysan,
  • Amal aylamakda jadal qilg‘aysan.
  • Xulosa qilib aytganda, Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Abulg‘ozi, Nishotiy, Roqim, Munis, Ogahiy Ahmad Donish, Abdulla Avloniy kabi mutafakkirlarning xizmati shundaki, ular o‘zlariyashab turgan zamonda inson shaxsi va kamoloti, uning aql-idroki, kuch-qudrati va yaratuvchilik qobiliyatiga, mehnat tarbiyasi va kasb- hunar ta’limiga jamiyat va xalq manfaati nuqtai nazaridan yondashganlar. Mutafakkirlar insonning yaratuvchilik mehnatini e’zozlash, mehnat tarbiyasi va kasb-hunar ta’limi to‘grisidagi dono fikrlari, ibratomuz hikmatlari faqat o‘sha davrda foydali bo‘libgina qolmasdan, balki hozirda ham o‘zining ma’rifiy-pedagogik ahamiyatini yo‘qotmagan. Shunday ekan, mutafakkirlarning mehnatsevarlik va kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi ilg‘or ta’limoti yoshlarimizda mehnatga muhabbat va kasb-hunar ahliga hurmat tuyg‘usini singdirishda muhim tarbiyaviy imkoniyatlarga egadir.
  • Buyuk pedagoglar qayd qilishicha, tarbiya inson shaxsiga asoslanishi kerak, chunki tarbiya kuchi faqat inson shaxsining tirik manbasidan oqib chiqadi. Ba’zi bir kishilar mehnat o‘zi tarbiya ishini bajaradi deb hisoblaydilar, odamlarni ish bilan band qilsangiz kifoya, qolgani o‘zidan-o‘zi yuz beradi. Ammo pedagogika amaliyoti mehnat faqat to‘gri tashkil etilganda va tarbiyachi tomonidan yo‘naltirilgandagina tarbiya kuchiga ega bo‘lishini isbotlagan. Professor M. Ochilov «insonni juda ko‘p ishlatishingiz mumkin, lekin mehnat bilan birga uni axloqiy va siyosiy tarbiya qilmasangiz, agar u ijtimoiy va siyosiy hayotda ishtirok etmasa, bunday mehnat oddiy betaraf jarayon bo‘lib, ijobiy natija bermaydi» deb aytgani bejiz emas.
  • Maktab pedagogik jamoasi maktab hayotida, bolalar tashkilotlari hayotida tug‘ilayotgan barcha yangi g‘oyalarni o‘stiradi, saqlaydi va targ‘ibot qiladi. G‘oyalarni an’analarga aylantirishda yaxshi yo‘l va shakllarini qidirib topadi. Unga qaysi an’ana yetakchi, qaysinisi - qo‘shimchaligini aniqlashda rahbarlik o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Shuni aytib o‘tish kerakki, pedagogik jamoa an’analarni ixtiro qilmaydi, o‘ylab chiqarmaydi. U o‘qitish va tarbiyalash masalasini shunday tashkil qiladiki, maktabda har kuni va har soatda ilg‘or an’analar elementlari yig‘ilib borsin.
  • Pedagogik jamoaning asosiy funksiyalaridan yana biri maktab hayotining eng ma’qul tartibini hosil qilish, o‘quvchilarga bo‘lgan talablarni ishlab chiqishdir. Chunki unda o‘qituvchilarning xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga munosabati ifodalanadi, ularni axloqiy baholash mezonlari ko‘rsatiladi.
  • Pedagogik jamoa umumiy g‘oya, axloqiy va ishbilarmonlik asosida jipslashganda, zamonaviy jamoa sifatida o‘sganda undagi munosabatlar maktab an’analarini shakllantirishda yetakchi rolni o‘ynaydi.
  • O‘zbek xalq pedagogikasida asrlar mobaynida asosiy tushunchalar shakllangan: parvarish, tarbiya, mukammallashtirish, o‘z o‘zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash, nasihat, o‘qitish, ta’lim berish, o‘rgatish.
  • Xalq pedagogikasida bola tarbiya ob’ekti va sub’ekti sifatida ko‘riladi: tug‘ishgan, yetim, asrab olingan bola, tengdoshlar va do‘stlar, begona bolalar, bolalar muhiti. Xalq pedagogikasi tarbiya funksiyasini o‘zicha ta’riflaydi. Tusiy mantiqni nazariy ilmlarga qo‘shib, unga alohida joy ajratadi va u haqiqatni hamda yangi bilimlarni egallashda yagona didaktik usul bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblaydi. Tusiy amaliy falsafiy bilimlarni uch mustaqil bo‘limga ajratadi:
  • Axloq falsafasi - alohida shaxslar axloqini kuzatish haqidagi bilimlar.
  • Uy boshqarish falsafasi- uy ichida bo‘ladigan muammolar, oilaviy kirim-chiqim, er-xotin orasidagi o‘zaro munosabat, bolalarni tarbiyalash haqidagi bilimlardan iborat.
  • Jamiyat falsafasi - bir shahar, tuman, viloyat, mamlakat ichida jamoalar o‘rtasida bo‘ladigan muomalalar bilan bog‘liq ilmlarni o‘z ichiga oladi.
  • Yuqorida zikr etilgan buyuk mutafakkirlar mantiqiy-gnoseologik bilimlar, ilmlar tasnifi, tabbiyot ilmlari, mantiq va falsafiy bilimlar - tarkibida psixologiya va pedagogika masalalariga katta e’tibor berishganini, yaratilgan ta’limiy-didaktik asarlarda inson shaxsining ma’naviy-axloqiy va ruhiy kamolotini ulug‘lash yetakchi o‘rin tutganligini yaqqol ko‘rish mumkin.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

  • Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi haqida
  • Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasining targʻib etilishi.
  • Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari.
  • E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

Download 428,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish